O'zingizga ma'lum davlatlarning ro'yxatini tuzing va ro'yxatni konsolga chiqaring



Yüklə 26,34 Kb.
tarix19.12.2022
ölçüsü26,34 Kb.
#76477
python


RO'YXATNI TARTIBLASH

  • O'zingizga ma'lum davlatlarning ro'yxatini tuzing va ro'yxatni konsolga chiqaring

  • Ro'yxatning uzunligini konsolga chiqaring

  • sorted() funktsiyasi yordamida ro'yxatni tartiblangan holda konsolga chiqaring

  • sorted() yordamida ro'yxatni teskari tartibda konsolga chiqaring

  • Asl ro'yxatni qaytadan konsolga chiqaring

  • reverse() metodi yordamida ro'yxatni ortidan boshlab chiqaring

  • sort() metodi yordamida ro'yxatni avval alifbo bo'yicha, keyin esa alifboga teskari tartibda konsolga chiqaring.

  • 120 dan 1200 gacha bo'lgan juft sonlar ro'yxatini tuzing

  • Ro'yxatdagi sonlar yig'indisini hisoblang va konsolga chiqaring

  • Ro'yxatdagi eng katta va eng kichik son o'rtasidagi ayirmani hisoblang va konsolga chiqaring

  • Ro'yxatdagi elementlar sonini hisoblang

  • Ro'yxatning boshidan, o'rtasidan va oxiridan 20 ta qiymatni konsolga chiqaring

  • taomlar degan ro'yxat yarating va ichiga istalgan 5ta taomni kiriting

  • nonushta degan yangi ro'yxatga taomlardan nusxa oling

  • Yangi ro'yxatda faqat nonushtaga yeyiladigan taomlarni qoldiring, va qo'shimcha 2 ta taom qo'shing

  • Ikkala ro'yxatni ham (taomlar va nonushta) konsolga chiqaring

  • Yuqoridagi nonushta ro'yxatini o'zgarmas ro'yxatga aylantiring va nonushta[0] = "qaymoq va non" deb qiymat berib ko'ring.


for BILAN TANISHAMIZ




  • Kamida 5 elementdan iborat ismlar degan ro'yxat tuzing, va ro'yxatdagi har bir ismga takrorlanuvchi xabar yozing

  • Yuqoridagi tsikl tugaganidan so'ng, ekranga "Kod n marta takrorlandi" degan xabarni chiqaring (n o'rniga kod necha marta takrorlanganini yozing)

  • 10 dan 100 gacha bo'lgan toq sonlar ro'yxatini tuzing. Ro'yxatning xar bir elementining kubini yangi qatordan konsolga chiqaring.

  • Foydalanuvchidan 5 ta eng sevimli kinolarini kiritshni so'rang, va kinolar degan ro'yxatga saqlab oling. Natijani konsolga chiqaring.

  • Foydalanuvchidan bugun nechta odam bilan uchrashganini (suhbatlashganini) so'rang, va har bir suhbatlashgan odamning ismini birma-bir so'rab ro'yxatga yozing. Ro'yxatni konsolga chiqaring.


10-DARS. IF-ELSE


  • Yangi cars = ['toyota', 'mazda', 'hyundai', 'gm', 'kia'] degan ro'yxat tuzing, ro'yxat elementlarining birinchi harfini katta qilib konsolga chqaring. GM uchun ikkala harfni katta qiling.

  • Yuqoridagi mashqni teng emas (!=) operatori yordamida bajaring.

  • Foydalanuvchi login ismini so'rang. Agar login admin bo'lsa, "Xush kelibsiz, Admin. Foydalanuvchilar ro'yxatini ko'rasizmi?" xabarini konsolga chiqaring. Aks holda, "Xush kelibsiz, {foydalanuvchi_ismi}!" matnini konsolga chiqaring.

  • Foydalanuvchidan 2 ta son kiritishni so'rang. Agar ikki son bir-biriga teng bo'lsa, "Sonlar teng" ekan degan yozuvni konsolga chiqaring.

  • Foydalanuvchidan istalgan son kiritishni so'rang. Agar son manfiy bo'lsa konsolga "Manfiy son", agar musbat bo'lsa "Musbat son" degan xabarni chiqaring.

  • Foydalanuvchidan son kiritishni so'rang, agar son musbat bo'lsa uning ildizini hisoblab konsolga chiqaring. Agar son manfiy bo'lsa, "Musbat son kiriting" degan xabarni chiqaring.

  • Foydalanuvchidan juft son kiritishni so'rang. Agar foydalanuvchi juft son kiritsa "Rahmat!", agar toq son kiritsa "Bu son juft emas" degan xabarni chiqaring.

  • Foydalanuvchi yoshini so'rang, va muzeyga kirish uchun chipta narhini quyidagicha chiqaring:

    • Agar foydalanuvchi 4 yoshdan kichkina yoki 60 dan katta bo'lsa bepul

    • Agar foydalanuvchi 18 dan kichik bo'lsa 10000 so'm

    • Agar foydalanuvchi 18 dan katta bo'lsa 20000 so'm



if-elif-else KETMA-KETLIGI



  • Foydalanuvchidan ikita son kiritishni so'rang, sonlarni solishtiring va ularning teng yoki katta/kichikligi haqida xabarni chiqaring

  • mahsulotlar degan ro'yxat yarating va kamida 10 ta turli mahsulotni kiriting. Yangi, savat degan bo'sh ro'yxat yarating va foydalanuvchidan savatga kamida 5 ta mahsulot kiritishni so'rang. Savatdagi elementlarni, mahsulotlar ro'yxati bilan solishtiring va qaysi biri ro'yxatda bo'lsa "Mahsulot do'konimizda bor" aks holda, "Mahsulot do'konimizda yo'q" degan xabarlarni chiqaring.

  • Yuqoridagi dasturni quyidagicha o'zgartiring: foydalanuvchidan 5 ta mahsulot kiritishni so'rang. Foydalanuvchi so'ragan va do'konda bor mahsulotlarni yang, bor_mahsulotlar degan ro'yxatga, do'konda yo'q mahsulotlarni esa mavjud_emas degan ro'yxatga qo'shing. Agar mavjud_emas ro'yxati bo'sh bo'lsa, "Siz so'ragan barcha mahsulotlar do'konimizda bor" degan xabarni, aks holda esa "Quyidagi mahsulotlar do'konimizda yo'q: ....." degan xabarni chiqaring.

  • foydalanuvchilar degan ro'yxat tuzing, va kamida 5 ta login qo'shing. Foydalanuvchidan yangi login tanlashni so'rang va foydalanuvchi kiritgan loginni foydalanuvchilar degan ro'yxatning tarkibi bilan solishtiring. Agar ro'yxatda bunday login mavjud bo'lsa, "Login band, yangi login tanlang!" aks holda "Xush kelibsiz, foydalanuvchi!" xabarini chiqaring.

  • Foydalanuvchidan biror butun son kiritishni so'rang. Foydalanuvchi kiritgan sonni 2 da 10 gacha bo'lgan sonlardan qay biriga qoldiqsiz bo'linishini konsolga chiqaring.

Yüklə 26,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin