Elektron ta’lim resurslari – bu muayyan fan bo’yicha yaratilgan elektron o’quv
qo’lanma, elektron ko’rsatmalar, elektron ma’lumotnomalar, lug’atlar
virtual stendlar,
multimediali vositalar va boshqa elektron nashrlar majmuasidir.
Elektron nashr – bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, mustaqil, video –
foto va boshqa
axborot obyektlari majmuasidan iborat bo’lib, ular elektron axborot tashuv vositalari yoki
kompyuter tarmog’i orqali taqdim etishga mo’ljallangan.
Elektron o’quv nashri – bu ta’lim oluvchilar tomonidan egallashi lozim bo’lgan
bilimlar,
ko’nikmalar va malakalarni ijodiy va faol ravishda o’zlashtirishiga ko’maklashuvchi nashr
bo’lib, u ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o’quv materialini o’z
ichiga oladi.
Elektron uslubiy qo’lanma – bu ta’lim – tarbiya jarayonidagi pedagogik tajribani
(amaliyotni) umumlashtirish va uzatish hamda ta’lim – tarbiyaviy
faoliyatining yangi
modellarini shakllantirish va tarqatishga mo’ljallangan nashr.
Elektron o’quv qo’llanma – bu muayyan fanning o’quv rejasidagi vaqt va o’quv
dasturidagi ma’lumot hajmini qisman yoki to’liq qamragan va fanni o’rganishga tegishli
ma’lumotni to’liq adaptasiya qila olgan masofaviy o’qitish va mustaqil o’rganish uchun
mo’ljallab tayyorlangan nashr. O'quv maqsadli elektron vositalarni
yaratish mutaxassis
tomonidan amalga oshiriladi, ammo undan samarali foydalanish
pedagog tomonidan amalga
oshiriladi. Ushbu didaktik materiallarning talabalarga bekamiko’st yetkazib berilishi uchun
pedagok uchun erganomik shart-sharoitlar yaratilgan bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: