Qurilishda axborot texnologiyalari fanidan
Hisob grafik ishini bajarish uchun masalalar to’plami
Topshiriq №1: Quyidagi chiziqli masalalarni Python tilida dasturini tuzing:
1-masala. Kvadratning tomoni a berilgan. Uning perimetri P=4*a va yuzasi S=a
2
ni hisoblash
dasturini tuzing.
2-masala. Kubning yon tomoni a berilgan. Uning hajmini V = a
3
va to‘la sirti S=6*a
2
ni
hisoblash dasturini tuzing.
3-masala. Paralelepepidning tomonlari a, b, с berilgan. Uning hajmini V = a*b*c va to‘la sirti
S = 2*(a*b+b*c+a*c) ni hisoblash dasturini tuzing.
4-masala. Nolga teng bo'lmagan ikkita son berilgan. Ularning yig‘indisini, ko‘paytmasini va har
birining modulini hisoblash dasturini tuzing.
5-masala. Umumiy markazga ega bo‘lgan ikkita aylana radiusi berilgan: R1,R2 (R1>R2).
Ularnig yuzalari S1 va S2, ularning ayirmasi S3 ni hisoblash dasturini tuzing. S1 = π R1
2
, S2=
π R2
2
, S3 = π (R1
2
- R2
2
) . π ning qiymatini pythondan oling.
6-masala. Aylananing uzunligi L berilgan. Uning radiusi R va yuzasi S ni hisoblang dasturini
tuzing. L = 2* π *R, S = π R
2
, π ning qiymatini pythondan oling.
7-masala. Aylananing yuzasi S berilgan. Uning diametri D va radiusi R ni hisoblash dasturini
tuzing. L = 2* π *R S = π R
2
, π ning qiymatini pythondan oling.
8-masala. Sonlar o‘qida А, В, С nuqtalar berilgan. AC va BC kesmalarning uzunligini va
kesmalar uzunligining yig‘indisini hisoblash dasturini tuzing.
9-masala. Sonlar o‘qida А, В, С nuqtalar berilgan. С nuqta A va В nuqtalar orasida joylashgan.
AC va BC kesmalar uzunligining ko‘paytmasini toping va dasturini tuzing.
10-masala. To‘g‘ri to‘rtburchakning qarama-qarshi uchlari koordinatlari berilgan. Uning
tomonlari koordinata o‘qiga parallel. To‘g‘ri to‘rtburchakning perimetri va yuzasini hisoblash
dasturini tuzing.
11-masala. Uchburchakning uchta tomoni uchlari koordinatalari berilgan: (x1,y1), (x2,y2),
(x3,y3). Ikki nuqta orasidagi masofani topish(uchburchakning tomonlari uzunliklari) dasturini
tuzing.
12-masala. A, В va С sonlari berilgan. A ning qiymati В ga, В ning qiymati С ga va С ning
qiymati A ga almashtirilsin. A, В va С ning yangi qiymatlarini ekranga chiqaruvchi dastur
tuzing.
13-masala. x ning qiymati berilganda y=3x
6
-6x
2
-7 funksiyaning qiymatini hisoblash dasturini
tuzing.
14-masala. x ning qiymati berilganda y=4(x-3)
6
-7(x-3)
3
+2 funksiyaning qiymatini hisoblash
dasturini tuzing.
15-masala. A soni berilgan. A ning A
2
, A
3
, A
5
,A
10
, A
15
darajalarini aniqlovchi dastur tuzing.
16-masala. Temperatura T
F
Farengeytda berilgan. Temperatura qiymatini T
C
gradus selsiyga
o‘tkazuvchi dastur tuzing: T
C
=(T
F
-32)*5/9.
17-masala. Temperatura T
C
gradus selsiyda berilgan. Temperatura qiymatini T
F
Farengeytga
o‘tkazuvchi dastur tuzing: T
C
=(T
F
-32)*5/9.
18-masala. X kg shokolad A so‘m turadi va Y kg konfet В so‘m turadi. 1 kg shokolad 1 kg
konfetdan qancha qimmat turishini aniqlovchi dastur tuzing.
19-masala. Qayiqning tezligi V km/soat, daryo oqimining tezligi U km/soat (V>U) Qayiqning
daryo oqimi bo‘yicha xarakatlanish vaqti T1, oqimga qarshi T2 Qayiqni yurgan S yo‘lini
aniqlovchi dastur tuzing.
20-masala. Birinchi avtomabilning tezligi V1 km/soat, ikkinchisiniki V2 km/soat, ular orasidagi
masofa S km. Ular biri-biri tomonga harakatlana boshlasa T vaqtdan keyin ular orasidagi
masofani aniqlaydigan dastur tuzing.
21-masala. Uch xonali son berilgan. Uning raqamlarini teskari tartibda yozishdan hosil bo'lgan
sonni aniqlovchi program tuzilsin.
22-masala. Uch xonali son berilgan. Uning chapdan birinchi raqamini o’chirib o'ng tarafiga
yozishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin.
23-masala. Uch xonali son berilgan. Uning o'ngdan birinchi raqamini o’chirib chap tarafiga
yozishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin.
24-masala. Uch xonali son berilgan. Uning o'nliklar xonasidagi raqam bilan yuzliklar
xonasidagi raqamni almashtirishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin. (Kirish
=123; Natija = 213)
25-masala. Uch xonali son berilgan. Uning o'nliklar xonasidagi raqam bilan birliklar xonasidagi
raqamni almashtirishdan hosil bo'lgan sonni aniqlovchi programma tuzilsin. (Kirish =123;
Natija = 132)
26-masala. 999 dan katta bo'lgan son berilgan. Bir marta bo'lib butunni va bo'lib qoldiqni olish
operatsiyasidan foydalanib berilgan sonni yuzliklar xonasidagi sonni aniqlovchi programma
tuzilsin.
27-masala. 999 dan katta bo'lgan son berilgan. Bir marta bo'lib butunni va bo'lib qoldiqni olish
operatsiyasidan foydalanib berilgan sonni mingliklar xonasidagi sonni aniqlovchi programma
tuzilsin.
28-masala. Kun boshidan boshlab N sekund vaqt o'tdi. Kun boshidan boshlab qancha minut
to’la o'tganligini aniqlovchi programma tuzilsin.
29-masala. Kun boshidan boshlab N sekund vaqt o'tdi. Kun boshidan boshlab qancha to’la soat
o'tganligini aniqlovchi programma tuzilsin.
30-Uch xonali son berilgan. Uning raqamlar yig'indisini aniqlovchi programma tuzilsin.
Dostları ilə paylaş: |