11
O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihasini amalga oshirish shartlariga
bog’liq holda investitsiya loyihasi hujjatlari quyidagicha izchillikda ishlab chiqiladi:
a) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA) - moliyalashtirish manbalari va
shartlarini
kelishish;
b) dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (DTIH) - moliyalashtirish manbalari va
shartlarini kelishish;
v) ishchi loyiha-tanlov hujjatlari.
3.4. Investitsiyalarning eksporti va importi.
Tobora kengayib borayotgan kapitallar bozorining baynalmilallashuv jarayoni
bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar o’rtasidagi kapital oqimi hajmining ortib
borishi bilan ajralib turadi.
Xalqaro kapitallar oqimi - bu ishlab chiqarish
omillaridan birining harakatidir. Bunda alohida tovar va xizmatlar boshqa
mamlakatlardagi ishlab chiqarishning iqtisodiy afzalligi tufayli o’sha tomonga oqib
o’tadi. Bu haqda bevosita va portfelь investitsiyalar hajmining umumiy o’sishi,
qisqa
va uzoq muddatli kreditlar hajmining ortishi, yevrovalyuta bozorlaridagi operatsiyalar
miqyosining oshib borishi va boshqalar darak beradi.
Xalqaro kapitallar migratsiyasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda yetakchi
o’rinlardan
birini egallar ekan, u o’z navbatida jahon xo’jaligi rivojiga sezilarli ta’sir
o’tkazadi. Bu ta’sir, avvalombor, kapitallar migratsiyasining jahon iqtisodiyotini
o’sish sur’atlarida o’z aksini topadi. Kapital ishlab chiqarishning kulay investitsiya
muhiti mavjud sohalarni izlab, chegaralarni kesib o’tadi. Xalqaro investitsiyalar
ko’pchilik mamlakatlar uchun ishlab chiqarishdagi kapital yetishmasligi muammosini
hal etish, investitsiya salohiyatini oshirish va iqtisodiy o’sish sur’atlarini tezlatish
imkonini beradi. Kapitalning chetga chiqishi xalqaro mehnat taqsimotining
chuqurlashuvi va rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatlararo kapitallar harakati ular o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar va hamkorlikni
mustahkamlaydi, ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvini
chuqurlashtiradi.
Kapitalni eksport kiluvchi mamlakatlar uchun kapitallar
migratsiyasi
quyidagicha salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin:
-chetga chiqarilayotgan kapital o’rnini qoplovchi xorijiy investitsiyalarni jalb
qilmaslik chetga kapital chiqaruvchi mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlarini
sekinlashtirishi mumkin;
-kapitalni eksport qiluvchi mamlakatlar uchun kapitalni chetga chiqarish ularda
bandlik darajasining pasayishiga olib keladi;
-chetga kapital chiqarish mamlakat to’lov balansiga salbiy ta’sir kiladi.
Kapitalni qabul qiluvchi mamlakatlar uchun esa quyidagi ijobiy tomonlar xos:
-boshqariladigan kapital importi mamlakat iqtisodiy o’sishiga
yordam beradi;
-jalb qilingan kapital qo’shimcha ish o’rinlarini yaratadi;
-xorijiy kapital yangi texnologiyalarni olib keladi, samarali menejment esa
mamlakatda ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT)ni tezlashtiradi;
-kapitalning kirib kelishi retsipient mamlakat to’lov balansining yaxshilanishiga
olib keladi.
12
O’z navbatida kapitalni jalb qilishning salbiy oqibatlari ham mavjud:
-xorijiy kapital milliy kapitalning o’rnini egallab, uni foyda normasi yuqori
tarmoqlardan siqib chiqaradi, natijada ma’lum sharoitlar ta’sirida mamlakat
iqtisodiyotining bir tomonlama rivojlanishi va uning iqtisodiy holati xavf
ostida
qolishi mumkin;
-kapital importi ko’pincha retsipient mamlakat bozorlarida o’z hayotiy tsiklini
o’tab bo’lgan tovarlarni o’tkazish bilan bog’liq, shuningdek, ishlab chiqarishdan
sifatsizligi aniqlanganligi bois olib tashlangan tovarlar bilan bog’liq bo’ladi;
-ssuda kapitali importi mamlakat tashqi qarzining ko’payishiga olib keladi;
-moliyaviy inqirozlar natijasida va fond bozorlaridan kapitalning oqib ketishi
mamlakat valyutasining barqarorligiga va umumiy moliyaviy-iqtisodiy
holatga jiddiy
zarar yetkazadi. Misol uchun 1997 yilda Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlarida yuz
bergan moliyaviy inqiroz va uning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: