Paint graphic dasturi. Paint dasturi interfeysi Paintda sohaga oid chizmalar chizish



Yüklə 16,37 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü16,37 Kb.
#168335
maruza 4


4-mavzu: Pаint – grafik dasturi.
Reja:

Insonlar qadimdan rasm chizish san’ati bilan shug‘ullanib, o‘z rasmlarida insonlar qiyofasini, turli jonzotlarni, voqea yoki hodisalarni aks ettirishga harakat qilganlar. Qadimgi rasm san’ati namunalarini arxeologlar tomonidan topilgan qoyatoshlardagi, qadimgi devor va sopol idishlardagi tasvirlardan ham ko‘rish mumkin. Quyidagi rasmlarda qadimgi san’at asarlaridan namunalar keltiril- gan:


Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, Klod Mone, Pikasso kabi buyuk mo‘yqalam ustalarining asarlari esa san’at olamining bebaho meroslari qatoridan joy egallagan. Rassomlar o‘z asarlarini polotno deb nomlangan matoda yoki qo- g‘ozda mo‘yqalam yordamida yaratishgan. Ular o‘z asarlarini yara- tayotganlarida biron-bir xatoga yo‘l qo‘yishsa, barcha ishini qaytadan boshlashga majbur bo‘lganlar. Lekin kompyuter yordamida rasm va tasvirlarni chizish jarayonida xatolikka yo‘l qo‘ysangiz, qog‘oz va polotnolarni tashlab yuborishga hojat qolmaydi. Kompyuter dasturi sizga qayta va qayta yangi rasmlarni chizish imkonini beradi. Kompyuter texnikasining vujudga kelishi bu yo‘nalishda yangi imkoniyatlarni yaratib berdi va «kompyuter grafikasi» tushunchasi vujudga keldi.
Kompyuter grafikasi kompyuter texnologiyalarining bir qismi bo‘- lib, uning imkoniyatlaridan foydalanib tasvirlarni kompyuter va maxsus dasturlar yordamida yaratishdir. Grafik muharrirlar kompyuterda grafik tasvirlarni yaratish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan amaliy dasturlardir. Ularga Paint, Paint Net, Tux Paint kabi dasturlar kiradi. O‘zining soddaligi va qulayligi tufayli bu dasturlar kichik yoshdagi foydalanuv- chilar orasida ham keng tarqalmoqda. Paint grafik muharriri
Paint Windows muhitida ishlovchi grafik muharrir hisoblanib, quyidagi imkoniyatlarga ega:
• qalam, mo‘yqalam, purkagich yordamida rasm, tasvirlar yaratish, ularni turli ranglarga bo‘yash;
• to‘g‘ri chiziq, egri chiziq, ellips, to‘rtburchak yordamida turli shakl- lar yaratish, ichki sohani bo‘yash;
• rasmlarni o‘zgartirish, burish va nusxalash;
rasmli fayllarni yuklab olish, ularga o‘zgartirish kiritish; • ixtiyoriy sohani qirqib olish;
• rasmlarni saqlab qo‘yish.
Paintni ishga tushirish. Paint dasturini ishga tushirish uchun quyidagi usullarning biridan foydalanish mumkin:
1-usul. «Sichqoncha» yordamida ish stolida tugmasi ishga tushiriladi va quyidagi ketma-ketlik asosida amalga oshiriladi:
→→→
Hosil bo‘lgan standart dasturlar ro‘yxatidan Paint dasturi tanlanadi va ishga tushiriladi
2-usul. Ish stolida joylashtirilgan yorlig‘i yordamida ishga tushiriladi.
Ishga tushirilgan Paint dasturi interfeysi 6 ta qismdan iborat:
1-rasm.
Sarlavha satri – dastur nomi va fayl nomi yozilgan ko‘k rangli panel. Yangi ochilgan fayl nomi «Безымянный» (Nomsiz) holatida bo‘ladi.
Menyu satri – dastur bilan ishlash jarayonida zarur bo‘lgan asosiy buyruqlar ro‘yxati. Unga Файл (Fayl), Правка (Tahrir), Вид (Ko‘rinish), Рисунок (Rasm), Палитра (Ranglar majmuyi), Справка (Ma’lumot) bo‘limlari kiradi.
• Файл (Fayl) bo‘limiga kiruvchi asosiy buyruqlar:
Fayl Hosilqilish. Faylni ochish. Saqlash… kabi saqlash.
Skaner yoki kameradan Oldindan ko‘rish Sahifa parametrlari Chop etish
Yuborish Chiqib ketish.
• Правка (Tahrir) bo‘limiga kiruvchi asosiy amallar va buyruqlar:
TahrirBekorqilishTakrorlashQirqibolish
Nusxa olish Joylashtirish Belgilanganni o‘chirish Hammasini belgilash Faylga ko‘chirish.Fayldan olib qo‘yish.
• Вид (Ko‘rinish) bo‘limiga kiruvchi asosiy amallar:
Ko‘rinish skunalar majmuyi Palitra. Holat satri. Matn xususiyatlari paneli. Masshtab. Rasmni ko‘rib chiqish
• Рисунок (Rasm) bo‘limiga kiruvchi asosiy amallar:
Rasm Akslantirish / burish Cho‘zish / og‘dirish Ranglarni almashtirish Atributlar
Tozalash Shaffof bo‘lmagan fon.
• Палитра (Ranglar majmuyi) – ranglarni tanlash va o‘zgartirish imkoniyatini beruvchi ranglar majmuyi. Изменить палитру ko‘rsatmasi tanlansa, ish maydonida ranglar paneli hosil bo‘ladi.Справка (Ma’lumot) – Paint dasturi va undagi imkoniyatlar haqida axborot yoki yordam olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar. Ranglar paneli.Ranglar panelida 28 ta turli xil ranglar mavjud bo‘lib, chiziq yoki yopiq sohani ixtiyoriy ranglarda bo‘yash uchun mo‘ljallangan. Holat satri Holat satri «sichqoncha» ko‘rsatkichining ish maydonida turgan joyiga mos nuqtalar o‘rnini va chizilayotgan shaklning piksellardagi kattaligini ko‘rsatib turadi. Paint ish maydonining chegarasi 8600×500 piksel (nuqta)ga teng.
Paintda ishni yakunlash. Paint dasturi ishini yakunlashning bir necha usuli mavjud: 1.Меню→Файл→Выход.
2. Sarlavha satrida tugmasi yordamida.
3.Alt+F4 tugma chalari yordamida.
Mavzuga doir savol va topshiriqlar.
1. Qadimgi rasm va tasvir yaratish usullari haqida gapirib bering. 2. Kompyuterda rasm yaratish uchun nimalar zarur?
3.Kompyuter grafikasidan qaysi soha egalari foydalanadi?
4.Qanday dasturlar grafik muharrirga misol bo‘la oladi?
5.Paint grafik muharririning imkoniyatlarini izohlab bering.
6. Paint dasturini ishga tushirishning qanday usullarini bilasiz?
7. Paint interfeysi qanday qismlardan tashkil topgan?
8. Dastur menyusidagi ko‘rsatmalar vazifasini tushuntirib bering. 9. «Палитра» nima?
Yüklə 16,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin