“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif: 995


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix23.04.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101735
1   2   3   4
83-86

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-25, Issue-1, January - 2023
 
85 
3)sog’lomlashtirish va badantarbiya tadbirlari; 
4) mustaqil xarakat faoliyati va boshqalar. 
O’qituvchining e’tibori ana shu shakllar orqali, o’z yosh imkoniyatlariga ko’ra ongli 
va faol harakat qiluvchi, o’zini erkin tuta oladigan, o’ziga bo’lgan ishonchni namoyon 
etuvchi, harakat ko’nikmalarini muvaffaqiyat bilan o’zlashtiradigan, hayotda 
uchraydigan qiyinchiliklardan cho’chimay, ularni bartaraf qila oladigan, doimo ijodiy 
izlanishdagi bolani tarbiyalashga yo’naltirilgan bo’ladi.
Jismoniy tarbiya tizimi umumiy tarbiya tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Uning g’oyaviy, ilmiy, uslubiy dastur-normativ asoslari, shuningdek, fuqarolar 
jismoniy tarbiyasini amalga oshiradigan va nazorat qiladigan tashkilot hamda 
muassasalari mavjud. Jismoniy tarbiyaga belgilangan bir tizim asosida yondashilsagina 
undan ko’zlangan maqsadlarga, mo’ljallangan natijalarga erishish mumkin. Jismoniy 
tarbiya tizimi deganda, jismoniy tarbiya vositalari, uslublari, jismoniy tarbiyani tashkil 
etish va o’tkazish shakllari, shu vositalarning jamiyat kishisini har tomonlama 
rivojlantirishdagi maqsadlariga mos kelishi tushuniladi. Jismoniy tarbiya tizimining 
paydo bo’lishi va rivojlanishini jamiyatning ehtiyoji, moddiy ishlab chiqarish 
darajasining rivojlanishi, jismoniy tarbiyani uyushtirish shakllari hamda ilg’or amaliy 
tajribani umumlashtirish kabi tushunchalar belgilaydi.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari uchun mashqlarni to’g’ri tanlash, milliy va 
zamonaviy o’yinlar hamda mashqlardan samarali foydalana bilish bolalarning 
salomatligiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Sog’lomlashtirishga yo’naltirilganlik
prinsipi doimiy tibbiy pedagogik nazoratni, shug’ullanuvchilarning o’z-o’zini nazorat 
qilishini ko’zda tutadi.
Maktabning umumiy yillik rejasida o’quv kuni rejimidagi sog’lomlashtirish-
badantarbiya tadbirlari aks ettiriladi. Masalan, mashg’ulotgacha o’tkaziladigan 
badantarbiya bo’lsa, uning o’tkazilish joyi, davom etish vaqti, o’tkazish tartibi, 
mashg’ulotni boshqarish, majmua tuzuvchi shaxs, bu tadbirda maktab pedagogika 
jamoasining ishtiroki ko’zda tutiladi. Tanaffuslarni tashkil etishda dam olish, 
bolalarning ovqatlanish tartibi, ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari 
belgilanadi, tanaffuslarni tashkil etish va o’tkazishga javobgar shaxslar tayinlanadi. 
Rejada, shuningdek, darslarda badantarbiya daqiqalarini tashkil etish va o’tkazish 
tartibi ko’zda tutiladi hamda namunali mashqlar majmuasini kim tayyorlashi 
ko’rsatiladi. Sinfdan tashqari ish bo’yicha rejada, avvalo, to’garak yoki jismoniy 
tarbiya jamoasiga aloqador bo’lgan barcha narsa: sinflarda badantarbiya tashkilotchisi 
va maktab kengashi qachon saylanishi, badantarbiya to’garagini kim boshqarishi, 
qanday sport sho’balari tashkil etilishi, sho’ba mashg’ulotlari qayerda va qachon 
bo’lishi aks etadi. Rejada sport musobaqalari, sayrlar, safarlar, o’yinlar ko’zda tutiladi.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin