Apparatura deparafinizasiyalash qurilmalarining asosiy apparatlari bu ammiakli va regenerativ kristalizatorlar barabanli vakuum- fil’tr.
Ammiakli kristallizator (26-rasm) “quvur-quvurda” turidagi issiqlik almashtirgichli apparatdir. Ammiakni bak 5 dan kristallizatorning tashqi quvurlari 1 ga yetkazib beradilar. Ichki quvurlarga shtuser 7 orqali хom ashyo eritmasini yetkazib beradilar. Gachning quvur devorlariga yopishishining oldini olish uchun har qaysi quvurning ichida tirnog’ichli val 10 joylashtirilgan bo’lib bu uni elektr yutgich 8 yordamida harakatga keltiradilar.
Regenerativ kristallizatorlarning tashqi quvurlariga ammiakning o’rniga deparafinizasiyalangan moyning eritmasini yetkazib beradilar.
Kristallizatorlarning sovutish yuzasi 70-80 m2 ni tashkil qiladi.
CHet eldagi ba`zi NQIZda qotish harorati minus 550 C gacha bo’lgan moylarni ishlab chiqarish uchun “dilchil” kristallizatorlarini o’rnatadilar. Bunday kristallizatorni ammikali kristallizatordan oldin o’rnatib parafinni kristallashning o’zgacha usulini qo’llaydilar. Issiqlik almashtirgich va ammiakli sovutgichda sovutilgan erituvchini purkaydilar, bug’li isitgichda isitilgan хom ashyoni va aralashmani aralashtirishni “dilchil” kristallizatorida amalga oshiradilar. Хom ashyoni erituvchi bilan aralashtirishning bu usulida tarqoq kompakt kristallar hosil bo’ladi, bular esa tuzilishi va molekulyar massasi turlicha bo’lgan qattiq uglevodorodlar aralash kristallarining aglomeratlari bo’lib hisoblanadi. Bu sferik shakldagi qatlamli kristallar bo’lib, ularning ichida yuqori haroratda suyuqlanadigan uglevodorodlar kristallanib qolgan, tashqi qatlamini esa erituvchilar bilan oson yuvilib ketkiziladigan past haroratda suyuqlanadigan uglevodorodlarning kristallarini hosil qiladi2.
26-rasm. Ammiakli kristallizator 1-ammiak uchun quvurlar (tashqi); 2-bakga ammiak bug’larini kiritish uchun quvurlar; shtuserlar; 3-bakga suyuq ammiakni kiritish; 4-ammiak bug’larini chiqarish uchun; 7-хom ashyo eritmasini kiritish uchun; 11-хom ashyo eritmasini chiqarish uchun; 5-ammiak uchun bak; 6-kristallizator quvurlariga ammiakni kiritsh uchun kontaktor; 8-elektr yuritgich; 9-val uzatmasining muftasi; 10-tirnog’ichli val; 12-mahsulot uchun quvurlar (ichki).
Barabanli vakuum-fil’tr (27-rasm)ining diametri 3m, uzunligi 5,4 m, barabanning aylanish davriyligi 0,21-0,5 ayl/min. Barabandagi suyuqlikning sathini shunday saqlab turadilarkim, baraban yuzasining 60 % suyuqlikga cho’kkan bo’lishi kerak. Fil’tr matosini vaqt-vaqti bilan (har 30-36 s) issiq erituvchi bilan yuvib turadilar.