O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   127
Psixologiya

Mashg„ulot mazmuni: 
Nazariy qism : 
  
Temperament.Temperament turlariga psixologik xarakteristika. 
 Temperament – (lot. «tem‟eramentum» - aralashma) inson psixikasining individual 
jihatdan o`ziga xos, shaxs faoliyati va xulqining dinamik, ya‟ni o`zgaruvchan va 
emotsional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi xususiyatlar
majmuidir. 
 Shaxsning individual xususiyatlari uning tug`ma, biologik xususiyatlariga 
bog`liq. Chunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo`lsa, ikkinchi 
tomondan biologik - yaxlitlik, tug`ma sifatlarni o`z ichiga olgan individ hamdir. 


49 
Temperament hayotiy voqealar va vaziyatlarni, jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarni 
«yaxshi - yomon», «ahamiyatli - ahamiyatsiz» me‟zonlari asosida ajratishga imkon 
berib, bunda temperament odamning ijtimoiy obyektlarga nisbatan «sezgirligini» 
tarbiyalaydi, professional mahorat va kasb malakasining oshib borishiga yordam 
beradi. 
Temperament xususiyatlari aslida - tug`ma hisoblansada, shaxsga bevosita 
aloqador va anglanadigan bo`lgani uchun ham ma‟lum ma‟noda dinamik ko`rinishda 
bo`ladi. Shu bois, har bir temperament xususiyatlarini va uning shaxs tizimiga 
aloqasini bilish va shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak. 
Temperament haqida ta‟limot ilk bora yunon tabibi Gippokrat (eramizdan 
avvalgi 460 – 356 yillarda) tomonidan yaratilgan bo`lib, uning ta‟limotiga asosan 
«temperament” tushunchasi paydo bo`lgan va temperament turlarining nomlari shu 
kunga qadar saqlanib qolgan. Gippokrat fikricha inson organizmida 4 xil suyuqlik 
mavjud: sag`ro (yunon - “chole”), qon (lotin - “sangius”), qora o`t (yunon - “meliane 
chole”), shilimshiq ( yunon - “„hlagma”). Har bir suyuqlik o`z xususiyati va o`rniga 
ega. Safro xususiyati – quruqlik. Uning o`rni organizmda quruqlikni saqlash. Qonning 
xususiyati – issiqlik. U organizmni isitadi. Qora o`t xususiyati – namlik. U 
organizmdagi namlikni saqlashga xizmat qiladi. Shilimshiqning xususiyati – sovuqlik. 
U organizmni sovutishga xizmat qiladi.
Gippokrat ta‟limotiga muvog`iq, insonda to`rt xil suyuqlikdan bittasi ustuvorlik 
qiladi. Ushbu suyuqliklar munosabati yunon terminalogiyasida “krasis” (aralashma, 
qorishma) deb ataladi, tarjima qilinganda “temperament” tushunchasi yo`zaga keladi.
Temperamentga taalluqli Abu Ali Ibn Sino qarashlari (980-1037) ham juda 
qiziqarlidir. U temperamentga tabiiy va psixologik tushuntirish beradi. Ibn Sino 
ta‟limoti Gippokrat ta‟limotiga asoslangan bo`lib, uning fikricha temperament bir-
biriga qarama-qarshi sifatlar munosabatida yo`zaga keladigan xususiyatdir. Ulardan 
birining ustuvorligi temperament turini yo`zaga keltirib, bunda organizmdagi 4 ta 
suyuqlikdan biri ustuvor bo`ladi. Ibn Sinoning fikrlari temperament haqidagi ta‟limot 
tarixida o`ziga xos ahamiyatga ega.
Ilk bora temperament xususiyatlarining psixologik tavsig`i nemis faylasufi I. 
Kant gumoral nazariya asoschilariga suyangan holda, temperament va xarakter 
sifatlarini aralashib ketishi fikrini namoyon qildi.
Buyuk g`iziolog, oliy nerv faoliyatining asoschisi I.P.Pavlovning bergan ta‟rifi 
ko`ra: temperament – har bir insonning alohida umumiy tavsifi bo`lib, nerv tizimining 
asosiy tavsifidir va u individning faoliyatigi alohida tus beradi.
Temperament haqidagi ilmiy nazariyaga I.P.Pavlov ta‟limoti asos solgan.
I.P.Pavlov nerv tizimining tipologik xususiyatlarini – oliy nerv faoliyatini ta‟limotida 
ifodalab bergan. Oliy nerv faoliyatida I.P.Pavlov quyidagi nerv jarayonlarini ajratdi:
1-shakl 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin