Samarqand davlat arxitektura-qurilish


Oliy ta’lim sifati va hammabobligini takomillashtirish



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/110
tarix27.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#103602
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110
Samarqand davlat arxitektura-qurilish

Oliy ta’lim sifati va hammabobligini takomillashtirish.  Oliy ta’lim tizimida axborot va
kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish, asosiy ikki an’anaviy yo’nalishda olib boriladi.
Birinchisi- ta’limni hammabobligini ta’minlashda bu texnologiyalardan foydalanish imkoniyati,
bu ta’lim tizimiga boshqa usulda umuman ta’lim olishning iloji bo’lmagan shaxslarni kiritish
yo’li bilan amalga oshiriladi. Shuni aytib o’tish lozimki, bunday distant masofali ta’lim berish
shakli ko’pgina e’tirozga duch keladi. Ularga qarshi bo’lganlarning e’tirozlari to’ppa to’g’ridir,
ya’ni bo’lajak talabalar haqiqiy sifatli ta’lim olish uchun zarur bo’lgan barcha narsalardan
maxrumdirlar: laboratoriyadagi ishlardan, ilmiy kutubxonalarga kirishdan, o’qituvchi va boshqa
talabalar bilan seminarlar, boshqa o’quv jarayonlar va norasmiy sharoitdagi muloqotlardan.
Ikkinchi yo’nalish- axborot texnologiyalari yordamida nimani o’qitish va nimaga o’qitishni
o’zgartirish uchun, ya’ni, an’anaviy yuzma-yuz o’qitish shakli doirasida o’qitish mazmuni va
usulidan foydalanish ko’zda tutilgan. Ammo, bu yerda ilg’or texnologiyalarni tadbiq etish
natijasida, ko’pincha asosiy ommaning tayyorlash darajasiga qaraganda, bilimdon, faol va
layoqatlik talabalarga qo’shimcha imkoniyat yaratish bilan bog’liq bo’lgan juda ham qaltis
muammo yuzaga keladi. Bunday vaziyat, masalan, foydalanilayotgan texnologiya ta’lim
sistemasi uchun moslashtirilmagan bo’lishi va unda ishlash maxsus tayyorgarlikni talab qilishi
bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Boshqacha aytganda, amalda ta’lim berish tizimida axborot


texnologiyalarni tadbiq etish, bilim olishning hammabobligini yoki saralangan talabalar bilimi
sifatini oshirishga yordam beradi. Ayni vaqtda jamiyatning talabi tabiiy, ya’ni hammabob va
sifatli bilim olishdadir. Haqiqatdan, bilim olishning hammabobligi va sifati o’rtasida
qaramaqarshilik mavjud ekanligi tushinarlik. Asosiy ta’lim resurslari doimo qat’iy
chegaralangan miqdorga va ma’lum pul ekvivalentiga ega bo’ladi: auditoriya joylari, ilmiy
kutubxonadagi kitoblar, laboratoriya jihozlari, malakali o’qituvchilar. Nima afzal- bu resurslarni
jamlashmi yoki tarqatib yuborish, sifatni yaxshilashmi yoki bilimni hammabobligini ta’minlash?
Yoki ko’p sonli talabalarning har birini kerakli ta’lim resurslari bilan ta’minlash uchun, ta’lim
olish narxini juda balandga ko’tarish kerakdir? Bir qarashda ta’limni rivojlantirishning xuddi
shunday yo’li mavjuddir.
Lekin, ta’limni hammabobligini va sifatini yaxshilashni birga amalga oshirish yo’li ham
mavjuddir, tarixda kamida ikkita shunday revolyutsiya bo’lgan. Ammo muammo shundan
iboratki, har qanday revolyutsiyada, biror narsa ko’pchilik uchun hammabobroq bo’lsa, kimdir
bu narsadan ayriladi. Sifat va hammaboblikda ham xuddi shunday- biror bir yo’nalish
yaxshilansa, ikkinchi yo’nalish yomonlashadi.
Oldingi ikki revolyutsiya bir vaqtning o’zida ta’lim berish imkonini kengaytirib, yangi
vositalarni kiritib va uning tuzilishini o’zgartirib tizim shakliga keltirildi. Quyidagilarga o’tildi:
Sokrat davridagi og’zaki dialogdan- o’qish va yozuvni ichiga olgan ta’lim shakliga keltirildi.
Ilk o’rta asr davridagi mustaqil o’quvchilarga, o’zlari xohlagan vaqtda bilim beradigan
mustaqil olimlardan – bir tartibga kelgan, ya’ni olim va talabalar universitetda, kolledjda
birgalikda ishlaydigan, o’qituvchilar esa, o’quvchilariga maktab ichida bilim beradigan yangi
ta’lim tuzilishiga o’tildi. Ko’z odimizga keltiraylik, bir murabbiy bir kichkina guruh
o’quvchilariga og’zaki tushuntirish va muzokara orqali ta’lim berayapti.Endi o’sha pedagog
ta’lim olyotgan (talaba yoki o’quvchi) shaxsga yozuv va o’qish orqali bilim berayapti.
Shubhasiz, ikkinchi usul bilim olishni hammabobligini oshiradi. O’qituvchining so’zlari va
fikirlari endi nafaqat o’sha vaqtda, o’sha yerda hozir bo’lgan kichik guruhdagi o’quvchilarga,
balki boshqa o’quvchilarga ham yetib keldi. Yuzlab o’quvchilar, hatto yuz millionlab
o’quvchilar Platonning o’limidan keyin, ming yillar o’tsa ham uni asarlarini o’qib, o’rgandilar.
O’qish, yozish va shubhasiz, undan keyin ixtiro qilingan bosma stanok, pedagog va o’quvchilar
o’rtasidagi masofa ma’lum darajada ortsa ham, bilim oluvchilar sonini oshishiga asos bo’ldi.
Distantli ta’lim olish, o’qituvchi o’quvchiga birinchi bor qo’lyozmani berib, “bor, o’qib kel”
degan kunidan paydo bo’lgan desak yanglishmaymiz.
Bunday “masofa”ga asosan, har bir o’qishni biladigan o’quvchi ko’proq fanlarni o’zlashtira
oladigan bo’ldi. Har bir fan doirasida o’quvchilar katta hajmda fikrlar, muhokama, naql va
asoslarni o’rganish imkoniga ega bo’ldilar. Qiziqarligi shundan iboratki, mantiqqa zid ravishda
bunday muloqot o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqotni yaxshilanishiga turtki bo’ldi. Endi
o’quvchining oladigan bilimi uchun faqat o’qituvchi bevosita javobgar bo’lmay qoldi. Chunki,
hyech bir o’quvchi yoki talaba o’zining o’qituvchisi bilan teng huquqda muloqatda bo’la
olmaydi, kitob yoki qo’lyozmani o’qiyotgan o’quvchi, o’qituvchining yoki kitob muallifining
savolini izohlashga shoshmasligi mumkin, balki berilgan savolga shoshmasdan, o’ziga kerakli
sur’atda to’g’ri javobni qidirishi mumkin. Avval yozib olingan yozuvlar hamda o’qish orqali
o’quvchi va talabalar uchun seminarlarga tayyorlanishlar ularning og’zaki fikr almashinuvini
o’stirishga ham yordam beradi. Ammo bunday afzalliklar ta’lim bahosini oshishiga ta’sir
ko’rsatdi.
Anchagina talaba va o’quvchilar olimlar bilan fikr almashishga sazovor bo’lsalar ham, faqat
o’qish orqali barcha narsalarni tushinib olinishi va shunga muvofiq to’g’ri ta’lim olishi ham
kafolatlanmagan o’quvchilar soni anchagina edi, chunki muallifning fikrini hamma ham to’g’ri
tushunganligini o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqotsiz bilib olish mumkin emas. Savodi
bo’lmaganlar ham bilim olish imkonidan mahrum edilar, chunki ular kitob va qo’lyozmani
o’qish orqali o’quvchi bo’la olmas edilar. Madaniyatning yuksalishi asosida, ta’lim olishning
hammabobligi va sifati darajasining oshishi bilan bog’liq bo’lgan yutuqlar, yuqoridagi salbiy
tomonlarni bosib ketdi.


Taxminan birinchi revolyutsiyadan ikki ming yillardan keyin, ikkinchi revolyutsiya,
o’qituvchi va o’quvchilarning barcha ilmiy resurslarini birgalikda to’pladi. Leksiya zallari va
kutubxonalar – o’sha mexanizmning asosini tashkil etadi, bular ta’lim olishning hammabobligi
va sifati darajasini oshirishga turtki bo’ldi, chunki intelektual resurslar nafaqat to’plandi balki,
ularning saqlanishi va rivojlanishiga xizmat ko’rsatadigan maxsus tuzilishga ega bo’ldi va bunda
ilmiy izlanishlar xamda bilim olish chambarchas chatishib ketdi. Ta’lim olish endi na faqat joy
bilan balki, bilim olish vaqti bilan qattiq bog’landi va bu bog’liqlik jamoat ijodi bilan birga
qo’shilib, bizning ilmiy izlanish ishlari va bilim olishning o’zaro bog’liqligini tashkil etish
haqidagi tasavvurimizga jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Oliy ta’lim davlat ahamiyatiga ega bo’ldi,
universitet shaharchasi degan tushuncha paydo bo’ldi. Albatta bunday o’zgarishlar o’z bahosiga
ega edi. Ta’limning hammabobligini prinsipial ortishi bilan birga, kimdir ta’lim ola olmaydi,
chunki masalan, ilmiy kuchlarning universitet shaharchasidagi zich joylanishi, joylardagi ilmiy
maktablarning tugatilishiga sabab bo’ldi. Katta auditoriyalardagi leksiya shaklidagi ishlarni
ommalashtirish bilan bog’liq bo’lgan o’qitishda muammolar yuzaga keldi: talabalarning
sustkashligi, lektorning eshituvchilar bilan aloqasini yo’qolishi kabi.
Ta’limni axborotlashtirishdagi o’zgarishlarni “uchinchi” revolyutsiya” deb atash mumkin
bo’lsa, uni birinchi va ikkinchi revolyutsiyaga o’xshashligi ochiq oydin ko’rinib turibdi. Bu
uchinchisida, ta’limning hammabobligi va sifatini takomillashtirishning barcha alomatlari
ko’rinib turibdi:
1) Axborotning taqdim qilishning yangi shakli. Shubhasiz avval yozib olingan yoki ayni
vaqtdagi o’zida na faqat matnni, balki grafik tasvirni, animasiyani, ovoz va videofragmentlarni
ifodalagan Multimedia axboroti Internet tarmog’i yoki boshqa telekommunikatsiya vositalari
yordamida uzatiladi va kompakt disklarga yozib olinadi;
2) Yangi kutubxonalar. Intelektual resurslarning hajmi va yutuqlari o’sib borayapti.
Kutubxonalarning elektron kataloglari bilan birga Internet, vaqt va masofaga qaramay doimo
ochiq bo’lgan juda katta xajmdagi axborot to’plamlariga kirish imkonini yaratadi. Albatta
bunday kutubxonalar, ularda saqlanayotgan barcha axborotlarga to’liq kira olishni
ta’minlamaydi;
3) O’quv mashg’ulotlarining yangi shakli. Agar birinchi revolyutsiya og’zaki shaklga o’qish va
yozib borish kerakligini qo’shish bilan seminarni o’zgartirgan, ikkinchisi esa, o’quv jarayonini
juda ham yaxshi tashkillantirish bilan boyitgan bo’lsa, bugungi kunda esa, mutlaqo yangi
asinxron shaklda, ammo shu bilan birga talaba va o’qituvchilarni birgalikdagi ishlarini virtual
seminar va laborotoriya tartibida olib borish imkoniyati yuzaga keldi. Bir qancha talabalar uchun
ishning bunday shakli, an’anaviy shaklga qaraganda ma’qulroqdir, chunki ular o’zlari uchun
qulay bo’lgan jadvalda va ortiqcha e’tirozlarsiz o’z layoqatlarini ocha olish imkoniyatiga ega
bo’ldilar;
4) Ta’limning yangi tuzilishi. O’qish va yozish qo’lyozmalarni qo’chiruvchilar, kutubxonachilar,
keyinchalik esa, bosmaxona ishchilari va noshirlarga bo’lgan talabni yuzaga keltirdi. Ta’limda
universitet tuzilishini paydo bo’lishi, ularni qo’llab-quvvatlab turish uchun ma’muriy kuchlarni
va ilmiy laboratoriyalar ishini yuritishni ta’minlovchi qo’shimcha shtatlarni talab qildi.
Bugunda ta’limga yangi imkoniyatlarni kiritish uchun, amaldagi tuzilmalar telekommunikatsiya
vositalari bilan to’ldirilishi hamda ta’lim jarayoniga axborot va kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy qilish uchun kerakli bilimga ega bo’lgan mutaxassislarga ega bo’lishi
kerak.
Pedagog va o’quvchilar o’quv materiallari, jihozlar va texnologiya kabi resurslar yig’indisiga
ega bo’lgan ta’lim muhiti haqida gap borar ekan, shuni ta’kidlab o’tish kerkki, har bir ko’rib
chiqilgan revolyutsiya bu muhitning joriy holatini o’zgartirib, tubdan kengaytirgandir. Har bir
bosqichda tegishli texnologiyalar pedagog va o’quvchilarga juda katta yordam bergan, ta’lim
berishning yangi shakli va usulini yaratish, rivojlantirish, ilmiy yo’nalishlarni, mutaxassislikni,
ta’lim hamda ijtimoiy jamiyat tizimining tuzilishini o’zgartirdi. Bu texnologiyalarni tadbiq etish
natijasida, o’quv resurslarining turlari ko’paydi va bir shaklga keltirildi. Bir biridan tubdan farq
qiladigan uchta revolyutsiyaning har birining mohiyatini belgilaydigan texnologiyalar ham xuddi


shunday ta’sirga ega bo’ldi. Qog’oz, pero va bosma stanok-birinchisida; sinf xonalari, leksiya
auditorilari, laboratoriya va kutubxonalar - ikkinchisida; mikroprosessor va telekommunikatsiya
- uchinchisida.
Ammo texnologiyalar o’z o’zidan, xox u qog’oz bo’lsin, xox auditoriya, xox kompyuter
bo’lsin hyech qanday o’zgarishni olib kelmaydi. Ulardan foydalanishning natijalari ulardan biz
qanday va qaysi maqsadda foydalanishimiz orqali belgilanadi. Aynan zamonaviy sharoitda
ta’limning sifati va hammabobligini takomillashtirish uchun, ta’lim berishda axborot va
kommunikatsiya texnologiyalarning tadbiq etishning eng maqbul yo’lini qidirishda biz
diqqatimizni yuz yillar mobaynida avvaligi ikki revolyutsiyaning muhim texnologiyalaridan
foydalanishdagi g’oyat ulkan tajribaga qaratishimiz zarur.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin