Oziq-ovqat mahsulotlariga bolalarning extiyoji. Turli yoshdagi bollar uchun ovqat ratsionini tuzish Uyning poydevori mustahkam bo‘lsa, uning o‘zi ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bu qurilish ishlarida ishlatiladigan tushuncha bo‘lsa-da, uni inson organizmiga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Chaqaloq dunyoga kelishi bilan uning organizmiga keyinchalik rivojlanishi uchun “baquvvat” ovqat zarur bo‘ladi. Albatta bu haqda, birinchi navbatda, bolaning ota-onasi qayg‘uradi. Bolaning salomatligi aynan ularga bog‘liq. Asosiysi ota-onalar to‘g‘ri ovqatlanish sabog‘ini birinchi bo‘lib o‘zlashtirishlari lozim.
Qanchalik xilma-xil bo‘lsa, shunchalik yaxshi… Bola organizmida u yoki bu foydali moddaga tanqislik bo‘lmasligi uchun xilma-xil aralash ovqat zarur. Bola ratsioniga o‘simlik va mol mahsulotlarini kiritish juda muhim. Ba’zilarini o‘zingiz tayyorlashingiz, boshqalarini esa pishirilmagan holda berishingiz mumkin. Bunday birikmalar tufayli maxsus boyitilgan mahsulotlarga bo‘lgan zarurat yo‘qoladi.
Bir xillikdan qoching Bola organizmi barcha narsaga tez o‘rganib qoladi, shu bois bolani muayyan bir xil ovqatga o‘rgatish tavsiya etilmaydi. Undan faqat vegetarianlar ovqatini iste’mol qilishni talab etish yoki faqat yuqori kaloriyali mahsulotlar bilan ovqatlantirish mumkin emas. Sut foydali albatta, ammo ovqat ratsioniga boshqa mahsulotlarni kiritmasangiz bolada oziqlantiruvchi moddalar, vitaminlar, mikroelementlar, yog‘ kislotalari yetishmasligi rivojlanadi.
Bolaning ta’m bilish xususiyati to‘g‘ri rivojlanishi uchun ovqatni kichik porsiyalar ko‘rinishida bering. Shunda siz bolada muayyan ta’mga, ya’ni sho‘r, achchiq yoki shirin ovqatga mayl paydo bo‘lishining oldini olgan bo‘lasiz.
Issiq va sovuq ovqat Menyuni shunday tuzingki, unda faqat issiq yoki sovuq ovqatlar bo‘lmasin. Ovqatlanish sxemasi taxminan quyidagicha bo‘lishi kerak:
Nonushta – saryog‘ va pishloq bilan qora non, vetchina yoki qaynatib pishirilgan go‘sht bo‘lagi, bir stakan iliq sut. Bu nima beradi? Bola organizmi A, B, B1,B2 vitaminlari, oqsil, kalsiy, mis, fosfor moddalari bilan ta’minlanadi. Ikkinchi nonushta organizmni C vitamini bilan ta’minlaydigan ho‘l mevalar va sharbatdan iborat bo‘lishi lozim. Tushlik – issiq ovqat, kartoshka sabzavotlar va go‘sht yoki baliq go‘shti hamda salat bilan. Bu nima beradi? Organizm temir, rux, yod, oqsil moddalari, foliy kislotasini yaxshi hazm qiladi va B1, B6,C vitaminlariga to‘yinadi.
Kechki ovqat – taxminan nonushtadagi kabi.
Dasturxonni to‘g‘ri bezash Dasturxon atrofidagi sharoit ham juda muhim rol o‘ynaydi. Bolalar chiroyli va o‘ziga tortadigan narsalarni yoqtirishadi. Shuning uchun dasturxonni tuzashga ham katta e’tibor berish lozim. Bola ovqatlanayotgan paytda uni yaxshi odatlarga o‘rgatish zarur. Nonushta va kechki ovqatni oila bilan birgalikda dasturxon atrofida qilgani ma’qul, iloji bo‘lsa tushlikni ham, albatta. Ovqat tayyorlayotganingizda osh tuzi o‘rniga ko‘proq xushta’m giyohlar va achchiq bo‘lmagan ziravorlardan foydalangan yaxshi.
Individual yondashuv Ba’zi mutaxassislar bolalarni yoshiga qarab ovqatlantirish bo‘yicha maxsus jadvallarni tavsiya etishadi. Faqat jadvalga qarab ovqatlantirish unchalik shartmas. Har bir bolaning ovqatga nisbatan o‘z ehtiyoji bo‘ladi.
Balanslashtirilgan ovqat Har bir ona farzandi qancha ovqat iste’mol qilishini, unga zarur porsiya miqdorini taxminan biladi. Biroq ba’zida ishtaha yo‘qolib turadi, bola uzoq vaqt ovqat so‘ramay qolishi yoki aksincha, ishtahasi ochilib ketishi mumkin. Agar bunday holat uzoqqa cho‘zilmasa, xavotir olmang va darhol chora ko‘rishga shoshilmang. Ishtaha uzoq vaqt to‘g‘ri chegaradan chiqib ketganida yoki u umuman yo‘q bo‘lgan taqdirdagina, shifokor maslahati bola ovqatini to‘g‘ri balanslashga yordam beradi.
Suv balansi Bola qanchalik kichkina bo‘lsa, unda suyuqlikka bo‘lgan talab shunchalik ko‘p bo‘ladi. Normal sog‘lom bola issiq kunlarda yoki jismoniy mashg‘ulotlar paytida odatdagidan ko‘ra ikki baravar ko‘proq suv ichadi. Bunday paytlarda faqat oddiy toza suv iste’mol qilgan yaxshi, o‘tlar yoki mevalardan tayyorlangan qandsiz choy, bittaga bitta suv qo‘shilgan tabiiy sharbatlar ham bo‘ladi. Sitro, kola, gazli mineral suv, vijillaydigan ichimliklar tavsiya etilmaydi. Bunday ichimliklar tashnalikdan xalos etmaydi va organizmdagi qand miqdorini ko‘paytirib yuboradi.
Sut mahsulotlari Sut mahsulotlari bolani kalsiy, fosfor, oqsil moddalari va A, B1, B2 vitaminlari bilan ta’minlaydi. Do‘kondan sut olayotganingizda yog‘liligi 3,5% bo‘lgan (yog‘lilik mahsulotda A va D vitaminlari mavjudligini ko‘rsatadi) sutni tanlagan ma’qul. Yogurtni o‘zingiz tayyorlaganingiz yaxshiroq. Ya’ni oddiy yogurt olib, unga kesilgan ho‘l mevalarni qo‘shing. Bu do‘konda sotiladigan yogurtlarda mavjud bo‘ladigan qand moddasidan saqlaydi.