2.2 rasm. Past chastotani o`tkazuvchi filtr sxemasi
Koeffitsiyentlarni xisoblash Ushbu bosqichda approksimmatsiya metodloridan biri tanlanadi va koeffitsiyentlar xisoblanadi , h(x) koeffitsiyent – KIX filtr uchun , ak va bk koeffitsiyent BIX – filtrlar uchun, koeffitsiyentlarni xisoblash metodi filtr KIX yoki BIX sinfga tegishliligidan kelib chiqadi.
Mos keluvchi strukturali filtrni tasvirlash Filtr strukturasini tasvirlash uchun ko`p xollarda blok sxema va funksional sxemalardan foydalaniladi. Foydalaniladigan struktura KIX yoki BIX filtrlarni tanlashimizga bog`liq. BIX filtrlar uchun 3 xil struktura ishlatiladi – to`g`ri, kaskar va parallel. To`g`ri forma - bu BIX filtr funksiyasining bevosita aks etishi, Kaskar forma – BIX filtrning uzatilayotgan funksiyasi 2-tartibga namoyish etiladi. Parallel formada - h(z) 2-tartibli qiymatlar soniga qarab taqsimlanadi. BIX filtridan foydalanish jarayonida parallel va koskar strukturalar keng qo`llaniladi.
Chekli razryadlikning filtr maxsuldorligiga tasirini analiz qilish. Filtr ishlab chiqarilishidagi asosiy salbiy manbalar quyidagilar:
Filtrni dasturiy yoki apparat vositalariga q`llash Filtrlarni barcha 4 ta qayta ishlash bosqichlarini ko`rib o`tilgandan keyin, bu filtrning apparat yoki dasturiy vositalarida ishlatilishiga qarab filtr xususiyatlari tanlanadi. Filtrni apparat vositalarida ishlatilishida radio elementlardan (transistor, resistor, kondensator, induktiv sig`imli g`altaklar) foydalanib quriladi. Ko`pincha mikrokontrollerlarga dastur ko`rinishida yoziladi. Mikrosxemalardan tuzilgan bunday filtrlar oddiy radioelementlardan tuzilgan filtrlarga nisbatan ancha kengroq imkoniyatlarga ega bo`ladi. Dasturiy vositalarga ishlatiladigan filtrlarning tanlab olingan tilda to`liq dasturi tuzulib chiqiladi va tayyor paketlarga aylantiriladi. Biror dasturiy vosita ishlab chiqish ushbu paketlardan foydalanish mumkin.
C++ dasturlash tilining standart oqimlar(TThreads) kutubxonalaridan foydalanib nutq signallarini filtrlashni parallellashtirish va uning unumdorligini aniqlash. Bu masalani hal qilishda quyidagi masalarni hal qilamiz:
C++ dasturlash tilida signalni o’qib olish.
Spetsifikatsiyaga mos talab qilingan filtrni qurish.
Nutq signallarini filtrlashni parallellashtirish va unumdorlikni aniqlash.
Oldingi bobda raqamli filtrlarning umumiy ko`rinishi, tuzilishi, ishlash prinsipi haqida to`xtalib o`tildi. Ushbu bobda aniq bir filtr haqida uning tuzilishi, hisoblanishi, funksiyalari haqida bayon qilinadi. Yani keying hisoblashlar uchun konkret bir filtrni tanlaymiz, hamda uni parallel va ketma - ketli realizatsiya qilish usullari, ushbu holatlarda uning unumdorligini hisoblash kabi jarayonlarni ko`rib o`tamiz.
Oldingi bobda aytib o`tilganidek raqamli filtrlarni qurish 5 asosiy bosqichlardan tashkil topgan. Ushbu paragrafda tanlab olingan KIX filtri uchun barcha bosqishlarni ko`rib o`tamiz.