55
Ma`ruza № 11
Mavzu: Teshiklarni zenkovkalash, zenkerlash va yunib kengaytirish
Reja
11.1.Teshiklarni zenkovkalash.
11.2.Teshiklarni zenkerlash.
11.3.Teshiklarni yunib kengaytirish.
Taxminiy ish ob`ektlari: po`lat arra stanogi ramkasining ashyolari,
parallel gira jag`lari, chuyan taxtachalar, reysmas asosi va hokazo.
Asbob va jihozlar: 20 mm. gacha
diametrda parmalovchi stanok,
charxlash burchagi 60, 90 va 120° li konus zenkovkalar, turli silindrsimon
va konussimon (kul va mashina) razvyortkalar, turli kalibrli tiqinlar, har xil
konus kalibrlar.
Moslama va materiallar: parallel gira, mashina girasi, razvyortkalar
uchun turli parmadastalar, mineral moy, emulsiya.
11.1.Teshiklarni zenkovkalash
1.Zagotovka parmalash stanogi stoliga o`rnatilib, mahkamlanadi.
Zagotovkada chizma bo`yicha berilgan diametrda teshik parmalanadi .
Stanok to`xtatiladi va zagotovka stoldan olinmay,
parma moye keladigan
konus zenkovka bilan almashtiriladi. Stanok sekin aylantirilib (kupi bilan
100
ayl/min)
vazenkovka
qo`lda
surilib,
chizmadako`rsatilgan
o`lchamgacha teshik zenkovkalanadi.
2.Doimiy yo`naltiruvchi (sapfali) silindrik
zenkovka bilan murvat
(sharnir-li birikma)ning silindrik kallagi uchun uch zenkovkalash.
Zenkovkaning doimiy yo`nalti-ruvchi (sapfa)si diametriga moye
parma bilan teshik parmalanadi: stanok 60—100 ayl/min.ga
sozlanib,
ishga tushiriladi va vaqti-vaqti bilan uya chuqurligi o`lchanib, zenkov-
kalash amalga oshiriladi; zenkovkalashda, albatta, emulsiya qo`llanib,
zenkovka qo`lda
surilib bajariladi; zarur bo`lganida, teshik chizmada
ko`rsatilgan ulchamgacha parmalanadi.
Dostları ilə paylaş: