Aminokislotalarning yetishmasligi tovuqlarda ishtahaning pasayishi, jo‘jalarning o‘sish va rivojlanishdan qolishi, ona tovuqlarda esa tuxum berishning kamayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham, tovuqlarni oziqlantirishda metionin, lizin, triptofan, arginin kabi aminokislotalarning yetarli darajada bo‘lishi asosiy ahamiyatga ega.

Tovuqlar organizmining energiyaga bo‘lgan ehtiyoji asosan uglevodlar va yog‘lar hisobidan ta’minlanadi. Tovuqlar ratsionining 65-80 foyizi donli oziqalardan iborat bo‘lib, ularning tarkibini kraxmal va kletchatka tashkil etadi.
Kraxmal - donlarning un qismining asosini tashkil etadi, ya’ni donlarning 70-84 foizi kraxmaldan iborat bo‘ladi.
Kraxmal - donlarning un qismining asosini tashkil etadi, ya’ni donlarning 70-84 foizi kraxmaldan iborat bo‘ladi.
Kletchatka - asosan donlarning po‘stloq qismini tashkil etadi. Kletchatka oziqalarga kerakli hajm beradi va ichaklar faoliyati hamda shira ajralishini yaxshilaydi.
Parrandalarni oziqlantirishda ratsionning mineral qismi (makro- va mikroelementlar) asosiy ahamiyatga ega. Makroelementlarga (kalsiy, fosfor, magniy,natriy), mikroelementlarga (marganes, rux, mis, temir, kobalt) kiradi.
Kalsiy - suyak to‘qimasining asosiy qismini tashkil etadi. Organizm tarkibidagi 99% kalsiy suyaklarda to‘plangan bo‘lsa, faqatgina 1% kalsiy boshqa to‘qimalarda uchraydi. Oziqalardagi kalsiyning yetishmaydigan qismi tovuqlarga monokalsiyfosfat,bo‘r, rakushka, suyak uni, tuxum po‘chog‘i kabilarni qo‘shimcha ravishda berish bilan qoplanadi.
Ratsionda kalsiy yetishmasligi yosh jo‘jalarning o‘sishdan qolishi, ona tovuqlarda tuxum berishning kamayishi, tuxum po‘chog‘ining yupqalanishiga sabab bo‘ladi.