bo’lib, u o’z ichiga falsafiy qarash-lar birga birga, aniq fan soha-lariga oid dastlabki
bilim-larni ham olgan. Shu tufayli falsafa o’z o’rinda
fanning vazifasini ham
bajargan. Jamiyat ishlab chiqarishi va kishilar amaliy faoliyatining rivojlanib borishi
bilan falsafa ham rivojlanib borgan. Natijada falsafadan asta-sekin bir qator fanlar
ajralib chiqa boradi. Falsafa tarkibida vujudga kelgan va undan keyinchalik ajralib
chiqqan mustaqil fanlar va falsafaning inson bilishidagi imkoniyatlarini taqqoslab
ko’rsak, falsafa bilan fan butun bilish tarixida cham-barchas bog’liq va
aloqadorlikda bo’lgani-ning guvohi bo’lamiz.
Falsafiy dunyoqarashning ilmiylik muammosi
antik davr falsafasidayoq
boshlangan edi. Bu narsa falsafaning o’ziga xos tub muammolarini aniqlashga borib
taqaladi.
Falsafa tarixida falsafaning o’ziga xos tub muammo-larini birinchi bo’lib
aniqlashga kirishgan mutafakkir Aristoteldir. Borliqning alohida konkret soha-lariga
oid bilimlardan farqli ravishda, u falsafani tub ma‘nodagi bor-liqning umu-miy
boshlang’ich sabablari va printsiplari to’g’risidagi ta‘limot, deb ta‘riflaydi.
Uningcha, borliqni bilishda falsafaning nazariy qudrati
xususiy konkret bilimlar
imkoniyatiga nisbatan o’lchab bo’lmas darajada buyukdir. Aristotel falsafani «fanlar
malikasi» deb boshqa bilim sohalarini uning kanizaklari sifatida unga xizmat qiladi,
ular falsafaga qarshi bir so’z ham ayta olmaydi, deydi. Falsafa va xususiy bilimlar
o’rtasidagi munosabatga bunday qarash ko’p asrlar davomida fayla-suflar ongida
saqlanib qoladi. Hatto Gegel kabi buyuk faylasuf ham Aristotel traditsiyasi yo’lidan
borib, falsafani «fanlar qirolichasi» yoki «fanlar fani» deb ataydi. Bunday
qarashning aks-sadosini hatto hozirgi kun-larda ham eshitish mumkin.
XIX asrga kelib alohida fanlar taraqqiyotining yangi boqichi boshlanadi, ular
yanada gurkirab rivojlana boshlaydi. Bu yangi bosqich
boshlangan bir sharoitda
alohida fanlarning buyukligi, falsafaning esa hech bir qimmati yo’qligi, falsafa o’z
qimmatini yo’qotib borayotganligi haqida har xil qarama-qarshi fikrlar paydo bo’la
boshlaydi. Bu davrga kelib, keng tarqalgan pozitivizm oqimi vakillari aniq fanlar
hech qanday falsafaga muhtoj emas, har bir aniq fan o’z-o’ziga falsafa, deyishadi.
Ular bu bilan falsafaning bilish imkoniyatlarini, uning ilmiy-ligini shubha ostiga ola
boshlaydi. Pozitivistlar
falsafa haqiqiy fan emas, deb e‘lon qiladilar. Ular alohida
fanlar to’liq rivojlangan yetuk bosqichda falsafaning dunyoni bilishga imtiyozli
da‘vogarligi yo’qoladi, falsafa fan bo’lmay qoladi, deyishadi. Bu noto’g’ri edi.
Potivizmning bu noto’g’ri qarashini o’z vaqtida tushunib yetmagan ko’pchilik
tabiatshu-noslar uning ta‘siriga berilib biz har qanday falsafdan voz kechamiz deb
chiqadilar. Biroq haqiqatda esa falsafadan voz kechish mumkin emas edi. Chunki
aniq fanlarning vazifalari
dunyo hodisalarini oddiy, shundaygina tasvirlash va
izohlashdan iborat bo’lmay, balki ularning sabab-larini ochib mohiyatini tushuntirib
berishi ham lozim edi. Buning uchun bu aniq fanlar nazariy tafakkurga muhtoj bo’lar
va nazariy tafakkursiz hech ish qilolmas edi. Nazariy tafakkur esa ilmiy
tushunchalardan, falsafiy kategoriyalardan iborat bo’lib,
u ijtioiy-tarixiy amaliyot
erishgan yutuqlar, falsafa va aniq bilimlarning tarixiy taraqqiyot natijasida, falsafa
va aniq fanlar tarixini o’rganish asosida hosil bo’ladi. Nazariy tafak-kurni esa faqat
falsafagina bera oladi.
Xullas, falsafa aniq fanlar kabi ilmiydir. U fan bilan birga vujudga kelib, fan
bilan birga rivojlangan. Falsafa ilmiylikning barcha mezonlariga javob beradi, ya‘ni
uning o’z ob‘ekti va predmeti bor, u jamiyatda aniq funktsiyalarni bajaradi, uning
bilimlari asoslangan, ob‘ektiv va sistemalidir. Shuning bilan bir qatorda bu-yuk
faylasuf Aristotel falsafa «fanlar malikasi» va nemis mutafakkiri Gegel aytganidek
falsafa «fanlar qiroli-chasi», «fanlar fani» deganidek
falsafa bugungi kunda kelib
ham fanlarning metodologik asosi vazifasini ham o’taydi.
Dostları ilə paylaş: