Yopiq urug‘lilar-o‘simliklar evolyutsiyasida eng yuksak



Yüklə 175,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.04.2023
ölçüsü175,25 Kb.
#101872
  1   2
Ochiq va yopiq urug\'li o\'simliklar



YOPIQ URUG‘LILAR-O‘SIMLIKLAR EVOLYUTSIYASIDA ENG YUKSAK 
TARAQQIY ETGANDIR. REPRODUKTIV ORGANLARNING PAYDO 
BO‘LISHI. GUL VA TO‘P GULLAR. 
Reja: 
1. Yopiq urug‘li o‘simliklarning kelib chiqishi. 
2. Yopiq urug‘li o‘simliklarning xarakterli belgilari. 
3. Yopiq urug‘li o‘simliklarning sinflari. 
4. Gulli o‘simliklarning kelib chiqishi haqidagi Vetshteyn va G. Galer nazariyalari. 
5. Gulli o‘simliklarning klassifikatsiyasi. 
6. Gulning tuzilishi. 
7. Gul qismlari. 
8. Gulning urug‘lanish va changlanishi. 
9. Gul formulalari va diagrammasi. 
10. To‘pgullar tuzilishi. 
11. Xulosa 
12. Foydalanilgan adabiyotlar 
Gulli o‘simliklar yoki yopiq urug‘li o‘simliklar, o‘simliklar dunyosining 
eng yosh va keng tarqalgan guruxi bo‘lib xozirgi geologik davrining xukmron 
o‘simligi hisoblanadi. Ularning tuzilishi nihoyatda xilma-xilligi, turlarning ko‘pligi, 
kishilar va xayvonlar hayotida tutgan o‘rni bilan o‘simliklarning boshqa 
guruxlaridan keskin farq qiladi. Tarixiy manbalarga qaraganda yopiq urug‘li 
o‘simliklarning dastlabki vakillari mezazoy erasining yura davrlarida paydo 
bo‘la boshlagan. Keyinroq davrlariga kelib ular yer yuziga keng tarqala boshlagan. 
Yopiq urug‘li o‘simliklarning keng tarqalishiga asosiy sabab bu vaqtga kelib 
havoda quyuq bulutlar kamayib havo namligi kamaygan, quyosh nuri yerga ko‘proq 
tushgan. Yalang‘och urug‘larning qurg‘oqchilikka moslashgan igna barglardan 
boshqa vakillari nobud bo‘lgan. Ular o‘rniga tuzilishi va biologik xususiyatlari bilan 
yangi muxitda, ya’ni qurg‘oq havoda yashashga moslashgan yangi yosh tip-yopiq 
urug‘lilar keng tarqala boshlaydi, juda qisqa vaqt ichida ular biosferani egallab shu 
davrning xukumron o‘simliklar guruxiga aylandi. 


Yopiq urug‘lilar guruxiga 200 000 dan ortiqroq tur kiradi. Bu ochiq 
urug‘lilardan 400 marta ko‘proq ekanli-gini ko‘rsatadi. Yalang‘och urug‘lilarning 
taxminan 500 turi ma’lum. Yopiq urug‘li o‘simliklarning vakillari 
odam uchun oziq-ovqat, xayvonlarga yem-xashak, sanoat uchun xom ashyo 
manbai bo‘ladi. Yer shari aholisining asosiy ovqati bug‘doy, sholi, jo‘xori, 
kartoshka, mevalardan olma, o‘rik, uzum, qovun-tarvuz texnik o‘simliklardan 
g‘o‘za, zig‘ir, lavlagi, shakar qamish va xilma xil dorivor o‘simliklar yopiq urug‘li 
o‘simliklarning vakillaridir. 
Yopiq urug‘li o‘simliklarning ko‘payib, yer yuziga tarqalishiga asosiy sabab, 
ularning yashovchanligi, qurg‘oqchilikka tez moslasha olishi. Hozirgi vaqtda ochiq 
urug‘li o‘simliklar faqat daraxt va butalardan iborat bo‘lsa, yopiq 
urug‘li o‘simliklarning turli vakillari mavjud. Shu bilan birga ular organlarida 
metamorfozalar ham mavjud. 
Yopiq urug‘lilar anatomik tuzilishi ham yalang‘och o‘sim-liklardan ustun 
turadi. 
Ular 
poyasida 
traxeyalar 
va 
suv 
naylari 
bo‘ladi. 
Bu 
o‘simliklar ildizdan suvni onsonroq so‘rishga va bug‘latishga yordam beradi. 
Bulardan tashqari yopiq urug‘lilar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
1. Yopiq urug‘li o‘simliklarning urug‘i meva ichida bo‘ladi, shuning uchun ham 
ular "Yopiq urug‘li o‘simliklar"deb ataladi. 
2. Ularda otalik xamda mevacha (onalik)dan iborat gul bo‘ladi. Ba’zi istisno 
e’tiborga olinmaganda, ularda gulqo‘rg‘on bor. Gullari juda xilma-xil shaklda 
bo‘ladi. 
3. Gullarning changlanishini va urug‘ hamda mevalarning tarqalishi har xil 
yo‘llar bilan boradi, ya’ni shamol, xashoratlar, qushlar va suv yordamida 
changlanadi. Yopiq urug‘lilarning qariyib 90% xashoratlar yordamida changlanadi. 
4. Bu o‘simliklar ikkilamchi urug‘lanadi, buning natijasida faqat murtak emas, 
balki endosperm xam hosil qila-di. 
5. Yopiq urug‘lilarning urug‘ kurtagi urug‘ga, tuguncha mevaga aylanadi va 
mevalar mevacha barglarining himoyasida yetiladi. 
6. Yopiq urug‘li o‘simliklarning morfologik va anatomik jihatdan boshqa 
tipdagi o‘simliklarga nisbatan juda ham murakkab tuzilgan. 
Yopiq urug‘lilarning nasllari changlanishda, yuqori o‘simliklarning boshqalari 
singari, sporofit nasl hukmronlik qiladi. Ammo sporofit nasl yopiq urug‘lilarda 
juda 
yaxshi 
taraqqiy 
etgan 
bo‘lib qariyib individning 
hamma 
qismini tashkil etadi. 
Gametofit nasl 
nihoyatda reduksiyalangan bo‘lib, 


sporofitdan ajralmagan holda gulda uning hisobiga taraqqiy etadi. Gametofit 
ayrim jinsli bo‘ladi. Erkak gametofit changining o‘sishdan h-sil bo‘lgan chang 
naychasi va uning ichidagi bitta vegetativ, ikkita spermiy deb yuritiladigan 
xivchinsiz generativ yadrodan, urg‘ochi gametofit esa urug‘kurtakda joylashgan 8 
ta yadroli murtak xaltasidan iborat. Yopiq urug‘lilarda arxegoniy taraqqiy etmaydi. 
Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi 
Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi hali juda aniq hal etilmagan. Lekin bu 
haqda turli xildagi fikrlar ma’lum. Masalan, ayrim olimlar yopiq urug‘li o‘simliklar 
urug‘li paporotniklardan, boshqalar bennetit yoki gnetumlardan kelib chiqqan deb 
taxmin qiladilar. Biroq yalang‘och urug‘lilar bilan yopiq o‘rtasidagi oraliq shakllar 
noma’lum. 
Yopiq urug‘lilarning kelib chiqishi masalasini xal etishda gulning kelib 
chiqishini hal etish kerak. 
Gulni kelib chiqishi xaqida asosan 2 ta nazariya mav-jud. 
1. Avstraliyalik olim Vetshteyn nazariyasi. 
2. Nemis olimi G.Galir va ingliz olimlari A.N.Arber va D.Parken 
nazariyalaridir. 
Vetshteyn 
nazarisiga 
ko‘ra 
gul aslida efedraga o‘xshash yalang‘och 
urug‘lilarning o‘zgargan va soddalashgan to‘pguldan iborat. To‘pguldagi har bir 
otalik va onalik ayrim gul hisoblanadi. Bu nazariya psevdant yoki soxtagul 
nazariya deb ataladi. Bu nazariyaga muvofiq sodda tuzilgan gullar ayrim jinsli, 
oddiy gulqo‘rg‘onli yoki gulqo‘rg‘onsiz bo‘ladi. 
Ikkinchi nazariya benettitlar topilib, fanga ma’lum bo‘lgandan keyin, ya’ni 
1905 yilda yaratiladi. Bu nazariyaga ko‘ra yopiq urug‘lilarni guli yalang‘och 
urug‘lilarga qarashli bo‘lgan benettitlar ajdodining ikki jinsli va o‘zgargan qubbasi 
strobildan iborat. Biroq benettitlar strobil-gullarida chin onalikni yo‘qligini va 
mikrosprofilining 
shoxlangan bo‘lishi 
bilan 
chin 
guldan farq qiladi. 
Ikkinchi tomonidan, bennettitlarning strobili o‘zining umumiy tuzilishi jihatidan 
yopiq urug‘lilarning eng ibtidoiy vakili bo‘lgan magnoliyaning guliga o‘xshab 
ketadi. 
Arbor 
va 
Parkinlar 
bennettitlar strobilining yuqorida tasvirlangan 
tuzilishini hisobga olgan holda, bennettitlar strobili guli bilan yopiq urug‘lilar guli 
oralig‘idagi taxminiy, ya’ni gipotetik gulning tasviriy 
sxemasini yaratadilar. 
Yopiq urug‘lilar shimoldan janubga tomon ko‘proq tarqala boradi. Mas: 
Frans Iosif Yerida gulli o‘simliklarning 37 turi, O‘rta Osiyoning tog‘li qismida 6000 


(tekislik va sahro qismida 600) turi o‘sadi. Xindistonda 21000 turi, Afrikada 
13000,Braziliyada 40000 turi uchraydi. Tropik zonalarda hammasi bo‘lib, 
yopiq urug‘lilarning 120000, subtropikda esa 60000 ga yaqin tur o‘sadi. 
Gulli o‘simliklarning klassifikatsiyasi. 
Jon Reydan keyin,ya’ni 1682 yildan boshlab, to shu kungacha gulli 
o‘simliklarni 2 sinfga: ikki pallali yoki ikki urug‘lilar va bir pallalilar 
yoki bir urug‘lilarga bo‘lish qabul qilingan. Bir pallalilarning murtagi esa bir urug‘ 
bargli bo‘lib, bosh ildizi tezda nobud bo‘ladi. Uning o‘rniga qo‘shimcha popuk 
ildizlar taraqqiy etadi. Barglari paralel tomirlangan, guli ko‘pincha oddiy gul 
qo‘rg‘onli bo‘lib, gul qismlari doirada 3 tadan joylashgan bo‘ladi. 
Bu 2 sinf orasidagi farqi tubandagi jadvaldan yanada yaqinroq ko‘rish 
mumkin. 
N ¦ Organlar ¦ 2 pallalilarda ¦ 1 pallalilarda
1. Murtagi Ikki uruO‘bargli bir uruO‘bargli 
2. Urug‘i Enosperm yoki en- Endosperimli 
dosperimsiz 
3. Ildiz sis-si O‘q ildizli popuk ildizli 
4. Nay tolalari Ochiq konsentrik yopiq tartibsiz 
to‘plami joylashgan joylashgan 
5. Kambiy Poyasi kambiyli kambiysiz yo‘g‘onla- 
yo‘g‘onlasha oladi shaolmaydi. 
6. Barglari Xar xil shaklda oddiy qirralari 
murakkab tekis lentasimon 
7. Barg tomir- to‘rsimon parallel yoki yoysi- 


lanishi mon 
8. Gul tuzili- qo‘sh gulqo‘rg‘onli 5-4 gulqo‘rg‘oni oddiy, 
shi va uning tadan bo‘lib joylash- qismlari 3 tadan 
joylashgan. gan ba’zan ko‘p bo‘lib joylashgan. 
Umuman olganda xar ikkala sinf ko‘zga yaqqol tashla-nadigan qator 
belgilarga ega. Bundan tashqari, bu sinf vakillari o‘zaro vegetativ yo‘l bilan ham 
jinsiy yo‘l bilan ham xech bir chatishmaydi. Gul qismlarining joylanish qonuniyati, 
diagrammalari va formulalari. 
Gul o‘simliklarning turlariga,ularning biologiyasiga, gul a’zolarining 
joylashishiga qarab xilma xil shaklda bo‘ladi. 
Ko‘pchilik o‘simliklarning gul qismlari doira yoki siklik, ba’zi bir ajdodlarda 
esa birin-ketin spiral yoki atsiklik shaklda joylashadi. Atsiklik gullar magno-
liyadoshlar, ayiqtovondoshlar oilasining vakillarida uchraydi. 
Gul qismlarining joylashishida atsiklik gullarning siklik gullarga o‘tish xollarini 
ham uchratish mumkin. Bunday gullar chala doirali yoki gemitsiklik gullar deb 
ataladi. Shu xildagi gul qismlarining ba’zi biri (kosachabarglar) doira, boshqalari 
esa (otalik va onaliklar ) spiral holda o‘rnashadi. 
Gul qismlari qirrali nisbatlar va doiraning gallanish qonuniyati asosida 
joylashadi. 
Qirrali nisbatlar qoidasi. Bu qoidaga muvofiq ikki pallali o‘simlik gul 
doiralari ko‘pincha 5, 4 va 2 qismli bo‘ladi. Mas. zig‘ir o‘simligining kosachabargi 
5 ta, toj-bargi 5 ta, otaligi 10 ta, meva bargi 5 ta. Bir palla-lilarda 3 qismli, mas. 
lolada gultojbarglar 6 ta bo‘lib, 2 qator joylashgan 3+3. Otaligi 3+3 tadan, onalik 
uch meva bargdan iborat. 
Diagramma va formulalar. Gulning sxematik tuzilishi, gul qismlarining bir-biriga 
bo‘lgan nisbati diagramma va formulalarda yaqqol ko‘rinadi. Gul tuzilishida 
gorizontal yuzaning sxematik proyeksiyasi diagramma deb ataladi. 
Doiradagi gulning ayrim qismlari xar xil shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi. 
Diagramma ochilmagan gul g‘unchasining ko‘ndalang kesimiga qarab tuzilgan. 
Diagrammada 
gulqo‘rg‘on 
qismlari 
yoy shaklida ko‘rsatiladi. 
Kosachabarglar sirtidan o‘rtasiga tumorchasi bor yoylar bilan, tojibarglar 
tumorchasiz oddiy yoylar bilan ifodalanadi. Otaliklar ochilmagan changdonning 
ko‘ndalang kesimi shaklida, onaliklar tugunchaning ko‘ndalang kesimi shaklida 


ko‘rsatiladi. Agar gul qismlari tutashgan bo‘lsa ular birlashtiriladi. Diagrammalar 2 
xil bo‘ladi. 1. Emprik diagrammada to‘la ochilgan va voyaga yetgan 
gul tasvirlanadi. 2. Nazariy diagramma gulning tarixiy rivojlanishi xisobga 
olingan xolda tuziladi. 
GUL-FLOS 
Gul o‘simliklarning urchuvchi, ya’ni ko‘payuvchi generativ organidir. Gul 
qisqargan novdadan tashkil topgan. Gulning o‘rni va bandi qisqargan, 
novda,gulning boshqa qismlari esa qiyofasini o‘zgartirgan barg. Gulning 
hamma qismlari gul o‘rniga joylashgan. Gul qiyofasini o‘zgartirgan novda barg
ekanligini XVIII asrda nemis shoiri va tabiatshunosi Gyote aniqlagan. Gul asosan 
quyidagi qismlardan tashkil topgan: 
1. Gul bandi 
2. Gul o‘rni 
3. Gul tevaragi(gul qo‘rg‘oni) 
4. Kosacha 
5. Gul tojisi 
Demak, gul qismlari dastlab gul kurtagi ichida shakllanadi. 
Gul kurtagi tashqi tomondan qiyofasini o‘zgartirgan barglar bilan qoplangan. 
Gul kurtagining 2 ta tipi mavjud bo‘lib, biri haqiqiy, ikkinchini aralashdir. Haqiqiy 
gul kurtagida hosil qismi bilan kurtak qoplamasi bo‘lsa, aralash kurtakda hosil qismi 
bilan boshlang‘ich vegetativ novda mavjud bo‘ladi. 
Gul yon bargi bilan gul orasidagi novda gul bandi deb ataladi. Gul bandining 
uchki qismi kengayib, gul o‘rni - torus hosil qiladi. Gul o‘rni turli o‘simliklarda 
turlicha bo‘ladi. Gul o‘rni ayrim xollarda gul qo‘rg‘onning pastki qismi, changchi 
va urug‘chilar bilan birga o‘sib, o‘ziga xos shakliga kirish, gipantiya 
deyiladi. Gipantiy atirgullar va ayrim dukkaklilarga xosdir. Gipantiy meva hosil 
bo‘lishida ishtirok etadi. 
Gul - steril va fertil (xosildor) qismlardan iborat. Steril qismiga - gulqo‘rg‘oni 
(kosacha va tojbarg) fertil qismiga (changchi va urug‘chi) kiradi 
Ba’zan gul qo‘rg‘oni oddiy bo‘ladi. Gul o‘rnida faqat kosacha yoki tojbarg 
joylashgan oddiy gulqo‘rg‘on deyiladi. Gul kosachasimonlarga otquloq, lavlagi 


misol bo‘ladi. Gul tojsimonlarga lola, gulsapsar, marvaridgul kiradi. Kosacha bo‘lsa, 
tojisi bo‘lmaydi va aksincha (okolotsvetnik prostoy). Gulning asosiy 
qismlari otalik va onaliklardir. 
6. Otalik 
Otalik 3 qismdan tashkil topgan. 
a) otalik ipi 
b) changdon 
v) chang 
7. Onaligi 
1. Onalik og‘izchasi 
2. Onalik ustunchasi 
3. Onalik tugunchasi 
Gul qo‘rg‘oni faqat kosachadan tashkil topgan bo‘lsa, kosachasimon gul 
(nasha, lavlagi, krapiva) bo‘ladi. 
Gul qo‘rg‘onida faqat gul tojisi bo‘lsa, tojsimon gul (lola, gulsafsar, liliya) 
deyiladi. 
Oddiy gul qo‘rg‘onida kosacha yoki toj bargi bo‘ladi. Murakkab gul 
qo‘rg‘onida ikkalasi ham bo‘ladi. Kosacha Calex - bu kosacha barglardan tashkil 
topgan 
(chashelis-tiki). 
Kosacha 
barglar 
bir-biri 
bilan 
birlashgan, 
gulhayrisimonlilar, 
dukkaklilar, 
labsimongullilarda 
birlashgan. 
Ba’zi 
o‘simliklarda kosacha barglar yaxshi rivojlanmaydi. mas. uzumda, soyabongullilar 
oilasiga kiradigan o‘simliklarda esa, kosacha barg tukka aylanib ketgan bo‘ladi. 
Kosacha barglar odatda bir qator doira bo‘lib joylashgan bo‘ladi. Ba’zi 
o‘simliklarda esa kosachabarg 2-3 qator joylashgan. Mas. atirgullilar oilasi, 
gulxayrisimonlar oilasi. 
Kosachaning 2 va 3 chi qatoridagi barglari kosacha tagi bargi deb ataladi. 
(podchaщiye). Kosacha barglar odatda yashil rangli bo‘ladi, ya’ni kosacha bargda 
xlorofil donachalari bor. Kosacha bargda fotosintez protsessi bo‘lib turadi. 
Shuningdek kosachabarg gulning ichki qismini tashqi sharoitdan saqlab turadi. Ba’zi 
o‘simliklarda kosacha barg gul ochilgandan so‘ng tushib ketadi (lolaqizg‘aldoq, 
ko‘knori) ba’zi o‘simliklarda barg uzoq saqlanadi. (olma,nok). 


GUL TOJISI-COROLLA 
Gul tojisi toj barglardan (lepestki)tashkil topgan. Toj barglar ham bir - biri 
bilan birlashgan yoki birlash-magan bo‘ladi. Mas. pechakgullilar oilasiga 
kiruvchi o‘simliklarning toj barglari birlashib ketgan, butsimongullilar oilasida 
birlashmagan. 
Toj 
barglarning shakllari 
turlicha 
bo‘ladi. 
Butgullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning toj 
bargi 
butsimon, 
murakkabgullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning gul tojisi voronkasimon, 
chuchmomagullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning gul tojisi qo‘ng‘iroqsimon, 
labgullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning gul tojisi labsimon, dukkaklilar hamda 
binafshagullilar oilasida gul tojisi kapalaksimon. Gul toji har xil rangda bo‘ladi. Gul 
tojisining 
xar 
xil 
rangga 
bo‘yalishi 
xujayra 
shirasidagi antotsian,antoxlor pigmentlari 
hamda 
xromoplastdagi karotin va 
ksantofil pigmentlariga bog‘liq. Antotsian, hujayra shirasining nordonlik yoki 
ishqoriy bo‘lishiga qarab har xil rang beradi: Oq va qora rang beruvchi 
pigment bo‘lmaydi. Antotsian qizil, ko‘k, binafsha ranglar, antoxlor va ksantofil 
sariqrang beradi. Karotin qizg‘ish rang beradi. Gullarning oq bo‘lishi quyosh 
nurining qaytarilishiga bog‘liq. Qoramtir rang esa to‘q qizil va to‘q ko‘k rangda hosil 
bo‘ladi. Ba’zan toj barglarning rangi o‘zgarishi ham mumkin. Mas. Paxtaning gul 
tojisi avval sariq, so‘ngra pushti rangga bo‘yaladi. Gulning tojisi o‘z xidi va 
rangi bilan xasharotlarni o‘ziga jalb 
etadi. 
Xasharotlar 
esa o‘simliklarni changlatadi. Kosacha va toj barglar gulning o‘rnida doira 
bo‘yicha to‘g‘ri joylashgan bo‘lsa, to‘g‘ri gul-aktinomorf deyiladi. To‘g‘ri gulni bir 
necha barobar bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Qiyshiq gulni esa, faqat 1 marta teng 
bo‘lakka bo‘lish (ajratish) mumkin. 
To‘g‘ri gulni polisimmetrik, qiyshiq gulni esa monosimmetrik deb ham 
yuritiladi. Ba’zi o‘simliklarning guli barobar qismlarga 1 marta ham bo‘linmaydi. 
Mas. Valeriana. Bunday gullarni asimmetrik gul deb yuritiladi. Kosacha va toj 
barglar 
gulning 
eng 
kerakli 
qismi 
xisoblanadi. 
Gul 
qo‘rg‘oni 
bo‘lmasligi ham mumkin. Mas. qiyoq o‘t, tol, terak, g‘alladonli o‘simliklar. 
Gulning eng kerakli va ahamiyatli qismi otalik va onaliklaridir. 
Otaligi-Tыchinki 
Otaligi 3 qismdan iborat: 
Otalik ipi, changdon chang. Otaliklar ham bir biri bilan birlashgan yoki 
birlashmagan bo‘ladi. Mas. Murakkabgullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning 
otaliklari xatto changdonlari bilan bir-biriga yopishib ketgan. Dukkaklilar, 


gulxayrisimonlilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning otaliklari iplari bilan bir-biriga 
yopishgan. Gulxayrisimongullilar oilasiga kiradigan o‘simliklarning otaligi juda 
ko‘p bo‘lib, otaliklarning hammasi bir-biri bilan yopishib ketgan. Bunday otalik-
larni "bir guruxli" (odnobratstvennыye) deyiladi. 
Dukkakliklar oilasida otaligi 10 ta bo‘lib, shundan 9 tasi bir-biri bilan 
birlashgan, 1 tasi birlashmagan. Bunday otaliklarni "ikki guruxli deyiladi". 
(dvubratstvennыye). Lipa daraxtining otaligi "ko‘p guruxli" (mnogobratstvennыye) 
Onaligi-pestik. 
Onalik 3 qismdan tashkil topgan. 
Onalikning pastki kengaygan qismi-onalik tuguni-zavyaz Tugundan onalik 
ustuni-stolbik o‘sib chiqadi. 
Onalik 
ustuning yuqori tomonida 
og‘izcha-rыlsa 
bo‘ladi. 
Ba’zi 
o‘simliklarning onalik ustunchasi bo‘lmaydi. Mas. ko‘knorida. Bunda onalik 
og‘izchasi tugunchaga yopishgan bo‘ladi. Onalik tugundan esa meva xosil bo‘ladi. 
Shuning uchun mevaning ichida urug‘ bo‘ladi. Onalik tuguni 1,2,3 yoki ko‘p 
xonalik bo‘lishi mumkin. Gulda onaliklar ko‘p bo‘lib, birlashmagan bo‘lsa, apokarp, 
birlashib 
ketgan bo‘lsa, 
senokarp deyiladi. Mas. ayiqtovon, qulupnay 
o‘simliklarining onaligi apokarp:lola,gulsafsarda senokarp. 
O‘simlik gullarida ham otalik, ham onaliklari bo‘ladi. Bunday 2 jinslilar -
oboyepolыye deyiladi. Gulda otalik yoki faqat onaligi bo‘lsa, bir jinsli-odnopolыy 
deyiladi. 
Bir 
jinsli 
gullar bitta o‘simlikda 
bo‘lsa, 
buni 
bir uyli-
odnodomnыy o‘simlik deyiladi. Mas: jo‘xori, oshqovoq, qarag‘ay. Agar otalik 
gullar 
bir o‘simlikda, 
onaliklari esa 2-bir 
o‘simlikda 
bo‘lsa, 
buni 2 uyli o‘simlik-dvuxdomnыy o‘simlik deyiladi. Mas. Tol, nasha ba’zi 
o‘simliklar 3 uyli-tryoxdomnыy ham bo‘ladi. Bularda 1-sida otalik gul, 2-sida 
onalik gul, 3-sida ham otalik, ham onalik bo‘ladi. 3 uyli o‘simliklarga chinni gullilar 
oilasiga kiruvchi o‘simliklar misol. Agar bir o‘simlikda ham otalik ham onalik 
guli, 
hamda 

jinsli 
guli 
bo‘lsa, 
bunday o‘simliklarni poligam o‘simliklar deyiladi. Mas. qovun, kungaboqar va 
boshqalar. Gulning qismlari gul o‘rnida doira bo‘ylab joylashgan bo‘lsa, siklik, agar 
gul qismlari gul o‘rnida baland-past joylashgan bo‘lsa, atsiklik gul-spiral gul 
deyiladi. Gulning kosachasi va toj barglari doira bo‘ylab joylashib, faqat otalik 
va onaliklari bilan baland - past joylashgan bo‘lsa, yarim spiral-gemetsiklik gul 
deyiladi. Doira bo‘ylab joylashgan gulga lola, spiral gulga magnoliya, gametsiklik 
gulga ayiqtovon misol bo‘ladi. 


Changdondan chiqqan chang donachalarining urug‘chining tumshuqchasiga 
tushushiga changlanish deb ataladi. O‘simliklar olamida o‘zidan changlanish va 
chetdan changlanishi mavjud. Bitta gulning changi aynan shu gul urug‘chisining 
tumshuqchasiga 
kelib 
tushushiga 
o‘zidan 
changlanish 
deyiladi. O‘zidan changlanuvchi o‘simliklarning guli odatda ko‘rimsiz va xidsiz 
bo‘ladi. O‘zidan changlanish salbiy xodisa xisoblanadi. 
Bir o‘simlikning chang donachalarini boshqa o‘simlik urug‘chisining 
tumshuqchasiga tushishi chetdan changlanish deyiladi. 
O‘simliklarning chetdan changlanishda shamol va xashorotlar yordamida 
changlanish muhim rol o‘ynaydi. Chetdan changlanish ijobiy hisoblanadi. Shamol 
yordamida changlanishga anemofiliya (yunon: «anenos» -shamol, «fileo» -
hohlamoq) deyiladi. Bunga yong‘oq, terak, makkajo‘xori, eman, kanop va qand 
lavlagilarning changlanishni misol qilishimiz mumkin. Bunday gullar mayda va 
changlari yengil bo‘lib, uzoq joylarga tarqalishi mumkin (2 ming km gacha). 
O‘simliklarning xashorotlar yordamida changlanishi entomofiliya (yunon. 
«entomon» - xashorot, «fileo» - sevaman) deb ataladi. Bunday gullar yirik, tojbargi 
uzoqdan ko‘zga tashlanadigan, nektarlari esa sershira suyuqlik chiqaradi. 
GUL FORMULASI VA DIAGRAMMASI 
- Bir yillik o‘tli o‘simlik - 
- 2 yillik o‘tli o‘simlik - 
- Ko‘p yillik o‘tli o‘simlik - 
- Daraxt va butalar - 
- To‘g‘ri gul aktinomorf - 
- Qiyshiq gul zigomorf - 
- Bir jinsli otalik gul Mars - 
- Bir jinsli onalik gul-Venera - 
- 2 jinsli gul - 
K yoki Sa-kosacha bargi-chashechka 
S yoki So-toj bargi-venchik 


A-otaligi-Tыchinka 
U-onaligi-Pestik 
Kosacha, tojbarg, otalik va onaliklarning soni raqam bilan ko‘rsatiladi. Agar 
ular birlashib ketgan bo‘lsa, raqam qavs ichiga olib qo‘yiladi. Ularning soni 10 
tadan 12 tagacha bo‘lsa, raqam ko‘rsatiladi. Unda ko‘p bo‘lsa, cheksiz alomati 
qo‘yiladi. 
Onalik 
tuguni 
yuqorida 
joylashgan bo‘lsa 
onalik 
sonining pastiga chizib qo‘yiladi. Agar onalik tuguni pastga joylashgan bo‘lsa, 
onalik sonining yuqorisiga chiziq qo‘yiladi. 
Gul qo‘rg‘oni oddiy bo‘lsa deb R xarfi qo‘yiladi. 
+ Sa4 So4 A44+2 U(2) -Butsimon gullilar, rediska, turup, karom 
+ Sa(5) So5 A U (3-5) g‘o‘za gulining formulasi. 
+ Sa5 So5 A U -Ayiqtovongullilar: sedana, ayiqtovon. 
To‘p gullar-sotsvetiye. Ko‘pchilik o‘simliklarning guli bir nechta bo‘lib gul 
to‘plamlarini tashkil etadi. To‘p gullarning shakllari bir necha xil bo‘ladi: 
1. Shingil- kist. Shingilga o‘xshash gul to‘plarida gulning o‘qida pastdan 
yuqoriga qarab gullari ochiladi. pastki gullarning bandi yuqori gullarnikiga nisbatan 
bir oz uzunroq bo‘ladi. Mas, butsimon gullilar oilasi: jag‘-jag‘, supurgi o‘t, 
gorchitsa. 
2. Qalqonsimon to‘p gul - shitok. Qalqonsimon to‘pgullar bir satxga 
joylashgan bo‘ladi. Chunki ularning gul o‘qidagi pastki gullari uzun bandli, 
yuqoridagi gullari esa qisqa bandli bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda gul o‘qidan o‘sib 
chiqqan gullar bitta satxni egallaydi: olma, do‘lana, nok. 
3. Oddiy boshoq-prostoy kolos. Oddiy boshoq shingilga o‘xshash to‘pgul. 
Lekin uning gullari gul o‘qida bandsiz joylashgan bo‘ladi, mas. zupturum, qiyoq 
o‘t. 
4. Murakkab 
boshoq-slojnыy kolos. 
Bunda gullarning asosiy o‘qi 
tarmoqlanib ketadi. Asosiy o‘qining tarmog‘ida ayrim boshoqlar joylashgan bo‘ladi. 
Mas. bug‘doy, arpa, suli. 
5. Oddiy soyabon-prostoy zontik. Oddiy soyabonda gul o‘qining yuqori 
tomonidan barobar bandli gullar o‘sib chiqib, 1 ta satxni egallaydi. Mas. olcha, 
piyoz, chesnok. 


6. Murakkab soyabon-slojnыy zontik. Bunda asosiy gul o‘qidan qo‘shimcha 
gul o‘qchalar o‘sib chiqadi. Bu gul o‘qcha-larda barobar bandli gullar joylashgan. 
Mas. sabzi, uk-rop, kashnich. 
7. Supurgi boshoq-metyolka. Bu tarmoqlanib ketgan shingildan iborat. Mas: 
uzum, siren, sholi, tariq, makkajo‘xorining otalik guli. 
8. So‘ta-pochatok. Sutada gul o‘q yo‘g‘on bo‘lib, yaxshi taraqqiy etgan, 
gullar esa gul o‘qiga bandsiz joylashgan. Sutani qoplag‘ich barglari o‘rab olgan. 
9. Boshcha-golovka. 
Boshchada 
gul o‘qining uchi kengaygan bo‘lib, 
bandsiz, gullari zich joylashgan bo‘la-di. Mas. yovvoyi beda-klever 
10. Savatcha-korzinka. Bunda gullar savatchaga to‘plangan bo‘ladi. Ularda 
gullarning uchi tarelka yoki plastinka o‘xshab o‘sgan bo‘ladi. Gullar shu gulning 
o‘qiga bandsiz o‘rnashgan. Mas. murakkabgullilar oilasi-qoqi o‘t, romashka. 
11. Kuchala-serejka. Kuchalada gul o‘qi ingichka bo‘ladi. Gullar gul o‘qiga 
bandi bilan joylashgan bo‘lib, pastga qarab osilgan bo‘ladi. Mas. yong‘oq, tol. 

Yüklə 175,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin