Avtomobilь transporti - XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo’lib, XX asr
50-yillaridan boshlab xalqaro transport tizimida asosiy o’rin tuta boshladi va
ijtimoiy-iqtisodiy xayotning xamda insonlar faoliyatining ajralmas tarkibiy
qismiga aylandi. Dunyo miqyosida avtomobil yo’llari tobora rivojlanib, sifat
jixatidan takomillashib bormoqda va o’ziga xos avtomobil yo’llari industriyasi
xam shakllanmoqda. Jami avtomobil yo’llari 25 mln.km.dan iborat bo’lib, buning
22 mln. km.qattiq qoplamga va 13 mln. km. takomillashgan yo’llardan iboratdir.
20
Mavjud avtomobil yo’llarining 50% AqSH, Xindiston, Rossiya, Yaponiya va
Xitoyga to’g’ri keladi. SHimoliy Amerika, Farbiy Yevropa va Yaponiyadagi
avtomobilь yo’llari g’oyat yuqori sifatli va infratuzilmalar bilan ta’minlanganlik
darajasi jixatidan oldingi o’rinda turadi. Jaxon avtomobil parki yildan-yilga
avtomobillar bilan mustaxamlanib bormoqda. Agar, 1980 yil jaxon avtomobil
parki 350 mln. avtomobilga ega bo’lgan bo’lsa, 1990 yil 400 mln. va XX asr
oxirida bu 500 mln.dan ortib ketdi. SHuningdek, aholining transport
xarakatchanligida, xalqaro yuk va yo’lovchi tashishda avtomobil transporti
xissasi ortib bormoqda.
Yaqin masofalarga yuk tashishning qulayligi va katta xajmda (50-100 t)
yuk tashuvchi ixtisoslashgan avtomobillarning yuzaga kelishi bilan xalqaro yuk
aylanmalarida xam (ayniqsa) 30-50 km. (masofalarga) avtomobilь transportining
xissasi ortib bormoqda.
Avtomobilь transporti bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlarda tez
rivojlanib bormoqda. Ammo, jaxon mamlakatlari o’rtasida AqSH, Germaniya,
Frantsiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Koreya Respublikasi,
Turkiya, Braziliya aloxida ajralib turadi. Bu mamlakatlarda avtomobilь yo’llari
xozirgi zamon talablariga mos bo’lib, bir tomonlama xarakat, ko’p polosali,
asfalьt va beton qoplamiga, qulayaylanmalarga xamda xizmat ko’rsatish
(mashinalarga texnik xizmat ko’rsatish, mexmonxona-kempinglar, ovqatlanish,
sog’liqni saqlash muassasalari) shaxobchalariga egaligi bilan ajralib turadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar o’rtasida avtomobilь
transporti rivojlanganlik darajasi jixatidan Rossiya, SHarqiy-Evropa mamlakatlari
ajralib turadi. Bu mamlakatlar avtomobilь parklarida yengil avtomobillarga
nisbatan yuk avtomobillari ko’pdir. Avtombilь yo’llarining uzunligi jixatidan
Rossiya, zichligi jixatidan xamda sifati jixatidan SHarqiy Yevropa mamlakatlari
aloxida o’rin tutadi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda «O’zDEU» avto
qo’shma korxonasi turli markadagi yengil avtomobillar, Samarqand shaxrida 12
modifikatsiyadagi turli yuk va yo’lovchi avtomobillari ishlab chiqarish yo’lga
qo’yildi. Avtomobilь yo’llari 115 ming.km. bo’lib, 3,2 ming. km xalqaro va 18,8
21
ming. km. davlat axamiyatiga egadir. O’zbekistonda Xitoy va Tinch okeaniga
chiqish imkoniyatini beradigan Toshkent-Andijon-O’sh-Ergashtom-qashqar-
SHanxay xalqaro avtomobilь yo’li qurilishi tugallanish arafasida bo’lsa,
Afg’onistonda tinchlikning qaror topishi Xind okeaniga chiqish imkoniyatini
beruvchi xalqaro Termiz-Xirot-Karachi avtomobilь yo’li qurilishining boshlanishi
ijobiy ta’sir qilishi mumkin.
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlarda
keyingi yillarda avtomobilь transporti tez rivojlana boshladi. Bu jarayon yirik
avtomobilь yo’llarining qurilishi xamda katta xajmdagi loyixalarni amalga
oshirish bilan bog’liq bo’ldi.
Keyingi yillarda yo’lovchi tashishda aholi xarakatchanligining o’sish
jarayoni va komfortlilikni ta’minlash katta axamiyat kasb etmoqda. g’arb
mamlakatlarida 40% ga yaqin yo’lovchi aylanmasi mexnat tashrifiga to’g’ri
kelsa, 70% dan ortiq tashrif shaxsiy foydalanishdagi yengil avtomobillarga to’g’ri
keladi. Turizm maqsadlaridagi yurishlar (shaxar atrofi va shaxar tashqarisiga)
aholida «sifat» o’zgarishlarni ta’minlashdan tashqari, kichik shaxarlar va kam
rivojlangan xududlarning iqtisodiy saloxiyatini o’sishiga olib kelmoqda.
SHuningdek, avtomobillashuv jarayoni komfortdan tashqari jamoat
transportidagi singari qat’iy xarakat grafigining yo’qligi, tasodifiy yo’lovchilar
bo’lmasligi, yo’nalishlarni erkin tanlash kabi qator qulayliklar bilan bog’liqdir.
Xatto benzin narxining yuqorilab borishi xam avtomobillashuv sur’atlariga ta’sir
etmadi. (AqSHda 1 kishiga 600 avtomobilь, Farbiy Yevropada 400-500,
Rossiyada - 100) va 100 km.ga sarflanadigan benzin sarfini qisqartirish jarayoni
amalaga oshirildi.
Avtomobillashuv urbanizatsiya jarayoni bilan chambarchas bog’liq bo’lib
uning yanada rivojlanishiga olib kelmoqda. Ayni vaqtda urbanizatsiyaning yangi
shakllari sub-, konurbanizatsiya, aglomeratsiyalarning shakllanishi aholining
avtomobillashuvini yanada kuchaytirmoqda.
Xozirgi zamon urbanizatsiya jarayoni shaxar va shaxar atrofi yo’lovchi
aloqalarining rivojlanishi bilan bog’liq. Keyingi 25 yilda AqSHda shaxar
22
atroflaridan shaxar markazlariga tashrif 35% dan 10% ga qadar qisqardi. Yevropa
Ittifoqi mamlakatlarida esa o’rtacha - 50% shaxarlararo aloqalar yengil
avtomobillarda (2% yayov, 20% avtobus, tramvay va metropoliten, 15%
velosiped va moped), 3% shaxar temir yo’llari orqali amalga oshirilmoqda.
Mutaxassislar
xisob-kitoblariga
ko’ra
informatika
vositalarining
rivojlanishi bilan ish yuzasidan tashriflarga bo’lgan extiyojning 20-25%, maishiy
tashriflar - 50% ga qadar qisqarishi mumkin.
quvur transporti, neftь va tabiiy gaz zaxiralarini xududiy joylashishi, uni
qazib chiqarish va iste’mol o’rtasidagi farqlarni yaqqol ifoda etadi. Dunyo
bo’yicha neftь va neftь maxsulotlari quvurlari 680 ming km, gaz quvurlari esa 1,1
mln.km.dan ortdi. quvur transporti neftь va neftь maxsulotlari xamda tabiiy gaz
tashishda boshqa transport vositalariga nisbatan bir qator qulayliklarga egadir. Bu
qulayliklar avvalo neftь va neftь maxsulotlarini isrof bo’lishining oldini oladi,
iste’mol rayoniga bir xil va doimiy kelib turishini ta’minlaydi, atrof-muxitni
ifloslanishini sezilarli darajada kamaytiradi. Magistral neftь va gaz quvurlari
ayniqsa, AqSH, Rossiya, Markaziy Osiyo respublikalari (O’zbekiston va
Turkmaniston), Kanada, Meksika, Yaqin SHarq mamlakatlari, Farbiy Yevropa
mamlakatlarida rivojlangandir.
Neftь quvurlari asosan neftь qazib chiqaruvchi rayonlar bilan port
shaxarlarni bog’laydi. Yaqin SHarq mamlakatlaridagi neftь qazib chiqaruvchi
rayonlardan port shaxarlarga neftь quvurlari tortilgan. Farbiy Yevropada esa port
shaxarlardan neftni qayta ishlovchi va uni iste’mol qiluvchi rayonlarga neftь
quvurlari tortilgandir. AqSH neftь quvurlari ichki extiyojlari uchun xizmat qiladi.
Rossiya deyarli barcha SHarqiy Yevropadagi mamlakatlarni (Ruminiyadan
tashqari) va Farbiy Yevropadagi mamlakatlarni, Ukraina va Belorusni neftь va
tabiiy gaz bilan «Do’stlik» va «qardoshlik» neftь va tabiiy gaz quvurlari orqali
ta’minlab turadi.
SHuningdek, yuk tashish ishonchliligini oshirish maqsadlarida xalqaro
axamiyatga molik transport kommunikatsiyalari bilan barobar ishlaydigan
ikkinchi aloqa vositalari qurish orqali «qaynoq nuqta» larni aylanib o’tilmoqda.
23
Jumladan, Suvaysh va Panama kanallariga paralel ravishda yirik neftь quvurlari
barpo qilindi. O’rta SHarqda Eron tomonidan nazorat qilinadigan Ormuz
bo’g’ozidan tankerlarni o’tkazishdan qochib, Saudiya Arabistonini Yanbu (qizil
dengiz) bilan bog’laydigan Transarab neftь quvuri qurildi. Suvaysh kanalidan
o’tmaslik
maqsadida
Sudan-Kamerun
Transafrika
neftь
quvuri
loyixalashtirilmoqda. Erkin xarakat qilish maqsadida Tansport turlarini
birlashtirish jarayoni Farbiy Yevopada Janubiy va SHimoliy quvurlar tizimining
qo’shilishi, La-Mansh bo’g’ozi ostidan «Evrotunnel» ning ochilishi Yevropa gaz
quvuri «xalqa» sini tashkillashga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: |