O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   127
Psixologiya

Kuzatish metodining asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda 
o‟tkaziladi, kuzatish kuzatilayotgan shaxslarning odatdagi xulq-atvorlarini 
o‟zgartirmaydi. Kuzatishni bitta odam ustida ham va bir guruh shaxslar ustida ham 
olib borish mumkin. Bu metod bolalar bog‟chasi guruhlaridagi yoki maktab sinfidagi 
bolalarni o‟rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina 
mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni xulq-atvorning istalgan qiyofada emas, 
balki aniq tadqiqot vazifalari bilan bog‟liq holda namoyon bo‟lishigina qiziqtiradi. 
Shuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik holatlarining o‟ziga kerakli 
tarzda namoyon bo‟lishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik xususiyatlarning 
yakka holda namoyon bo‟lishini kuzatish va qayd qilish etarli emas. Tadqikotchi u 
yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bundan 
tashqari eksperimental psixologiyada quyidagi metodlardan foydalanish mumkin. 
Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda 
tadqiqotchi o‟z hoxishi bilan qandaydir psixik jarayon yoki xususiyatni yuzaga keltirib 
psixik hodisaning tashqi sharoitga bog‟liqligini tekshirib ko‟rishi mumkin. 
Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo‟llanilishi bilan 
tushuntiriladi. Empirik, ya‟ni tajriba yo‟li bilan qo‟lga kiritilgan faktlarning asosiy 
ko‟pchiligi psixologiyada eksperimental yo‟l bilan olingandir. Biroq har qanday 
tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo‟llab bo‟lmaydi. Masalan, agarda 
psixik jarayonlar va funksiyalar ko‟proq eksperiment yo‟li bilan o‟rganilsa, shaxsning 
birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, qobiliyatlar) ham shu metodda 
o‟rganiladi. Lekin xarakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini hali eksperiment 
metodi bilan o‟rganib bo‟lmaydi. 


14 
Suhbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo‟llaniladi: 
masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi 
orqali qo‟lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo‟llaniladi. Suhbat metodidan mohirlik 
bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin