bo‘lishiga dastlab ob-havo, tabiat va tug‘ma omillardan tortib iqtisodiy, madaniy va
genderlargacha bo‘lgan ijtimoiy omillar ham sabab bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlaydi.
Ekologik yondashuv Z.Freyd nuqtai nazariga o‘xshash bo‘lgan agressiyaga
evolyusion yondashuv tarafdori K.Lorens tadqiqotlarida yangicha mazmun kasb etdi.
Lorensning fikriga ko‘ra, tajovuzkorlik, barcha jonzotlarda bo‘lgani kabi, insonda
ham mavjud bo‘ladi. U yashash uchun kurash instinktiga asoslanuvchi agressiv
energiya organizmda uzoq vaqt davomida muntazam yig‘ilib borib, uzluksiz
ravishda, qo‘qqisdan paydo bo‘ladi deb hisoblagan. Shu tariqa, aniq tajovuzkor xatti-
harakat quyidagi ikkita vazifani bajarish natijasida yuzaga keladi:
1. Jamlangan tajovuzkor energiyaning miqdori;
2. Agressiyani bo‘shashini yengillashtiruvchi stimullarning mavjudligi.
Tajovuzkorlik nazariyasining fundamental tadqiqotlari aynan K.Lorensga
tegishlidir.
Birinchidan, u hayvonlardagi o‘z turdoshlariga nisbatan tajovuzkorlikni
zararli emas, balki turning saqlanib qolishi uchun foydali, deb hisoblagan.
Agressiyani turni saqlanib qolishi uchun lozim bo‘lgan tabiiy instinkt sifatida
anglash, uning xavfini tushunish imkonini beradi. Uning xavfi kutilmaganda yuz
berishidadir. Aksariyat sotsiolog psixologlar o‘ylaganlaridek, agressiya tashqi
ta’sirlarga bog‘liq bo‘lmaydi.
Ikkinchidan, Lorensning fikriga ko‘ra, guruh a’zolari
bir-birlari bilan qanchalik yaqin bo‘lsalar, qanchalik bir-birlarini tushunsalar hamda
yaxshi ko‘rsalar, agressiya shunchalik xavfli bo‘ladi.
Uchinchidan, Lorens tajovuzkorlikka qarshi ijtimoiylashuvning quyidagi
usullarini ko‘rsatdi: almashtirish, hujum mo‘ljalini o‘zgartirish. Lorens buni
evolyusiya natijasida erishilgan ajoyib ixtiro, tajovuzni xavfsiz yo‘nalishga burib
yuborish vositasi deb yozgan.
Sherer ham, modomiki agressiya instinkt ekan, uni
boshqa faoliyat bilan almashtirish lozim deb hisoblagan. Shu o‘rinda an’analarning
jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqidagi Lorens g‘oyalari diqqatga sazovor. Xususan, u
o‘zining dastlabki kommunikatsiya vazifasini o‘zgartirib, yangi ikkita vazifani
bajarishga kirishadi: agressiyadan saqlanish hamda bir tur a’zolari ichidagi aloqalarni
saqlab qolish. Uchinchi muhim vazifasi bir turni qobiq ichida saqlab, boshqa
turlardan himoyalash. Bu bugungi kundagi me’yorlarning aniq ifodasidir. Ijtimoiy
me’yorlar va an’analarning mustahkamligi eng dahshatli
urush - dinlararo urushga
olib kelishi mumkin va bu bugungi kunda bunday holat kuzatilmoqda.
Kundalik hayotda ishlatilayotgan tushuncha bilan ilmiy atama har doim ham
bir-biriga mos kelavermaydi. Kundalik hayotda agressiya deganda biz ko‘proq
adolatsiz, asossiz hujumni tushunamiz. Etiologiyada agressivlik tushunchasi g‘azab,
jahl, nafratni anglatadi. U hech qanaqa, ijobiy ham salbiy ham ko‘rinishga ega emas.
Bu ta’rifni K.Lorens «G‘azab: agressiv xulq-atvorning tabiiy tarixi» nomli kitobida
keltirib o‘tadi. Agressiya ko‘pincha hujum qilganda ko‘zga tashlanadi, biroq
g‘azabsiz hujumni etiologlar agressiya deb atamaydilar. Tabiatda bir tur ikkinchi
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1738
turga hujum qiladi. Bo‘ri quyonga hujum qilsa, agressiya emas, ov hisoblanadi. Shu
kabi, ovchining o‘rdak otishi yoki baliqchining qarmoq tashlashi agressiya emas.
Chunki ular o‘ljaga nisbatan qo‘rquv, g‘azab yoki nafrat hissini tuymaydi.
Agressiv
xulq-atvorni esa, ushbu tuyg‘ular yuzaga keltiradi. Bir hayvon ikkinchisining jahlini
chiqarsa yoki xavf tug‘dirsa (o‘ziga, hududiga, uyiga, bolalariga) yoki shunchaki
notanish hamda shubhali ko‘rinsa, agressiyaga duch keladi. Agressivlik hayvonlarda
hudud bilan bog‘liq ravishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu holat Govard
tomonidan 1920 yilda kashf qilinganidan so‘ng, ma’lum bo‘ldiki, bu holat juda keng
tarqalgan ekan. Ko‘p hayvonlar o‘z hayotlarining bir bo‘lagi sifatida o‘z hududlarini
qattiq himoya qiladilar. Hududlar ayrim hayvonlarda, ko‘proq yovvoyi hayvonlarda,
individual bo‘lsa, aksar hayvonlar to‘da yoki podaning umumiy hududiga egadirlar.
Agar biron bir hayvonga tegishli hududga boshqasi, o‘sha turning vakili bo‘lsa ham,
tashrif buyuradigan bo‘lsa, xo‘jayinning qarshiligiga uchraydi va bu qarshilik
hududning markaziga yaqinlashgan sari ortib boraveradi. Aksincha,
boshqa hayvon
hududida agressivlik pasayib, begona hayvon qochishga harakat qiladi (Buni yaxshi
bilgan hayvon o‘rgatuvchilar qafasga birinchi bo‘lib o‘zlari kiradilar. Ikkinchi bo‘lib
kirgan hayvon qafasni hayvon o‘rgatuvchining hududi sifatida qabul qiladi va uning
agressivligi yo‘qoladi). Aslida esa, hayvonlarda hudud agressiya natijasida yuzaga
keluvchi tushunchadir. Lorensning fikriga ko‘ra, agressivlik oddiy instinktdir (barcha
biologlar ham bu fikrga qo‘shilavermaydilar). Buni isbotlash uchun u va uning
xodimlari bir qator tajribalar o‘tkazganlar. Ular hayvonlarni turdoshlaridan alohida
saqlab, ularda agressivlik o‘rganish
orqali emas, tug‘ma mavjud bo‘lishini
isbotlaganlar. Masalan, alohida saqlangan sichqonlar va kalamushlar o‘zlarini
turdoshlariga qaraganda agressivroq tutishgan. Ular o‘z turdoshlariga ham darhol
hujum qilganlar, bunda ular o‘z turiga xos usullarni qo‘llaganlar. Agressiya doimo
qo‘rquv bilan birga yuradi, qo‘rquv har doim agressiyani yuzaga keltiradi. Buni turli
hayvonlarda olib borilgan tajribalar ko‘rsatib bergan. Agar hayvonlar qo‘rqitiladigan
bo‘lsa, ular agressivroq bo‘lib qolishgan. Bu insonlar to‘dasi yoki butun jamiyatda
ham kuzatilishi mumkin. Agressivlik eng xavfli holatdir.
Dostları ilə paylaş: