Javdar unining kimyoviy tarkibi, 100 g mahsulot uchun gr larda
Jadval №1
Un navi
|
Suv
|
Oqsil
|
Uglevodlar
|
Yog‘
|
Kul
|
Energetik qimmati, kkal
|
Umumiy
|
Kraxmal
|
Shakar
|
Elanma
|
14,0
|
6,0
|
76,9
|
63,6
|
3,9
|
0,5
|
0,6
|
304
|
Sidirma
|
14,0
|
8,9
|
73,0
|
59,3
|
5,1
|
1,2
|
1,2
|
298
|
Jaydari
|
14,0
|
10,7
|
70,3
|
54,1
|
5,6
|
1,8
|
1,6
|
293
|
Javdar unining rangi quruq namunada aniqlanadi, chunki namlanganda javdar uni melanin pigmentining hosil bo‘lishi natijasida tez qorayadi.
Tegirmonning don tozalash bo‘limiga tushayotgan don massasi sifatiga quyidagi talablar qo‘yiladi, %
jadval №2
Ko‘rsatkichlar
|
Javdar
|
Namlik
|
12,5 – 14,5
|
Iflos aralashmalar miqdori (ko‘pbo‘lmasin)
|
2,0
|
Shu jumladan zararli aralashma miqdori
|
0,2
|
Meneral moddalar
|
0,3
|
Donli aralashma miqdori (ko‘p bo‘lmasin)
|
4,0
|
Kleykovina miqdori (kam bo‘lmasligi ke rak)
|
|
Javdar unining sifat va miqdor ko‘rsatkichlari
jadval №3
Tayyor mahsulot unining navlari
|
Kuldorligi, %
|
Yirikligi
|
Kleykovina sifati, % kam bo‘lmasin
|
Rangi organoleptik usulda aniqlanadi
|
Ipak elakdagi qoldig‘i (ko‘p bo‘lmasin)
|
Ipak elakdan o‘tgani
|
|
Elanma
|
0,75
|
27/2
|
38/90(kam bo‘lmasin)
|
|
Oq
|
Sidirma
|
1,45
|
0,45/2
|
38/60(kam bo‘lmasin)
|
|
Kulrang – oq
|
1.2.Un tortish uchun javdar aralashmasi partiyalarini hisoblash
Tegirmoning 10-15 kunlik ishini bir xilda ravon borishini ta’minlash uchun javdar donidan un tortish partiyalari tuziladi. Bu tayyorlov jarayonini to‘g‘ri bajarilishiga sifati yuqori bo‘lgan donni tejamli sarf kilishga va sifati past bo‘lgan donni radsional ishlatishga olib keladi. Eski va yangi hosil, sifati past va sifati yuqori bo‘lgan donlarni kushish yuli bilan tuziladi. Navli un tortishda kleykovinaning miqdori 25 % dan kam emas, sifati II-guruxdan past bo‘lmasligi kerak, iflos chiqindilar miqdori 2 % dan kup emas, donsimon chiqindi miqdori 5% dan kup emas, shuning ichida usgan donlar 3 % dan ko’p emas.
Un tortishda javdar doni aralashmalarining partiyalarini hisoblashning usullaridan biri teskari proporsiya tuzish usulidir.
4-jadval.
Ko’rsatkichlar
|
Aralashma komponentlari
|
Talab qilingan aralashma
|
1-chi
|
2-chi
|
3-chi
|
Kleykovina
|
28 %
|
26 %
|
20 %
|
25 %
|
Talab qilingan kleykovina qiymatidan 1 va 3 komponentlar qiymatining ayirmasi
|
28-25=3
|
-
|
25-20=5
|
|
Talab qilingan kleykovina qiymatidan 2 va 3 komponentlar qiymatining ayirmasi
|
-
|
26-25=1
|
25-20=5
|
|
Partiyadagi komponentning hisobiy nisbati
1 va 3 komponent
2 va 3 komponent
|
5
-
|
-
5
|
3
1
|
|
Komponentlar hisobiy ayirmasining yig‘indisi
|
5
|
5
|
4
|
14
|
1- komponent massasi
|
150*5/25 30t
|
|
|
|
2- komponent massasi
|
|
150*5/25= 30 t
|
|
|
3- komponent massasi
|
|
|
150*4/25=24 t
|
|
Komponentlarning massasi qyuidagi formyla orqali toriladi:
birinshisi M1=180*5/14=64,2 t
ikkinshisi M2=180*5/14=64,2 t
uchinchi M3=180*4/14=51,6 t
yoki M3 M1 – M2, yoki M3 = 180 - 64,2 - 64,2 51,6 t.
Donning talab etiladigan kleykovina sifatini hisoblab tekshirib ko‘ramiz:
X=64,2*28+64,2*26+51,6*20=1797,6+1669,2+1032/180=25%
1.3. Donni tozalash va qayta ishlash texnologik sxemalarining tavsifi
Elevatordan tegirmonning don tozalash bo’limiga keladigan bug’doy doni massasi quyidagi sifatlarga ega bo’lishi tavsiya etiladi:don namligi - 12,5 %, don chikindilari – 5,0 %, I-III tipli donlar - 13,5 %, Iflos chikindilar – 2,0 % dan ko’p bulmasligi kerak.«Pomol» partiyasi tuzilgandan so’ng elevatordan kelayotgan tozalanmagan don massasi tegirmonning don tozalash bo’limidagi avtomat tarozi orqali RZ-BKSH-350 rusumli konveyerdan o’tib, «tozalanmagan don»(1) bunker ustiga kelib tushadi. U yerdan URZ-1 rusumli dozatorda barobar taksimlanib, RZ-BKSH-200 yordamida donlar yaxshi aralashib, avtomatik taroziga kelib tushadi (2) , u yerdan don oqimi U1-BMP rusumli magnit separatorda (3) metallmagnit aralashmalardan tozalanib, so’ngra A1-BIS-12 (4) rusumli don massasini yengil chiqindilardan tozalaydigan separatorlarga kelib tushadi.
Separatorlarda donlar yukori kavatdagi elaklar(ᴓ8mm) yordamida yengil chiqindilardan va pastki elaklar (1,7-2,0mm) yordamida esa kum, mayda tosh va boshka chiqindilardan tozalanib, so’ng RZ-BKT 100 tosh ajratuvchi (5) uskunaga tushadi. U yerda don massasi zichligiga qarab (mineral chiqindilardan) ajratiladi. Chiqindilardan tozalangan don massasi noriyalar orqali yuqori qavatga kutariladi.
Mineral aralashmalardan tozalangan don massasidan yovvoyi o’t urug’’lari va boshqa turli mayda chiqindilarni kukol ajratuvchi A9-UTK-6 uskunasi (6) yordamida tozalanadi, so’ng fraktsiyalarga ajratilib, va mayda chiqindilardan tozalanish uchun A9-UTO-6 (7) rusumli triyerga tushadi. Triyerdan o’tgan don massasi, metall chiqindilardan tozalanish uchun U1-BMP-01 (8) rusumli magnit qurilmasidan utib, sirtki qisimlarga ishlov berish uchun R3-BMO-6 (9) oqlash uskunalariga tushadi. Uskunada donga ishlov berish jarayonida xosil bo’lgan aralashmani yengil chiqindilardan don kobig’ini ajratish uchun R3-BAB (10) rusumli aspirator uskunasiga yuboriladi.
Don namlab oqlovchi uskuna J9-BMA (11) rusumli uskunasiga uzatiladi. Namlangan don esa noriyalarga tushadi. U don massasini yuqori qavatga ko’tarib, R3-BKSH uskunasi orqali 1- dimlash bunkeriga uzatadi. (12) U yerda tarkibida fizik va kimyoviy o’zgarishlar yuz beradi. Dimlangan don UR3-2 taksimlovchi uskuna orqali taksimlanib, RZ-BKSH-200 rusumli shnekka kelib tushadi. Undan don noriyaga yetkazib beriladi. Noriyalar don massasini yuqori kavatga chikarib beradi. So’ngra don massasi A1-BSHU uskunasida ishlov berilib, 2-dimlash bunkeriga tushadi.
Dimlangan don massasi URZ-2 taksimlovchi orqali noriyalarga yetkazib beriladi. U1-BMP (13) rusumli magnit uskunasidan o’tib (metall chiqindilardan tozalanib), sirtqi qisimlarga ishlov berish uchun R3-BMO-12 (14) oqlash uskunalariga tushadi, so’ngra yengil aralashmalardan ajratish uchun R3-BAB rusumli aspirator uskunasiga (15) yuboriladi va U1-BMP-01 magnit uskunasida (16) metall chiqindilardan tozalanib, do A1-BAZ uskunasida namlanib, (17) I maydalash sistemasidan oldingi bunkerga 3 dimlash (18) jarayoniga beriladi. So’ng don massasi D-50- rusumli avtomat taroziga tushib, (19) don tortish valetsiga tushib maydalanadi.
Dostları ilə paylaş: |