Палеолит даври



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə29/39
tarix17.06.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#131927
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Arxeologiya asoslari lotincha

Xorazm. Xorazmning antik davri siyosiy tarixi O‘rta Osiyoning janubiy hududlar bilan birdek kechmaganligi tufayli o‘ziga xos madaniyat taraqqiyoti yo‘lidan boradi. Ma’lumki, mil.av. IV asrning boshlarida o‘lka ahomoniylardan ajralib chiqqandan so‘ng mustaqil siyosat yurib, Aleksandr Makedonskiy boshchiligidagi yunonlar ta’siriga tushmaydi. O‘lkanining keyingi davr tarixiga oid ma’lumotlarni faqat mil. av. II asrning ikkinchi yarmiga oid xitoylik sayyoh CHjan Szyan tomonidan keltirilgan manbalarda uchraydi. Unda Kanguy davlatining beshta kichik mulklaridan biri – YUegen to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, uni zamonaviy tadqiqotchi olimlar hamfikrlikda Urgench bilan qiyoslashadi. Demak, bu o‘lka mil. av. III asrning ikkinchi yarmidan boshlab Kanguy davlati tarkibiga kirgan bo‘lishi mumkin. Xorazm hududidan milodning boshlariga oid old tomonida hukmdor tasviri va orqa tomonida esa tamg‘a tushirilib zarb qilingan tangalar Kanguylarning vassali sifatida rivojlangan, degan xulosaga kelish mumkin. Beruniy keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra 305 yilda Xorazm afrig‘iylar sulolasi tomonidan mustaqil boshqarilgan.
O‘lkaning bu davrga oid arxeologiyasi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi (XAEE) va boshqa ekspeditsiyaning ilmiy izlanishlar natijasida yaxshi o‘rganilgan. Bu davr manzilgohlarining qadimgisi ahamoniylar davri shahar va qishloqlari taraqqiyotining etishi bilan bog‘liq. Antik davri jamiyati rivojlanishi o‘lka ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti jadallashishiga olib keladi. Natijada ularning markazi sifatida yirik shaharlarning rivojlanishi va yangilarining paydo bo‘lishi sodir bo‘ladi. Ilgari shakllangan Ko‘zaliqir va Qal’aliqir kabilardan tashqari Jonbosqal’a, Tuproqqal’a, Turpoqqal’a, Qarqizqal’a, Qo‘yqirilganqal’a, Xazorasp va boshqa shular kabi shahar turidagi manzilgohlar taraqqiy etadi. Xorazmning bu davrga oid ko‘hna shaharlari O‘rta Osiyoning boshqa hududlarinikidan shakli jihatdan keskin farq qiladi. Ularning ayrimlarida ark qismi mavjud. SHuningdek, shahriston mudofaa devori atrofida hayot shakllanmagan va shaharda kam hollardagina hunarmandchilik ishlab chiqarish mavjud bo‘lgan. Keyingi yillarda Xazorasp xarobalarida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari davomida mazkur belgilarning ayrimlar shahar uchun xos ekanligi ma’lum bo‘ldi. Umuman o‘lkaning antik davrida ma’lum reja va mudofaa tizimi asoslangan shahar markazlar paydo bo‘ladi. Yirik shahar markazlari uchun saroy va ibodatxona komplekslar, shahar ichkarisidagi uy-joy imoratlari xosdir. Xorazmning antik davriga oid Qo‘yqirilganqal’a nisbatan yaxshi o‘rganilgan yodgorliklardan biri sanaladi. Unda o‘tgan asrning 50-yillarida S.P.Tolstov tadqiqot ishlarini olib borgan. 42 diametrdan iborat aylana shakldagi minorasimon inshootdan tashkil topgan me’moriy majmua. Atrofi 9 ta minoradan tashkil topgan mudofa devoriga ega bo‘lib, 8 metr balandlikda saqlanib qolgan. U mil. av. IV-milodiy asrlarga oid ibodatxona-observatoriya vazifasini bajargan. Majmua xonalarining birida yirik xumlar joylashgan. Ibodatxonaning asosiy zallarida mahalliy ma’budalar haykalchalari topilgan. SHuningdek, haykal shaklidagi ossuariylar va sapollar sirtiga xo‘jalik hisoblari bitilgan yozuv namunalari aniqlangan. Tuproqqal’a Xorazmning so‘nggi antik davriga oid yodgorliklaridan sanaladi.
Yirik shahar markazlaridan Tuproqqal’a Xorazmning madaniy-ma’muriy markazi bo‘lgan. Manzilgohdan saroy ibodatxonalar va uy-joy imoratlarining o‘rni ochib o‘rganilgan. Loydan yasalgan haykalchalar, xususan xorazmshohlar va ularning ajdodlari tasviri tushirib ishlangan haykalchalar va devorlardagi rang-tasvir namunalari Xorazmning qadimgi davr boy san’at namunalaridan darak beradi. Bu erda sapollar sirtiga bitilgan yozuv namunalari bir tomondan qadimgi Xorazm yozuvini ikkinchi tomondan esa xo‘jalik xususiyatlarini o‘rganishdagi muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Qurol yarog‘ yasash ustaxonasi esa davlatning kuchli harbiy qudratga ega ekanligidan dalolat.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin