P-n o‘tishning to‘g‘ri ulanishi



Yüklə 120 Kb.
səhifə3/4
tarix13.10.2022
ölçüsü120 Kb.
#65059
1   2   3   4
P-n o‘tishning to‘g‘ri ulanishi

p-n o‘tish sig‘imi. Past chastotalarda p-n o‘tish toki faqat elektron – kovak o‘tishning aktiv qarshiliklari hamda yarim o‘tkazgichning p va n –sohalarining qarshiligi (rB) bilan aniqlanadi. Yuqori chastotalarda p-n o‘tishning inersiyasi uning sig‘imi bilan aniqlanadi. Odatda p-n o‘tishning ikkita asosiy sig‘imi hisobga olinadi: diffuziya va to‘siq (barer).
To‘g‘ri ulangan p-n o‘tishda qo‘shni sohalarga asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar injeksiyalanadi. Natijada p-n o‘tishning yupqa chegaralarida qiymati jihatidan teng lekin qarama-qarshi ishoraga ega bo‘lgan qo‘shimcha asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar QDIF yuzaga keladilar. Kuchlanish o‘zgarsa injeksiyalanayotgan zaryad tashuchilar soni, demak zaryad ham o‘zgaradi. Berilayotgan kuchlanish ta’siridagi bunday o‘zgarish, kondensator qoplamalaridagi zaryad o‘zgarishiga aynan o‘xshaydi. Bazaga asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar diffuziya hisobiga tushganliklari sababli, bu sig‘im diffuziya sig‘imi deb ataladi va quyidagi ifodadan aniqlanadi
. (2.8)

(2.8) ifodadan ko‘rinib turibdiki, p-n o‘tishdan oqib o‘tayotgan tok va bazadagi zaryad tashuvchilarning yashash vaqti qancha katta bo‘lsa, diffuziya sig‘imi ham shuncha katta bo‘ladi


Ikki elektr qatlamga ega bo‘lgan elektron – kovak o‘tish zaryadlangan kodensatorga o‘xshaydi. O‘tish sig‘imi o‘tish yuzasi S, uning kengligi va dielektrik doimiysi bilan aniqlanadi. O‘tish sig‘imi to‘siq sig‘imi deb ataladi va quyidagi ifodadan aniqlanadi


. (2.9)

O‘tishga kuchlanish berilsa, bu vaqtda o‘tish kengligi o‘zgarganligi sababli, sig‘im ham o‘zgaradi. Sig‘imning berilayotgan kuchlanish U qiymatiga bog‘liqligi quyidagicha




. (2.10)

To‘g‘ri ulangan o‘tishda musbat ishorasi, teskari ulanganda esa manfiy ishora olinadi. SB berilayotgan kuchlanishga bog‘liqligi sababli p-n o‘tishni o‘zgaruvchan sig‘imli kondensator sifatida qo‘llash mumkin.


To‘g‘ri kuchlanish berilganda diffuziya sig‘imi to‘siq sig‘imidan ancha katta bo‘ladi, teskari kuchlanishda esa teskari. Shuning uchun to‘g‘ri kuchlanish berilganda p-n o‘tish inersiyasi diffuziya sig‘imi bilan, teskari ulanganda esa to‘siq sig‘imi bilan aniqlanadi.

Yüklə 120 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin