63
va rishtani o’zlariga yuqtiradi. Asosiy xo’jayini ichagida sikloplar xazm sekretlari
ta’sirida xazm bo’ladi va undan chiqqan lichinkalar ichak devori orqali qon aylanish
sistemasiga o’tadi va organizm bo’ylab migrasiya qiladi.
Migrasiya davri
tugallangach, rishtaning lichinkasi bemorning teri osti yog’ qavatiga joylashib oladi
va bir yildan keyin jinsiy voyaga etadi. SHundan so’ng urg’ochi rishtalar yana teri
ostiga ko’chib, yuqorida bayon etilgan hayot siklini takrorlaydi.
Dunyo bo’yicha sikloplarning 15 dan ortiq turlari rishtaning oraliq xo’jayini
hisoblanadi. MDXda esa 5 tur sikloplar rishtaning oraliq xo’jayini
ekanligi
aniqlangan. Rishta keltirib chiqaradigan kasallik drakunkulyoz deb ataladi. Agarda
rishta kasallangan odam terisi ostida o’lsa, odam organizmiga parazitning zaharli
moddalari so’riladi va natijada odam badanida har xil toshmalar (eshak emi)
paydo
bo’ladi, badan qichishadi, bosh aylanadi,
nafas olish qiyinlashadi, organizm
oriqlaydi. Ba’zan esa bo’g’inlarning yallig’lanishi, ko’ngil aynishi va qusish xollari
ham ro’y beradi.
Umuman, rishtaning atrof-muhitga keng tarqalishida asosiy manba bo’lib,
kasallangan odam hisoblanadi. Bu kasallik asosan issiq iqlimli mamlakatlarda, ya’ni
Afrikada, Lotin Amerikasi mamlakatlarida va Janubiy
Osiyo davlatlarida keng
tarqalgan. Xozirgi vaqtda rishta bilan er yuzida 45 mln. ga yaqin odam kasallangan.
MDXda, O’rta Osiyoda, ayniqsa Buxoroda 1930 yillargacha rishta odamlarda tez-tez
uchrab turgan. Birinchi marta rishtani 1872 yili A.P.Fedchenko topgan bo’lsa,
A.M.Isaev esa Buxoroda rishtani rivojlanish siklini to’liq o’rganib, uni yo’qotish
chora-tadbirlarini ishlab chiqqan.
Avvalgi davrlarda rishtadan qutilishning birdan-bir chorasi nematodani
cho’pga o’rab asta-sekin teri ostidan tortib chiqarib olish bo’lgan. Xozirgi kunda ham
bu usul o’zining qimmatini yo’qotgani yo’q. Bundan tashqari kimyoviy dorilar bilan
ham davolanadi. Bunday kimyoviy preparatlar qatoriga ambil’gar, tiabendazol,
metronidazol va boshqalar kiradi.
1932 yilda sobiq ittifoqda rishta odamlarda batamom tugatilgan.
Bunda rishta
tugatilishining asosiy sabablari uning manbai bo’lgan xovuzlarni quritish yoki
dezinfeksiyalash, vodoprovodlar qurish,
xovuzlardan xom suv ichmaslik, oyoq-
qo’llarni suv ichadigan xavzalarda yuvmaslik hamda rishta bilan kasallangan
odamlarni aniqlab, ularni davolashdan iborat bo’lgan. Xozirgi kunda rishta bilan
zararlanish yovvoyi hayvonlar o’rtasida uchrab turadi.
Dostları ilə paylaş: