22
Piktografiya - rasmlardan iborat bo`lgan yozuv. hozirgi yozuvga o`tishda
yangi qadam bo`ldi. Rasmlardan iborat yozuvning xususiyati shuki, bunda fikr
ayrim tushunchalarga ajratib emas, balki to`la ifodalanadi. Piktogramma harakatni,
voqea-hodisani tasvirlaydi, lekin og`zaki tilni, buyumlarning nomlarini mutlaqo aks
ettirmaydi. Piktogramma nimani tasvirlasa o`shani ifodalaydi, unda simvolika yo`q.
Piktografiya dastlab ibtidoiy san`at sifatida vujudga kelgan. Arxeologlar eng
qadimgi tosh davri (paleolit)ga mansub qoya tosh suratlarini topganlar. Bu davr
odamlari turli hayvon, qush, odamlarning tasvirini toshga tushirganlar. Piktografik
yozuv neolit davrida (eramizdan avvalgi 5-8 ming yilliklar orasi) to`liq shakllangan.
Piktografik
belgilardan
hozir
ham
keng
foydalanilmoqda.
Ideografiya. Jumlalarning ayrim tushunchalarga, so`ngra so`zlarga bo`linishi
- ideografiya hozirgi yozuvga olib keladigan yo`ldagi bosqichlardan biri bo`ldi.
Piktogramma alohida elementlarga bo`linmasdan, faqat tugallangan fikrnigina ifoda
etardi. Ideografiya esa butun so`z yoki tushunchani ifodalovchi tasvir bo`ldi. Ilk
quldorlik davridan boshlab ideografiya Misr, Shumer, Xitoy, Krit oroli va
Mesopotamiyada rivojlandi. Ideografik yozuv axborot mazmunini bayon qilishi
bilan birga tilning lug`aviy tarkibini ham belgilab berdi. Bu esa ma`nosi aniq va
tasvirlanishi oson bo`lgan so`zlar uchun belgi — ideogrammalar yaratilishiga olib
kelgan. Ideografik shakl barcha tillarda o`z mazmunini saqlab qolgan. Matematika,
fizika, ximiya fanlaridagi hozirgi vaqtgacha saqlangan qoida va belgilar shular
jumlasiga kiradi. Ideografik shakllar mavhum tushunchalarni belgilar bilan ifodalab
bersa-da, ammo so`zlar orasidagi bog`liqlikni keltirib chiqara olmaydi. Bir necha
ming belgi mavjudligi esa uni o`rganishni mushkullashtirgan. Jamiyat taraqqiyoti
ideografik belgilar o`rniga oson o`rganish mumkin bo`lgan sodda yozuvni vujudga
keltirishni taqozo etgan. Natijada aytilgan fikrlarni eshitilishi bo`yicha yozishga
o`tila boshlandi. Eramizdan avvalgi uch minginchi yillarda Shumer hukmdorlari
harbiy yurishlarning yakunlari to`g`risida ma`lumotni (shahar, qishloq nomlari,
Z.Saidboboyev, Sh.Choriyev. “Maxsus tarixiy fanlar asoslari”. Toshkent. 2010-yil.7-bet.
23
shaxslar) “rebus” uslubida yozib qoldirganlar. Bu esa bo`g`inli yozuvga olib
boradigan murakkab yo`lda qo`yilgan yangi qadam edi. Dastlab bo`g`inli yozuv
qadimgi misr, shumer, osuriy, bobil, qadimgi fors, xitoy yozuvlari va boshqa
ideografik yozuvlardan ajralib chiqadi.
Birinchi alifbo eramizdan avvalgi ikki minginchi yillikda finikiyaliklar tomo-
nidan yaratilgan. U 22 harfdan iborat bo`lib, harflar faqat undosh yoki unli
tovushlardan tuzilgan bo`g`inlarni ifodalagan. Bunga sabab shuki, finikiyaliklar tili
semit tillari gruppasiga kirgan. Bu tilda undosh tovushlar asosiy o`rin egallaydi.
Finikiya alifbosi yozshiga va yodlab olishga qulay bo`lganligi uchun ko`pchilik
olimlar misr yozuvi, ossuriya—bobil yozuvi, kritomiken yozuvi ham shu asosida
vujudga kelgan, degan fikrga kelganlar. Keyinchalik inikiyaliklar alifbosidagi
harflar yunon va oromiy yozuvlaridan o`zlashtirib olingan. Osiyodagi ko`p harfli-
tovushli yozuvlar qadimgi oromiy yozuvidan kelib chiqqanligi aniqlangan. Yunon
alifbosi esa g`arbdagi harfli-tovushli yozuv sistemasiga asos bo`lib qolgan. Qadimgi
yunonlarning o`chmas tarixiy xizmati shuki, ular unli tovushlarni ajratib, uning
o`rniga alifboga maxsus belgilar kiritganlar va u hozirgi ko`rinishga kelgan.
