10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari:
bir oylik muddatda ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining matni qayta nashr etilishini va koʻp nusxada
bosilishini taʼminlasin;
ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka, ayniqsa,
yoshlarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha kompleks choralarni ikki oylik
muddatda ishlab chiqsin hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlasin;
qonunchilikni ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar
dasturi ijrosini har chorakda koʻrib borsin.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi odil sudlovni amalga
oshirishda sudlar tomonidan konstitutsiyaviy normalar toʻgʻri va bir xilda
qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida barcha instansiya sudlari tomonidan
ishlarni koʻrib chiqishning ushbu Konstitutsiyaviy Qonun tahriridagi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini toʻgʻridan toʻgʻri amal
qiluvchi hujjat sifatida qoʻllash yuzasidan yagona sud amaliyoti toʻgʻrisidagi
Oliy sud Plenumi qarorini uch oylik muddatda qabul qilsin.
Dostları ilə paylaş: |