2. O‘zbekiston «Adolat» sotsial – demokratik partiyasi — 1995-yil 18-
fevralda Toshkentda bo‘lgan I ta’sis qurultoyida tuzildi, uning Dasturi va Nizomi
qabul qilindi. Adliya vazirligi 1995-yil 18-fevralda «Adolat» SDPni ro‘yxatga
olgan.
Partiyaning «Adolat» nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi nashr
etilmoqda. Veb manzili:
https://www.adolat.uz
/
3. O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi (O‘zMTDP) —
1995-yil 3-iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan I ta’sis qurultoyida tuzildi va
partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. 1995-yil 9-iyunda O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi partiyani ro‘yxatga olgan. Partiyaning «Milliy
tiklanish» haftalik gazetasi nashr etilmoqda. Veb manzili:
https://mt.uz/
4. O‘zbekiston Liberal – demokratik partiyasi (O‘zLiDep) — 2003-yil
15-noyabrda bo‘lib o‘tgan I ta’sis qurultoyida tuzildi. Unda partiya Nizomi va
Dasturi ham tasdiqlandi.
Partiyaning asosiy maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini
himoya qilishdan iborat. O‘zLiDepning «XXI asr» haftalik gazetasi nashr
etilmoqda. Veb manzili:
https://uzlidep.uz/
5. O‘zbekiston Ekologik partiyasi — 2019-yilning 8-yanvarda bo‘lib
o‘tgan I ta’sis qurultoyida tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan 2019-yil 22-yanvar kuni 864-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Veb
manzili:
https://ecouz.uz/
Mustaqillik yillarida yuqoridagi siyosiy partiyalardan tashqari «Vatan taraqqiyoti» partiyasi (1992-yil 24-mayda tuzilgan; bu partiya 2000-yil 14-
aprelda Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi bilan birlashgan) va O‘zbekiston «Fidokorlar» milliy-demokratik partiyasi (1998-yil 28-dekabrda tuzilgan; 2008-
yil 20-iyunda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi bilan birlashgan) ham
faoliyat ko‘rsatdi.
Ushbu siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi
Qonuni va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, oʻz Ustavi asosida amalga
oshiradi.