Biogaz va bioenergetika 11-ma’ruza bioenergiya. Energetik maqsadlar uchun biomassalardan foydalanish



Yüklə 231,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.04.2023
ölçüsü231,53 Kb.
#100349
1   2   3   4   5
11-MA’RUZA

11.1.1 –rasm. Biogaz energiyasining hosil bo‘lish texnologiyasi. 
BGQ har qanday qurilish kabi, mablag‘, kuch va quvvatingizni talab qiladi. 
Birinchi kubometr biogazni olish bilan foyda kelishini o‘ylamaslik kerak, buning 
uchun qurilma turg‘un ishlashi kerak va sizni bilimdon ega sifatida doimo 
e’tiboringizda bo‘lishi kerak. BGQ ni qurishga qaror qilgan fermer yoki kichik 
xususiy xo‘jalik egasiga rejalash va montaj ishlarining xar bir tafsilotlariga e’tibor 
berish tavsiya etiladi. 
Agarda qurilma mustaqil ravishda yig‘ilsa, har bir bosqichda mutaxassislar 
(quruvchilar, montajchilar, gazchilar, elektriklar) bilan maslaxat qilish nihoyatda 
zarur. 
Faqat shunday yondashuvda va shaxsiy manfaatdorlikda ko‘pgina xavf- 
xatarlardan qutilish mumkin. 
BGQ turg‘un, doimiy va ishonchli ishlashi uchun undan foydalanuvchi 
ekspluatatsiyaning xar bir tafsilotini bilishi kerak. Faqat shu shartlar bajarilganda
quyida berilgan kafolatlarga erishish mumkin. 
• xarid qilishni kamaytirish hisobiga mablag‘ tejash: 
- yonilg‘i; 
- elektr energiya; 
- o‘g‘it. 
• qo‘shimcha mablag‘lar olish imkoniyatlari: 


- biogaz va bioo‘g‘it sotish; 
- qishloq xo‘jalik madaniy o‘simliklarining hosildorligini oshirish. 
BGQ qurishdan oldin nimalarni hisobga olish kerak? 
- Biogaz qurilmasi tufayli krizisga uchragan xo‘jalikni ko‘tarish mumkin emas. 
Biogaz qurilma xo‘jalikning samaradorligini va birinchi navbatda, qishloq uy- 
joylaridagi sharoitlarni yaxshilashga yordam berishi mumkin. 
- Biogaz qurilmalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar uzoq muddatli sarmoyalar 
bilan bog‘lik. Suning uchun BGQ qurilishining hisob-kitobi kelajakni ham nazarga 
olgan holda bajarilishi kerak. 
- BGQ qurilishining ko‘p qismining mustaqil qilinishi yo‘qotishlarni 
kamaytirish va rentabellikni oshirishga, kelgusidagi nosozliklarni bartaraf etishga 
yordam beradi. 
- BGQ ning ishlashi natijasida fermadagi yoqimsiz hidlarning darajasini 
anchagina pasaytiradi, bu esa fermalar turar-joylarga yaqin joylashganida juda 
muhim. 
- Metan hosil qiluvchi bakteriyalar fermadagi mollar kabi o‘ziga e’tibor talab 
qiladi. Bu esa biogaz qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi uchun maxsus bilimlarni 
talab etishidan dalolat beradi. Shuning uchun xizmat qiluvchilarga bilim berishga, 
malakasini oshirishga va manfaatdorligini yaratishga e’tibor berish zarur. 
- Nazorat va profilaktik ishlar o‘tkazmasdan ekspluatatsiya qilish mumkin 
emas. 

Yüklə 231,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin