zararlarini, shu jumladan boy berilgan foydasini to‘lash;
qishloq xo‘jaligi ekinlari va daraxtlarni sug‘orish uchun ajratilgan limitlarga
muvofiq qonunchilik
hujjatlarida belgilangan tartibda suv berilishini ta’minlash;
Ijaraga oluvchining qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya qilish.
Ijaraga beruvchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘ladi.
V. Ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari
10. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
yer uchastkasidan belgilangan maqsadlarda foydalanish hamda mustaqil ravishda ish yuritish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari va daraxt ko‘chatlariga, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga va uni
sotishdan olingan daromadlarga egalik qilish;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni belgilangan tartibda qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish
maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga uchinchi shaxslarga berish huquqisiz
ikkilamchi ijaraga berish;
yer uchastkasida mavjud bo‘lgan keng tarqalgan foydali qazilmalar, o‘rmonzorlar, suv ob’ektlaridan
xo‘jalik ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish, shuningdek yerning boshqa foydali xossalarini
ishga solish;
sug‘orish,
yerlarning zaxini qochirish, texnik va boshqa meliorativ ishlarni belgilangan tartibda
amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini, daraxtlarni sug‘orish va boshqa maqsadlar uchun sug‘orish manbalaridan
limitlarga muvofiq suv olish;
yerlar olib qo‘yilgan taqdirda o‘ziga yetkazilgan zararlarni, shu jumladan boy berilgan foydani Ijaraga
beruvchidan belgilangan tartibda talab qilish.
Ijaraga oluvchi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.
11. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:
yer uchastkasining ixtisoslashuvini mazkur Shartnomaning 1-ilovasida ko‘rsatilan yo‘nalishga
muvofiq saqlash,
shuningdek, yer uchastkalari 10 yil muddatga ijaraga berilgan hollarda ko‘p yillik
daraxtzorlar barpo etmaslik;
yerdan uning belgilangan maqsadiga muvofiq oqilona va samarali foydalanish, tuproq unumdorligini
oshirish, ishlab chiqarishning tabiatni muhofaza qiluvchi va tejamkor texnologiyalarini qo‘llash, o‘z xo‘jalik
faoliyati natijasida hududdagi ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
ishlayotgan irrigatsiya va meliorativ tarmoqlarni, muhandislik kommunikatsiyalarini
soz holatda
saqlash;
yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kompleks tadbirlarni
amalga oshirish;
yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lash;
boshqa yer egalari,
yerdan foydalanuvchilar, yerni ijaraga oluvchilar va yer uchastkalari
mulkdorlarining huquqlarini buzmaslik;
belgilangan shakllardagi hisobotlarni vakolatli organlarga o‘z vaqtida taqdim etish;
boshqa
yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, yerni ijaraga oluvchilarga va yer uchastkalari
mulkdorlariga yetkazilgan zararni belgilangan tartibda to‘lash;
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini (uch yil ichidagi o‘rtacha yillik hisobda) yerlarning
normativdagi kadastr bahosidan past bo‘lmagan darajada bo‘lishini ta’minlash;
o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquq (servitut)laridan
foydalanishini
ta’minlash;
ochiq elektron tanlovda
er uchastkalarini ijaraga olish bo‘yichao‘z zimmasiga olgan majburiyatlar
va kelgusidagi rejalarni o‘z muddatlarida bajarish.
Ijaraga berilgan yerlardan boshqa maqsadlarda foydalanilishi amaldagi qonunchilik hujjatlarida
nazarda tutilgan barcha kelib chiqadigan oqibatlari bilan birgalikda ijara shartnomasining qo‘pol ravishda
buzilishi hisoblanadi.
Ijaraga oluvchi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham egadir.
Dostları ilə paylaş: