O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/126
tarix15.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#143908
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126
12-88-PB (1)

 
Kirish.
Barchamizga ma'lumki, tilshunoslikning 
leksikografiya bo‘limi har doim yangilanib turuvchi hamda 
har bir sohada o‘zining muqim o‘rniga ega bo‘lim
hisoblanadi, sababi, qay sohaga nazar tashlamang, unga oid 
har bir so‘z, albatta, o‘quv lug'atchiligida o‘z izohiga ega. 
Muayyan adabiy tilning deyarli barcha so‘zlarini qamrab 
olgan leksik yig‘indiga nisbatan lug'at atamasi ishlatiladi 
hamda ushbu atama ostida turli fan sohalariga oid turfa 
lug‘atlar jamlanmasi o‘zining aksini topadi. Aytish joizki, har 
bir xalqning o‘z lug‘at tizimi mavjud bo‘lgani kabi, o‘zbek 
tilining ham o‘zining maxsus lug‘atchiligi bor. Insonlar 
ortasida o‘zaro aloqa almashinuv uchun universal tilni yaratish 
prinsiplari 
bilan 
shug‘ullanuvchi 
interlingvistika fani 
shakllandi. 
Ijtimoiy 
hayotning 
hamma 
jabhalariga 
avtomatizatsiyaning kirib borishi natijasida lug‘atlarni 
elektron shaklda yaratish imkoniyati paydo bo‘ldi. 
 
Mavzuga 
oid 
adabiyotlar 
tahlili.
O‘zbek 
lug‘atshunosligi o‘zining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega bo‘lib, 
dastlabki lug‘at namunasi Mahmud Koshg‘ariyning “Devoni 
lug‘ati turk” asari hisoblanadi. O‘tgan davriy bosqichlarda 
ensiklopedik (qomusiy) va filologik (lingvistik) lug‘atlar 
yaratilib, takomillashtirilib borildi. Globallashuv jarayoni 
faqatgina insonlarning ijtimoiy hayoti va madaniyatiga emas
balki odamlar nutqining asosiy vositasi bo‘lgan tilga-da o‘z 
ta’sirini o‘tkazdi. Shuning uchun o‘zaro muloqot jarayonining 
yanada maqbul usullarini aniqlash uchun har xil leksikografik 
tadqiqotlar 
yanada 
rivojlantirib 
borilmoqda. 
Maktab 
o‘quvchilari uchun Otabek Shukurov va Bashorat 
Bahriddinovalar tomonidan yaratilgan “O‘zbek tilining 
ma`nodosh so‘zlar o‘quv lug‘ati” ham istiqlol davri 
lug‘atchiligimiz yutuqlaridan hisoblanadi. Mualliflar 
tomonidan ushbu lug‘atni yaratishdagi asosiy manbalar 1974-
yilda nashr qilingan “O‘zbek tili sinonimlarining izohli 
lug‘ati”(A. Hojiyev) va “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ( ikki 
tomlik.-M.:Русский язык,1981) ekanligi bevosita qayd 
etiladi. Asosiy manba sifatida esa “O‘zbek tili sinonimlarining 
izohli lug‘ati” ekanligi alohida ta’kidlangan. 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin