Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə35/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Umumiy tushunchalar. Nashtarsimon so’rg’ichli - Dicrocoelium lanceatum ko’pgina o’txo’r uy hayvonlari, ba’zan odamning jigari hamda o’t yo’llarida parazitlik qiladi. Gavda shakli nashtarga o’xshash cho’ziq, 5-15 mm uzunlikda, gavda eni 1,5-3 mm ga teng. Nashtarsimon so’rg’ichlining ichki tuzilishida ham ayrim xususiyatlar mavjud, ya’ni ichagi ikki shoxli, naysimon o’rta ichagi, bir juft urug’doni qorin so’rg’ichining pastki yonida, undan keyin toq tuxumdon joylashgan.
Nashtarsimon so’rg’ichli ham jigar qurti singari biogelmint. Hayot sikli ikkita oraliq xo’jayinlar (mollyuska, chumoli) bilan bog’liq. Birinchi oraliq xo’jayinlari quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalardan Helicella, Zebrina, Theba va Fruticicola avlodlarining turlari va ikkinchi oraliq xo’jayinlari Formica va Proformica chumolilar avlodlarini turlari hisoblanadi. Asosiy xo’jayin (qo’y, echki, ot, eshak,cho’chqa, qoramol, quyon kabilar) ning jigar va o’t yo’llarida parazitlik qiluvchi voyaga yetgan so’rg’ichli tuxumlari tashqi muhitga chiqariladi. Tuxum ichida mirasidiy lichinkasi shakllangan bo’ladi. Bunday mirasidiyli tuxumlar mollyuskalar tomonidan iste’mol qilinganda uning hazm organlarida tuxumdan mirasidiy chiqadi va jigarga o’tib, kipriklarini tashlab sporosistaga aylanadi. Nashtarsimon so’rg’ichlining hayot siklida rediya lichinkasi shakllanmaydi, balki sporosista ikki marta po’st tashlab, partenogenetik yo’l bilan ko’payib serkariylarni hosil qiladi. Hosil bo’lgan serkariylar mollyuska o’pkasiga, undan nafas yo’llariga borib, 100-300 tadan g’uj to’plamlarni hosil qilib, tashqi muhitga chiqariladi.

Rasm 15. Nashtarsimon ikki so’rg’ichlining rivojlanish sikli:


A-parazitning asosiy xo’jayinlari: V-parazitning oraliq xo’jayini – quruqlikda yashovchi mollyuska; D-kasallangan jigar va parazit tuxumlarining atrof muhitga sochilishi; Ye-parazitning ikkinchi oraliq xo’jayini-chumoli; 1-jinsiy voyaga yetgan parazit; 2-tuxum; 3-mirasidiy; 4-ona sporosista; 5-qiz sporosista; 6-serkariy; 7- metaserkariy; 8-serkariylar to’plamidan hosil bo’lgan sista (tuguncha).
Ushbu serkariyli tugunchalarni chumolilar iste’mol qiladi va 1-2 oy davomida ularning tanasida metaserkariylarga aylanadi. Yetilgan metaserkariylar chumolilar tanasidan tashqi muhitga chiqib o’tlarga tushadi. Asosiy xo’jayinlari metaserkariyli chumolini yoki tashqariga chiqarilgan metaserkariyni o’t va suv, sabzavot va mevalar bilan iste’mol qilganda o’ziga yuqtiradi. Asosiy xo’jayin tanasiga tushgan lichinkalar jigar va o’t yo’llariga borib, 1,5-3 oy davomida rivojlanib voyaga yetadi. Asosiy xo’jayin (jigar o’t yo’llari va o’t xaltasi)da 7 yilgacha yashaydi. Nashtarsimon so’rg’ichlisining paydo qilgan kasalligi dikroselioz deb ataladi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin