Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   88
Ona tili 11 sinf

84-mashq.
 
Tugadi – bitdi, keldi – qadam ranjida qildi
kabi so‘z va 
iboralar juftligi ishtirokida gaplar tuzing. Tuzilgan gaplar 
asosida bu birliklarning ifodalilik imkoniyatlarini izohlang. 
IfODALILIK VA IBOrA
Topshiriq. 
She’riy parchani o‘qing. Unda qo‘llangan 
jonni baxsh et-
moq, boshga ko‘tarmoq
iboralarining ma’nolarini va ularda 
aks etgan ifodalilikni izohlang.
Yaratish zavqidan sipqorgin to‘yib,
Kelajak poyiga baxsh etgin jonni.
Ozodlik, obodlik baxtini suyib,
Boshingga ko‘targin O‘zbekistonni.
(O‘tkir Rahmat)
Tilning so‘z xazinasi nutqiy ifodalilikning o‘ziga xos asosiy 
manbalaridan biridir. Ammo tilning lug‘at boyligidagi so‘zlar bilan 
frazeo 
logik iboralar solishtirilganda, iboralarning ifodalilik nuqtayi 
nazaridan imkoniyati sezilarli darajada katta ekanligi yaqqol ko‘ri-
nadi. 


77
Frazeologik iboralarning deyarli barchasi ekspressivlikka, obrazli-
likka, alohida ifodalilikka egadir. Masalan, kutmagan so‘zi yetti uxlab 
tushiga kirmagan iborasi bilan ma’nodosh, ammo ibora ifodalilik 
jihatidan so‘zdan ancha ustun. Yana qiyoslang: o‘taketgan – uchi-
ga chiqqan; beqiyos (juda) – yer bilan osmoncha; albatta – turgan 
gap; hech qa 
chon – ikki dunyoda (ham); yashirin – yeng ichida. 
Frazeologik iboralar o‘z ma’nodoshlari bo‘lmish so‘zlarga nisbatan, 
birinchidan, ma’noni kuchli daraja bilan ifodalasa, ikkinchidan, 
ularda obrazlilik yorqin bir tarzda aks etadi.
Frazeologik iboralar turmushdagi turli voqea-hodisalarga guvoh 
bo‘lish, kishilarning xilma-xil harakat-holatlariga baho berish, tajri-
balarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan aniq-tiniq xulosa-
larning o‘ziga xos obrazli ifodalaridir. Shuning uchun ham ular 
nutqning ifodaliligini ta’minlashda betakror vositalardir. So‘z san’ati-
ning ustalari tildagi bu vositalardan unumli foydalanadilar.
Iboralarning asosiy qo‘llanish o‘rni, yashash joyi, asosan, badiiy 
uslub dir. Ilmiy va rasmiy uslublarda esa iboralar deyarli qo‘llanmaydi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin