Toshkent viloyati Maktabgacha ta’lim
boshqarmasining 2022-yil 22-fevraldagi
24-sonli buyrug‘iga
3-ilova
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Barhayot qadriyatlar” haftaligini tashkil
etish bo‘yicha
TAVSIYA
1. Tashkiliy qism
“Barhayot qadriyatlar” haftaligini Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan
joriy yilning 14-25 mart kunlari o‘tkaziladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari “Barhayot qadriyatlar”
haftaligi doirasida
bayramona, milliylik ruhida
(o ‘zbek milliy ertaklari, afsonaviy qahramonlari, buyuk
bobolarimiz, qadimiy milliy m e’morchilik obidalari, mamlakatimiz tabiati, Vatan
timsollari asosida) badiiy-estetik did bilan bezatiladi.
Bunda maktabgacha yoshdagi bolalaming
yosh xususiyatlarini, ta’limiy,
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi xususiyatlarini inobatga olish, xavfsizlikga rioya etish
talab etiladi.
Bolalarda
insonparvarlik, o‘z Vatani va millatidan g‘ururlanish tuyg‘ularini
yuksaltirishga, milliy urf-odatlar, qadriyatlar, xalq o‘yinlari
haqidagi tasavvurlarini
kengaytirishga xizmat qiluvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
“Barhayot qadriyatlar” haftaligi doirasida tashkillashtirilgan tadbirlar, tanlovlar,
musobaqalarda bolaning tarbiyasi,
nutqi,
tasavvuri, fikrlashning rivojlanishiga
yordam berish, dunyoqarashini kengaytirish, bola shaxsining
axloqiy shakllanishiga
yordam berish, Ona yurtiga, millatiga muhabbat hissini uyg‘otish, o‘zaro mehr hissini
singdirish kabi g‘oyalar yetakchilik qilishiga erishish lozim.
Dostları ilə paylaş: