Parazitologiyadan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə39/83
tarix11.10.2023
ölçüsü2,31 Mb.
#153741
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
parazitologiyadan amaliy mashgulotlar

Kerakli jihozlar. O’quv uslubiy qo’llanmalar, solityorlarning rangli jadvallari, hayot sikllarining sxematik rasmlari, mikroskoplar, bo’yalgan proglottidli mikropreparatlar, fiksasiyalangan solityorning strobilalari, finnoz go’sht, tuxumlari.
Umumiy tushunchalar. Qoramol solityori - Taeniarhyncnhus saginatus odamning ingichka ichagida parazitlik qilib yashaydi. Strobilasining uzunligi 4 - 10 m, ba’zan 15 m gacha bo’ladi. Tanasidagi proglottidlari 1000 va undan ortiq. Tanasi bosh (skoleks), bo’yin, haqiqiy gavdadan iborat. Boshida 1,5 - 2 mm kattalikda 4 ta so’rg’ichidan tashqari qo’shimcha yopishish organlari bo’lmaydi. Shunga binoan ushbu chuvalchang qurollanmagan solityor deb ataladi. Bo’yin qismi qisqagina, u yangi yosh proglottidlarni hosil qiladigan joydir. Ularda organlar va jinsiy sistema shakllanmagan. Gavdaning oldingi uchidan taxminan 200-220-nchi bo’g’inlaridan keyin germafrodit proglottidlar shakllana boshlaydi. Har bir proglotidda erkaklik jinsiy a’zolari 1000 ga yaqin mayda urug’donlar, juda ko’p urug’ kanalchalari va ular qo’shilib umumiy urug’ yo’li va urug’ tukuv kanalidan va sirrusdan iborat bo’lsa, urg’ochi jinsiy sistemasi tuxumdon (1 ta), tuxum yo’li, urug’ qabul qiluvchi halta, qin, sariqlik, Melis tanachasi, ootip va bachadondan iborat. Germafrodit proglottidlarning o’lchami 0,1 - 1sm.
Qoramol solityorining yetilgan proglottidlari 2 - 3 sm, eni 0,7 - 1,2 sm ga teng. Strobilaning oxirgi qismida joylashgan proglottidlarda bachadon juda ham rivojlanib, o’zidan 17-32 tagacha yon shoxchalar chiqaradi. Bu shoxchalarning ham ichi urug’langan tuxumlar bilan to’lgan. Bitta yetilgan proglottida 140000-170000 tagacha tuxumlar bo’ladi. Bachadonining tuxum chiqaradigan teshigi bo’lmaydi. Tuxumlari ovalsimon, uzunligi 0,03-0,04 mm, eni 0,02-0,03 mm. Ikki qavat po’st bilan o’ralgan, sarg’ish-qo’ng’ir tusli, yon tomonlarida ingichka o’simtalari bo’ladi.
Qoramol solityori biogelmintlar guruhiga mansub. Hayot siklida voyaga yetgan davrida asosiy xo’jayin odam hisoblanib, uning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Oraliq xo’jayini qoramol. U tuxumlarni oziqa bilan yutadi va tuxumdan onkosfera lichinkasi chiqadi. Ko’ndalang targ’il muskullari orasida onkosfera sistiserk lichinka (finna)siga aylanadi. Odam xom yoki chala pishirilgan mol go’shtini iste’mol qilganida sistiserkni o’ziga yuqtiradi.


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin