Mashinalarni loyixalash asoslari


-ma'ruza: Metalmas materiallar; kompozit materiallari



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/17
tarix18.04.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#99901
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
163578 (1)

9-ma'ruza: Metalmas materiallar; kompozit materiallari 
Ma'ruzaning rejasi: 
1. Polimer va metallarning birikmalaridan hosil bo`lgan konstruksiyalar.
2. Metallopolimer konstruksiyalarda adgeziyali bog`lanishning tabiati.
3. Polimerlarning metallarga bo`lgan adgeziyani boshqarish usullari. 
4. Polimer qoplamalarining antifrik xossalariga modifikatsiyalashni ta'siri. 
Tayanch so`zlar va iboralar: 
Polimer, kompozitsion material, shina, keramika, rezina, kauchuk, shina rezinasi. 
Vatanimizning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, xalqimizning borgan sari ortib 
borayotgan talablarini yanada to`laroq qondirmoq uchun sanoatni va qishlok xo`jaligini katta 
odimlar bilan rivojlantirish lozim. Ishlab chiqarish texnikasini takomillashtirish esa yangi 
materiallarni tobora ko`proq yaratish va ularni ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini 
yaratishni talab etadi. 
Hozirgi zamon sanoatida va qishloq xo`jaligida ishlatiladigan mashinalar juda ko`p 
ishqalanish yuzalariga (sirtlariga) ega bo`lib, ularning anchagina qismi kuchlar ta'sir etuvchi 
sharoitlarda ishlaydi. Ishqalanish juftlarini takomillashtirish mavjud materiallarni 
modifikasiyalash va yangi materiallarni, xususan, polimerlarni qo`llash hisobiga bo`lishi
mumkin. Laboratoriya izlanishlari va antifriksion polimer materiallarining qo`llanishdagi 
tajribalar ko`rsatdiki, eng iqtisodiy samaradorlik va texnologik jihatdan qulaylik ularni qoplama 
sifatida qo`llashda erishilar ekan. Masalan, mashina va mexanizmlarning ishqalanish 
juftlarida polikaproamid (kapron) qoplama ko`p tarqalgan. Bunday qoplamalar metallni 
qizdirilgan yuzasiga poroshok holidagi polimerni purkash yo`li bilan olinadi. 
Shunday qilib, har xil fizik- ximik, elektr va mexanik xususiyatlarga ega bo`lgan yuqori 
molekulyar birikmalarni (polimerlarni) sanoat miqyosida ishlab chiqarish, mashinasozlikning 
progressiv texnologiyasini tashkil etishga mashina va mexanizmlarning tannarxini va solishtirma 
og`irligini kamaytirishga, shuningdek, sanoat estetikasi talablarini tobora to`laroq qondirishga 
yordam beradi. Polimerlarda mujassamlangan mexanik, antifriksion, elektroizolyatsiya, 
antikorrizion va shunga o`xshash muhim xossalar ularni mashina qismlarida qora va rangli 
metallarni, shuningdek ularning qimmatbaho qotishmalarini qisman almashtirishga imkon 
beradi. Bu sohada Belorusda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatdki, bunday materiallar 
ishqalanishda ishlatiladigan an'anaviy babbit, bronza, cho`yan kabi materiallar bilan bemalol 
bellasha olar ekan. 
Poroshok holidagi polimer materiallaridan qoplama olish nisbatan yangi yo`nalishdir. Bu
yo`nalishning vujudga kelishi va uning rivojlanishi polimer ishlab chiqarishning juda tez o`sishi,
shundan ishlab chiqarish maxsulotlarini korroziyadan saqlash va ularga dekarativ ko`rinish 
berish kabi talablarning taqozosida kelib chiqadi. Masalan, sobiq Sovet ittifoqida 15 yil 
mobaynida (1950-1965 y.) polimer ishlab chiqarish 75 ming tonnadan 871 ming tonnaga 
ko`tarilgan bo`lsa,. AQShda xuddi shu davr mobaynida 1.1 million tonnadan 5,6 million 
tonnagacha ko`paytirildi. Birinchi marotaba polimer qoplama bundan 20 yil avval gaz - alangali 
usulda olingan edi. Shundan buyon qoplama olish usullari rivojlanib kelayotir. Masalan, AQSh 
da qoplama olish bilan 1959 yilda 20 ta eng yirik firmalar shug`ullangan bo`lsa, hozir ularning 
soni 100 dan oshib ketdi. Sobiq Sovet Ittifoqida ilmiy tekshirish institutlarida, korxonalarda va 
konstruktorlik byurolarida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida yuzlab korxonalarda 
qoplama olish usullari juda keng qo`llanila boshlangan. 



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin