O‘rganishlar davomida ta’kidlashimiz joizki, konsolidatsiyalashgan
moliyaviy hisobotni shakllantirishda asosan bosh va sho‘ba kompaniyalar
hisobotlaridagi ma’lumotlarni birlashtirish amalga oshiriladi. Ammo bu jarayonda
aktiv, majburiyatlar, kapital, daromad va xarajatlar bilan bog‘liq hisobot
ma’lumotlarini birlashtirish bilan cheklanmaydi. Konsolidatsiyalash jarayoni
maxsus xisob-kitoblarni ham talab etadi va bir nechta bosqichli konsolidatsiyalash
(consolidation schedule)ni o‘z ichiga oladi. Shuningdek konsolidatsiyalashgan
moliyaviy hisobotni tuzishda biznes birlashuvi (business combination) ya’ni sho‘ba
korxonalarning bosh korxona nazoratiga o‘tish jihatlari ham alohida ahamiyatga
ega. IFRS 3 Biznes birlashuvlari nomli MHXSga ko‘ra, “biznes birlashuvi (business
combination) sotib oluvchi bir yoki undan ortiq bizneslar ustidan nazoratga ega
bo‘ladigan operatsiya yoki boshqa hodisadir biznes birlashuvlari hisoblanadi”[]
deya ta’rif beriladi. Mazkur standartga muvofiq biznes birlashuvi (business
combination) ikkita holat bo‘yicha amalga oshiriladi. Birinchi holat sotib olish
(acquisition) bu holatda sotib oluvchi biznes birlashuvida nazoratga ega bo‘ladi.
Korxona manfaatlarini birlashtirish (merger) bunda nazorat tomonlar manfaatlariga
ko‘ra birgalikda amalga oshiriladi. Moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga
38
muvofiq konsolidatsiyalashni quyidagi asosiy guruhlarga ajratib olishimiz mumkin.
Ya’ni to‘liq konsolidatsiyalash, mutanosib konsolidatsiyalash va ulush bo‘yicha
hisobga olish usuli.
2-rasm. MHXSga muvofiq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni
shakllanish usullari
3
To‘liq konsolidatsiyalash usulida bosh tashkilot va uning shu’ba
tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan amalga oshiriladi. Mutanosib konsolidatsiyalash
to‘liq konsolidatsiyadan farq qiladi aktivlarga nisbatan asosan amalga oshiriladi.
Asosan qo‘shma faoliyat hisobotlarin birlashtirishda qo‘llaniladi. Kapitaldagi
ulushlar investor egaligidagi tadbirkorlik sub’ektilarning egalik ulushlarini va o‘zaro
tadbirkorlik sub’ektlarining mulk egasining, a’zosining yoki ishtirokchisining
ulushlarini anglatish uchun keng ma’noda qo‘llaniladi. Bunda asosan investorning
ulushi nazarda tutiladi investitsiya ob’ektining sof aktivlari balansda alohida satr,
ulush sifatida aks ettiriladi.
3
МҲХС маълумотлари асосида муаллиф томонидан тайёрланди.
МҲХСга мувофиқ консолидациялашган молиявий ҳисоботни
шаклланиш усуллари
тўлиқ
консолидация
(entity method)
мутаносиб
консолидация(pro
portional
consolidation)
капиталдаги
улушлар (equity
method)
бош ташкилот ва
унинг шуъба
тадбиркорлик
субъектларига
нисбатан
қўлланилади
Қўшма фаолият
ҳисоботларини
бирлаштиришда
қўлланилади
Бизнес
бирлашувида
қўлланилади
|