O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
FILOLOGIYA
1/4/1 2023
- 289 -
vaziyat ta’siri bilan namoyon qiluvchi
nutq ishtirokchilariga
xos kommunikativ niyat bilan aloqador masalalarni o‘rganadi”
[2]. Pragmatika tilshunoslikda yangi nazariy va amaliy soha
bo‘lgani bois xilma-xil ta’riflar bilan izohlashga urinilishlar
mavjud, lekin shunisi e’tiborliki, ta’riflarning har biri mazkur
sohaning qaysidir xususiyatini aks ettirishi bilan ham
ahamiyatlidir. O‘zbek tillshunosligida
pragmalingvistika
fanining rivojiga katta hissa qo‘shgan olimlarimizdan
Sh.Safarov
ham
o‘z
izlanishlari
natijasi
o‘laroq
pragmatikaning mazmun-mohiyatini keng aspektda yoritib
bera olgan. Olim ta’kidlagan jihat muloqot jarayonida lisoniy
birliklarning so‘zlovchi tomonidan fikrlariga va hislariga
mosini tanlab olish va tanlab olingan til birliklarini qo‘llashda
tinglovchiga ta’sir etishini nazarda tutishdan iboratdir.
Badiiy matn har qanday nobadiiy matndan farqli
o‘laroq alohida vazifani –
kommunikativ vazifa bilan
murakkab o‘zaro aloqadorlikda namoyon bo‘luvchi va
matnning o‘ziga xos qurilishida hal qiluvchi omil
hisoblanuvchi estetik vazifani bajaradi.
Ironiya – badiiy asarlardagi uslubiy vosita – ikki
ma’noda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan so‘z yoki gaplarni
qo‘llash bilan ularning asosiy ma’noga teskari, hatto uni inkor
etuvchi ma’nosi orqali kinoya, qochiriq, piching, kesatiq,
mazax ma’nolarini ifodalash[3].
Adabiyotshunoslik lug‘atida ironiyaga shunday ta’rif
beriladi: “Ironiya yunoncha “eironeia” so‘zidan olingan bo‘lib,
aynan, o‘zini go‘llikka solish degan ma’nolarni bildiradi”[4].
Ironiya estetikaning kategoriyasi bo‘lib,
qadimgi
notiqlik an’analaridan kelib chiqadi. Bu XIX asrning so‘nggi
choragidan beri alohida rivojlanib keladi. Ironiyada
so‘zlovchi voqeani jiddiy bayon qilganday bo‘ladi, ammo til
vositalarini ko‘chma ma’noda qo‘llab, biron shaxs yoki
voqelik ustidan kesatiq bilan kuladi. Boshqacha qilib
aytganda, so‘zlovchi nutqining zaminida haqiqiy ma’noga
zidlanuvchi asosiy maqsad – kulgi yoki kinoya ma’nosi
yashiringan bo‘ladi. . Ironiya subyektning
bilib bilmaslikka
olishga asoslangan nuqtayi nazarini bildiradi. Bu borada faqat
E.Ibragimovaning tadqiqoti hozircha yagona bo‘lib turibdi[5].
Ko‘p
tilshunoslar,
masalan,
R.Qo‘ng‘urov,
E.Begmatov, Y.Tojiyev, H.Homidiy, A.Hojiyev ironiyaga
deyarli bir xil ta’rif beradilar. Ular fikricha ironiya o‘z
ma’nosiga qarama-qarshi ma’noda ishlatilishi natijasida hosil
bo‘ladi.[6.2001]
Keltirilgan fikrlarni birlashtirgan holda, shuni aytish
mumkinki, pragmatika tilshunoslikdagi yangi soha bo‘lish
bilan birga o‘ziga xos murakkab tarmoq hamdir.
Lisoniy
birliklarning semantikasi bilan birga ulardan muloqot
jarayonida foydalanish ko‘nikmasini ham shakllantirgan
bo‘lishi kerak. Bular o‘z navbatida insonning milliy
qadriyatlari va ma’naviyati bilan chambarchas bog‘liq.
Demak, tildan foydalanish mahorati inson bilan birga tug‘iladi
va an’ana-qadriyatlar, ijtimoiy munosabatlar ta’sirida
shakllanib boradi.
Dostları ilə paylaş: