O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
12-88-PB (1)

O‘ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2023, [1/4/1]
ISSN 2181-7324 
 
FILOLOGIYA 
https://science.nuu.uz/
 
Social sciences 


O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
 
FILOLOGIYA 
1/4/1 2023 
- 313 -
faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biridir. O’quv muhitida 
vaqti-vaqti bilan yuzaga keladigan munozaralarga qaramay, 
rus ta'limining asosiy ustuvorligi insonparvarlik bo’lib 
qolmoqda. 
Mavzuga 
oid 
adabiyotlarning 
tahlili

Antropotsentrik tilshunoslikning yetakchi yo’nalishlaridan biri 
hisoblangan 
lingvokulturologiya 
tilshunoslik, 
Madaniyatshunoslik, etnografiya, psixolingvistika sohalari 
hamkorligida yuzaga kelgan, tilning madaniyat, etnos, milliy 
mentallik bilan o`zaro aloqasi va ta`sirini antropotsentrik 
paradigma 
tamoyillari 
asosida 
o`rganuvchi 
sohadir. 
Tadqiqotchilarning tahkidlashicha, mazkur soha XX asrning 
so`nggi choragida shakllandi, "linpvokulturologiya" termini 
esa V.N.Teliya rahbarligidagi Moskva frazeologik maktabi 
tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bilan bog`liq ravishda 
paydo bo’ldi. Lingvokulturologiyaning yuzaga kelishi haqida 
gapirilganda, deyarli barcha tadqiqotchilar bu nazariyaning 
ildizi V.fon Gumbolhdtga borib taqalishini tahkidlaydilar. 
Tilshunoslikda bu sohaning Shakllanishida A.A.Potebnya, 
L.Vaysgerber, X.Glints, X.Xolg’ts, U.D.Uitni, D.U.Pauell, 
F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbitskaya, 
D.Xaymz kabi tilshunoslarning qarashlari muhim rolg’ 
o’ynaganligi tahkidlanadi. Lingvokulturologiya sohasmda 
jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A.Maslova ushbu sohaning 
rivojini 3 bosqichga ajratadi: 1) fan Shakllanishiga turtki 
bo`lgan 
dastlabki 
tadqiqotlarning 
yaratilishi 
(V.fon 
Gumbolg`dt, E.Benvenist, L.Vaysgerber, A.A.Potebnya, 
E.Sepir 
kabi 
tilshunoslarning 
ishlari); 
2) 
lingvokulturologayaning alohida soha sifatida ajratilishi; 3) 
lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi. Madaniyat, xalq 
tafakkuri, uning olamni idrok etishidagi o`ziga xos jihatlarning 
tilda aks etishini o`rganishlingvokulturologiyaning asosiy 
maqsadidir. Mazkur sohaning obyekti til va madaniyat, 
predmeti esa o`zida madaniy semantikani namoyon etuvchi til 
birliklari 
hisoblanadi. 
Binobarin, 
lingvokulturologiyada 
madaniy axborot tashuvchi til birliklari tadqiq etiladi. Bunday 
til birliklari lingvomadaniy birliklar termini ostida birlashadi. 
Ramz, mifologema, etalon, metafora, paremiologik birliklar, 
lakunalar, stereotiplar, pretsedent birliklar, nutqiy etiketlar eng 
asosiy lingvomadaniy birliklar hisoblanadi. Olamning lisoniy 
manzarasini, madaniyatning asosiy konseptlari majmui 
bo`lgan konseptosferani, lisoniy ongni tavsiflash hamda til 
egalarining milliy-madaniy mentalligini aks ettiruvchi lisoniy 
birliklarni, insoniyatning qadimiy tasavvurlariga muvofiq 
keluvchi madaniy arxetiplarni, nutqiy muloqotga xos bo`lgan 
milliy 
ijtimoiy-madaniy 
stereotiplarni 
aniqlash 
lingvokulturologiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi. Til va 
madaniyatning o`zaro ta`siri muammosi etnolingvistika, 
etnopsixolingvistika, 
kogaitiv 
tilshunoslik, 
lingvomamlakatShunoslik, 
lingvokonseptShunoslik, 
lingvopersonologiya kabi sohalarda ham o`rganiladi. Shu 
sababli ushbu sohalar lingvokulturologiyaga yaqin sohalar 
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda lingvokulturologiya dunyo, 
xususan, rus tilshunosligida eng rivojlangan sohalardan biri 
bo`lib, bu borada salmoqli tadqiqotlar, bir qancha o`quv 
qo`llanmalar yaratilgan. Mazkur sohaga omd ishlarda 
tadqiqotchilarning olamning lisoniy manzarasi, lingvomadaniy 
konseptlar, pretsedent birliklar, intertekstuallik, lisoniy ong, 
barqaror birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari kabi 
masalalarga katta ehtibor qaratayotganliklarini kuzatish 
mumkin. Bunday tadqiqotlarda tilning barcha sathlari 
birliklari, xususan, so’z va matnning tamoman yangicha 
talqini va tahlili ustuvorlik qiladi. Bunda lisoniy birliklarning 
nafaqat til qonuniyatlari, balki jamiyat, inson, madaniyat, 
ruhiyat, milliy mentalitet kabi omillar nuqtai nazaridan ham 
tadqiq etilishi til ilmida yangi g’oyalar, yangi ilmiy qarashlar 
va tamoyillarning yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin