Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar samaradorligi oshirish yo'nalishlari



Yüklə 5,75 Kb.
tarix03.12.2023
ölçüsü5,75 Kb.
#172148
Oziq-ovqat xavfsizli


OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHGA QARATILGAN ISLOHOTLAR SAMARADORLIGI OSHIRISH YO'NALISHLARI
1.1 OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING AHAMYATI
Ma'lumki, oziq-ovqat sanoati milliy iqtisodiyotning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan keng tarmoqli sohasi hisoblanib, uning tarkibida go'sht-sut, yog'-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, meva-sabzavot konservalari, turli-tuman ichimliklar, shakar, non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalarni o'z tarkibiga birlashtirgan. Kishilik jamiyatining rivojlanishi davomida tabiat yaratib bergan ne'matlardan foydalangan. Jahon aholisi sonining ortib borishi oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan extiyojini ortishiga olib keldi. Bugungi kunda dunyo mamlakatlarioldida turgan asosiy vazifalardan biri sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va uning xavfsizligini ta'minlash masalasidir.Hozirgi kunda insoniyatning tabiatga nisbatan salbiy munosabatda bo'layotganligi, unga antropogen ta'sirning kuchayib borishi, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o'rtasidagi oziq-ovqat bilan ta'minlash darajasining nomutanosibligi, iqlim o'zgarishlari kabi qator salbiy omillarni keltirishi mumkin. Chuchuk suv, o'rmonlar, biologik xilma-xillik keskin sur'atlarda kamayib bormoqda. Tuproq unumdorligi pasayib, yerlarning meliorativ holati yomonlashib bormoqda. Natijada, bugungi kunda jahon aholisining 1/10 qismi, yoki qariyb 800 milliondan ortig'i to'yib ovqatlanmayotgan bo'lsa, 2050-yilga borib bu miqdor 2 mlrd. kishiga yetishi kutilmoqda. Ularning 12,9 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Mazkur holat mamlakatlar aholisini oziq-ovqat bilan yetarlicha ta'minlash bilan birga oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash kabi dolzarb muammoni yuzaga keltirmoqda. Besh yoshgacha bo'lgan bolalar o'rtasidagi o'limning 45 foizi aynan to'yib ovqat yemaslik va ekologik jihatdan toza bo'lmagan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish natijasida kelib chiqmoqda. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va keskin raqobatchilik, aholi sonining muttasil ortib borishi, xususan, "2050 yilga borib jahon aholisi 10 milliard kishiga yetishi natijasida aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, qishloq xo'jaligi sohasida intensiv tarzda xomashyo yetishtirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni hududiy tarkibini takomillashtirish, yangi ishlab chiqarish shakllaridan foydalanishni taqozo qilmoqda". Bu o'z navbatida, oziq-ovqat xavfsizligini taminlash, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini joylashtirish o'rni va usulini to'g'ri tanlashni hamda raqobatbardosh, ekologik toza iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va boshqarishda klaster tizimidan samarali foydalanishni talab etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning quyidagi qismlarini ajratib ko'rsatish mumkin:
• yetarli xavfsiz va to'yimli oziq-ovqatning doimiy mavjudligi;
• aholining barcha ijtimoiy guruhlari uchun tegishli hajm va sifatli oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi;
• milliy oziq-ovqat tizimi va iqtisodiy mustaqilligi (oziq-ovqat mustaqilligi).
ishonchlilik, ya'ni milliy oziq-ovqat tizimining mavsumiy, ob-havo va boshqa o'zgarishlarning mamlakatning barcha hududlari aholisini oziq-ovqat bilan ta'minlash qobiliyati;
Yüklə 5,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin