@ustozlar_uchun
Xalq ta‟limi xodimlariga
Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda
birorta xorijiy tilda o‗zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala
madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada
samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur
ma‘lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan
samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta‘minlashni, media madaniyatga
ega bo‗lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O„zini-o„zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‗z-o‗zini
jismoniy, ma‘naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish,
hayoti davomida mustaqil o‗qib-o‗rganish, kognitivlik ko‗nikmalarini va hayotiy
tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‗z xatti-harakatini muqobil
baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‗nikmalarini egallashni nazarda
tutadi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‗layotgan voqea,
hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‗zining
fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik
munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‗lish layoqatlarini
shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga
mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo‗lish, badiiy
va san‘at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‗lom
turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor
bo„lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan
holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda
turli diagramma, chizma va modellarni o‗qiy olish, inson mehnatini
yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib
keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini
shakllantirishni nazarda tutadi.
Shuningdek, mazkur kompetensiyalar har bir tarbiyaviy soatning
mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Umumta‘lim maktablarining 1-11-sinf o‗quvchilari uchun tuzilgan
―Tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mavzular rejasi‖ mazmunan tarbiyaviy-
axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan
|