Hozirgi vaqtda er yuzida yozuvning to`rt yuzdan ortiq turi mavjud. Juda ko`p
yozuvlarning kelib chiqishi va mazmuni aniqlanayotgan bo`lsada, muammolar
hamon saqlanib qolmoqda. Masalan, rus yozuvi tarixini o`rganish bo`yicha esa
ancha ishlar qilingan bo`lsa-da, qadimgi shumer yozuvlari va finikiya alifbosining
kelib chiqishi ham aniqlanmagan. Sobiq Ittifoqning Yevropa qismida olib borilgan
arxeologik qazishmalar jarayonida ilm ahli orasida katta qiziqish uyg`otgan
noma`lum belgilar tushirilgan tosh, sopol taxtachalar, idishlar topilgan. Bu “sirli
belgilar” uzoq o`tmishdagi jo`shqin hayot, voqealarning o`ziga xos “solnomasi” dir.
Sirli yozuvlarni o`rganishda mutaxassislar ikki yo`nalishga: sarmat va slavyan
yo`nalishiga ajraldilar.
Z.Saidboboyev, Sh.Choriyev. “Maxsus tarixiy fanlar asoslari”. Toshkent. 2010-yil.8-bet.
24
Sarmat yo`nalishi tarafdorlari “sirli belgilar” sarmat yozuvi desalar, slavyan
yo`nalishidagilar bu belgilarni goh qadimgi antlar yozuvidagi harflarga, goh yunon
alifbosiga yoki runik yozuvga mansub deb ko`rsatadilar. Qadimgi slavyan alifbosiga
Kirill va Mefodiy (IX asrda yashagan aka-uka slavyan ma`rifatchilari, ilk slavyan
alifbosi-kirillitsani
yaratishgan)
asos
soldilar.
Kirillitsa - 43 harfdan iborat alifbo. Yunon alifbosi asosida yaratilgan bu
alifboda slavyan va yunon tillaridagi tovushlarning o`xshashligiga qarab bir xil
harflar ishlatilgan. Garchi kirillitsada qadimgi slavyan tilining fonetik jihati nazarda
tutilgan bo`lsa-da, unga oltita yunon harfi kiritilgan.
Eramizning X asriga kelib kirillitsaning davomchisi glagolitsa vujudga keldi.
Unda 39 ta harf bo`lgan. Bu alifbo harflarining shakli murakkabdir. Glagolitsa
harflari raqamlar o`rnida ham ishlatilgan. Masalan, dastlabki 9 harf — birliklarni;
keyingi 9 harf – o`nliklarni; oxirgi 9 harf yuzliklarni bildirgan, “ch” harfi esa
minglikni ifoda etgan. Sobiq Ittifoqning Yevropa qismidagi bir qator yodgorliklarda
olib borilgan arxeologik qazishmalar davrida eramizning X-XI asridagi Rus
yozuvlariga doir topilmalar aniqlangan. Bu yozuvlar kirillitsa asosida vujudga
kelgan bo`lib, sopolga, daraxt po`stlog`iga va tosh plitalarga bitilgan. Smolensk
shahri yaqinidagi Gnezdovo qabristoni o`rganilganda qabrlardan birida sopol ko`za
topilgan. Uning yuzasiga yozuv tushirilgan bo`lib, “goroshna” degan ma`noni
beradi. Bundan tashqari Kiev yaqinidagi arxeologik qazishmalarda urchuqning
sopol toshlari topilib, uning aylana yuziga “Potvorin pryaslen 6” deb yozilgan. 1068-
yilga oid bo`lgan topilma — tmutarakan toshining yuzasiga 67 harfdan iborat
“Tmutarakandan Kerchgacha 14 ming sajen” degan yozuv tushirilgan. Novgorod
va boshqa joylardan ko`plab qayin po`stlog`iga bitilgan yozuvlarning topilishi
mutaxassislar orasida katta shov-shuvlarga sabab bo`ldi. XX asrning 50-yillarigacha
ko`pchilik olimlar Rusda faqat knyazlar, boyarlar, cherkov xodimlarigina yozuv
chizuvni bilgan, oddiy hunarmandlar yoki umuman oddiy fuqaro xat-savodsiz bo`l-
Z.Saidboboyev, Sh.Choriyev. “Maxsus tarixiy fanlar asoslari”. Toshkent. 2010-yil.8-9-betlar.
25
gan, degan fikr yurardi. Qayin po`stlog`idagi bitiklar oddiy xalq ham savodli
bo`lganligini tasdiqlaydi. harflar o`tkir buyumlar bilan timdalab yozilgan. Shunday
qilib XI—XII asrlardan boshlab Rusda yozuvning taraqqiyotiga keng yo`l ochildi.
Yilnomalar, diniy hamda iqtisodiy aloqalar sohasidagi bitiklarning turi ko`paygan.
O`rganilayotgan alifbolarning turiga muvofiq, paleografiya arab paleografiyasi,
turkiy paleografiyasi, hind paleografiyasi, xitoy paleografiyasi, yunon paleografiya-
si, lotin paleografiyasi, slavyan paleografiyasi va boshqa turlarga bo`linadi.
1
Dostları ilə paylaş: |