Parazitar infeksiyalar (malyariya, leyshmaniyoz, amebiaz). Bezgak



Yüklə 32,79 Kb.
səhifə4/4
tarix07.01.2024
ölçüsü32,79 Kb.
#207721
1   2   3   4
PatAnat Mustaqil ish

VISSERAL LEYSHMANIOZ
Visseral leyshmanioz (bolalar leyshmaniozi, ichki leyshmanioz, kalaazar va hokazo) barcha qit'alarning tropik, subtropik va qisman mo'tadil iqlimli mintaqalarida tarqalgan. Asosan uchta turi bor o'rta dengiz o'rta osiyo turi, xind turi va sharqiy Afrika turi. Shaharlar va qishloqlardagi kasallik o'choqlarida visseral leyshmanioz qo'zg'atuvchilarining rezervuarlari itlar, chiya bo'rilar, tulkilar, yumronqoziqlardir. Uning tarkatuvchilari esa har xil turdagi iskabtopar chivinlar bo'lib hisoblanadi. Patologik anatomiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchisi badan terisiga kirgan joyda birlamchi affekt papula yuzaga keladi, unda leyshmaniylar bo'ladi. Leyshmaniylar papuladan regionar limfa tuguniga yetib borib, so'ngra limfa tomirlariga o'tadi, bu yerdan esa kon oqimiga tushib, kasallikning tarqalib borishiga sabab bo'ladi. Ichki organlartaloq, jigar, ko'mik, limfa tugunlari, buyrak, o'pkadagi monotsitar-makrofagal sistema hujayralari leyshmaniylarni yutib oladi, shu narsa bu organlarning kattalashib borishiga olib keladi. Sistemaga dahldor endotelioz boshlanadi. Taloq to'k qizil tusga kirib, asta-sekin kattalashib boradi. Eti qattiq bo'lishi bilan ajralib turadi. Ba'zan g'oyatda kattalashib, kichik chanoq bo'shligigacha tushib boradi. Kesib ko'rilganida infarktlar ko'zga tashlanadi. Mikroskop bilan tekshirganida taloq limfoid to'qimasi bilan pulpasining atrofiyaga uchragani ma'lum bo'ladi. O'sib ketgan biriktiruvchi to'qima orasida ichiga leyshmaniylar qalashib ketgan yirik hujayralarni ko'rish mumkin. Ko'mik giperemiya tufayli qizarib ketadi. Hujayralarining tarkibi promiyelotsitar bo'ladi. Jigarda Kupfer hujayralari leyshmaniylarga to'lib-toshib ketadi, gipertrofiya tufayli jigar to'sinlari bosilib qoladi. Gepatotsitlarda yog'li va oqsilli distrofiya boshlanadi. Splenotoksik jigar sirrozi boshlanishi mumkin. Buyrak, miokardda yog'li va oqsilli distrofiya manzarasi ko'zga tashlanadi. Leyshmaniylar ingichka va yo'g'on ichaklar shillik pardasining stromasiga joylashib olganida monotsitar-makrofagal sistema ishlamay qo'yadi, natijada ikkilamchi infeksiya qo'shilib, znterit va kolit avj olib boradi. Klinik manzarasi. Inkubatsion davri o'rtacha 3-6 oy. Kasallikning o'tkir va surunkali tarzda o'tib boradigan xillari tafovut qilinadi. Kasallikning o'tkir tarzda o'tishi aksari yosh bolalarda kuzatiladi. Uning surunkali turi katta yoshdagi bolalarda uchraydi. Bu protozoy infeksiya uzoq davom etadigan noto'g'ri isitma, zo'rayib boruvchi anemiya, leykopeniya va trombopeniya bilan o'tadi. Sust ifodalangan kolit, umumiy darmon qurishi, badan terisining kerkib turishi xarakterlidir, Kasallikning 3-6 oyida taloq keskin kattalashib, qorin bo'shlig'ining ko'p qismini egallab olishi mumkin. Jigar, limfa tugunlari kamroq darajada kattalashadi. Moddalar almashinuvi ancha izdan chiqib, parenximatoz organlarda distrofik jarayonlar boshlanadi. Kasallikning keyingi davrlarida shishlar paydo bo'lib, gemorragik sindrom boshlanadi petexiyalar yuzaga kelishi, burun, milklardan qon ketib turishi shular jumlasidandir. Asoratlari. Ko'pincha kasallikning keynngi davrlarida sezilarli leykopeniya borligi ustiga boshlanadi. Ikkilamchi bakterial infeksiyaning ko'shilishi yiringli-yallig'lanish va nekrotik jarayonlar piodermiya, bronxopnevmoniya, flegmonoz va nekrotik angina, enterit va enterokolit boshlanishiga olib keladi.
Yüklə 32,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin