Mаvzu: gеоgrаfiya tа’limining shаkllаnishi vа rivоjlаnish tаriхi. Reja: Geografiya o`qitish metodikasining fan sifatida shakllanishi



Yüklə 289,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix27.04.2023
ölçüsü289,11 Kb.
#103662
1   2   3   4   5   6   7
Geog-2

 IV bosqich 1967-1990 yillar. Bu davrda ta’lim sohasida turli o`zgarishlar sodir 
bo`ldi. O`quv ko`rgazmali qo`llanmalar chop qilindi. Ta’limni isloh qilish borasida bir qator 
tadbir va o`zgarishlar amalga oshirildi. Muayyan darsliklar tizimi va yangi o`quv kartalari paydo 
bo`ldi. O`lkashunoslikka e’tibor birmuncha pasaydi. Ammo O`zbekiston geografiyasini o`rganish 
bo`yicha soatlar hajmi 20%dan oshmaydi. 
Oktabr to`ntarishidan keyin Sovet maktabini isloh qilishdan boshlandi. Darslar 
maxsus qarorlar asosida 9 yillik yagona mehnat maktablari tashkil etildi. Bu maktab II bosqichdan 
iborat. I bosqich 1-5 sinflar, II bosqich 6-9 sinflardan iborat. Bunday maktabda geografiya ta’limi 
maqsad va mazmun jihatdan o`zgardi. 
1928-1922 yillarda geografiyadan na’munaviy dasturlar paydo bo`ldi. Bunda ayrim 
landshaftlarning xususiyatlarini o`rganishga ko`proq e’tibor berildi. O`sha davrlar “landshaft 
dasturlari” bilan mashhurdir. Masalan, “ovchilar landshafti”,“ko`chmanchilar landshafti” va 
h.k. 
Landshaft dasturlari o`zini oqlamadi. 1921 yilda geograf D.N.Anuchin rahbarligida 
umumdavlat ahamiyatiga ega bo`lgan geografiya dasturi loyihasi ishlab chiqildi. Ungacha ayrim
hududlar, hatto, ayrim maktablar xuddi landshaftlar dasturiga o`xshash bo`lgan dasturlarni o`zlari 
tuzar edilar. Anuchin dasturi Oktyabr to`ntarishiga qadar bo`lgan geografiya ta’limini eng yaxshi 
tomonlarini qisman bo`lsa ham o`ziga aks ettirgan bo`lib, unda geografiyani o`qitish sinflar 
bo`yicha taqsimlangan edi.
Anuchin dasturiga muvofiq 3- sinfda o`z qishlog`i, shahari, guberniyasi o`rganilar edi. 
Bu turni mamlakatshunoslik deb ataydi. O`quvchilar geografik nomlar, tushunchalar 
geografiyasiga oid rasmlar bilan tanishtirilar edi. 4-sinfda mamlakatlar turli mintaqalarning 
tabiati , insonlar hayotini aks ettiruvchi rasmlar namoyish qilindi. 
5-sinfda mamlakatshunoslikka oid bo`lgan ma’lumotlar va “qit’alar geografiyasi” 
o`rganilar edi. 6-8 sinflarda Rossiya geografiyasi, 8-sinfda iqtisodiy geografiya, 9-sinfda 
astronomiya va astrologiya o`rganilar edi. Mazkur dastur o`quvchilarning geografiyaga oid 
bilimlarini oshirishga katta rol o`ynaydi. Unda geografiyaga ajratilgan soatlar miqdori ancha ko`p 
edi. 1924 yildan 1930 yillarda maktab geografiya ta’limi uchun og`ir yillar bo`ldi. 1924 yildan 
boshlab maktab geografiyasi yangicha dasturlar asosida ishlashga o`tdi. Ammo bu darsliklar 
bo`yicha, geografiya bo`yicha alohida predmetlar yo`q edi. Unda geografiyadan uzuq-yuluq bilim 
berilar edi. 1-4 sinflarda alohida geografiya kurslari o`rnini kompleks mavzular egalladi. Bu 
mavzular mazmuniga qisqacha geografik savolda mahalliy tabiat va xo`jalik bilimlari berilar edi. 
4-sinfda Rossiya geografiyasi va boshqa fanlar geografiyasi o`rgatilar edi. Masalan: 1-sinfda yil 
fasllari, 2-sinfda mahalliy tabiat va xo`jalik bilimlari edi. 4-sinfda Rossiya geografiyasi va boshqa 
fanlar geografiyasi o`rgatilar edi. 
II bosqich sinflarda geografiya, biologiya, tarix, jamiyatshunoslik fanlari tarkibiga 
singib ketgan edi. Tabiiy geografiya va mamlakatshunoslik haqida bilimlar nochor ahvolga tushib 
qolgan edi. Xullas, kompleks dasturlarning qabul qilinishi geografiyani mustaqil fan sifatida 
barham topishiga olib keldi. Faqat 1927-yilda avval 1-bosqich maktablarida , keyinroq II- bosqich 
sinflarida geografiya fan sifatida qayta tiklandi. O`zbekistonda 1920-1930 yillar oralig`ida 
geografiya darsliklari rus tilidan o`zbek tiliga tarjima qilindi. G.N.Ivanovning “boshlang`ich 
jo`g`rofiya” darsligi geografiya darsliklarining to`ng`ichi edi. Bu darslik 1927 yilda 


N.L.Korjenevskiy yordamida P.Arxengelskiy tomonidan o`zgartirib nashr qilindi.G.N.Ivanov , 
G.G.Ivanovlarning Baxtiyorov va Makarov bilan hamkorlikda birmuncha o`zgartirib nashr 
qilingan “Jo`g`rofiya o`lkani o`rganish” darsligi ham o`zbek tilidagi dastlabki darsliklardan edi. 
Bu davrda Balashovning “O`zbekiston hamda unga qo`shni jumhuriyatlar va viloyatlar”, 
P.Anxangelskiyning “Jo`g`rofiya” (o`lkani o`rganish darsligi), A.Obidovning “O`zbekiston 
sotsialistik sho`rolar jumhuriyati jo`g`rofiyasi ” darsliklari geografiya ta’limida katta ahamiyatga 
ega bo`ldi. A.Obidovning “O`zbekiston jo`g`rofiyasi” darsligi O`zbekiston geografiyasi ta’limida 
o`z Respublikasini o`rganishda 1-haqiqiy asar o`zbek tilida dastlabki geografiya metodikasi paydo 
bo`ldi. Uning muallifi N.Monov edi. Geografiya metodikasi suhbatlar metodida yozilgan bo`lib, u 
holat kamchiliklarga ega bo`ldi. Unda kartalar bilan ishlash metodlari yoritilmagan edi.
O`zbekiston maktablarida geografiya o`qitish samaradorligini oshirishda 1925 
yildan boshlab chop etilayotgan “Maorif va o`qituvchi” jurnalining jurnalining roli katta bo`ldi. 
Jumladan ushbu jurnallarning 1925 yil 5-6 sonlarida “Jo`g`rofiyaning foydasi”, “Lug`at va 
atamalar”, “Samarqand”, “Maktabda o`lkani o`rganishning ahamiyati” , “Muz davrining 
oxirlarida Yevropada qanday irqlar yashadilar”. “Sahroi Kabir” va boshqa o`nlab geografiyaga 
oid maqolalar e’lon qilinadi. Bu jurnal geografiya o`qituvchilariga ilmiy va metodik jihatdan
yaqindan yordam berdi. 1931 yil 4 iyuldan “Madaniy inqilob” (keyinchalik “O`qituvchilar 
gazetasi”, hozirda “Ma’rifat”) gazetasi chiqa boshladi. Bu gazeta geografiya o`qituvchilarining
haqiqiy yordamchisi bo`ladi. Unda yuzlab ilmiy, uslubiy maqolalar e’lon qilindi. 
Geografiya ta’limida kadrlar yetishtirish masalasi sekin asta yo`lga qo`yildi. 1927 yilda 
Samarqand oliy pedagogika instituti ochildi. 1937 yillar oxirlariga kelib oliy ma’lumotli 
geografiya o`qituvchilari yetishib chiqa boshladi.Bular N. Ibodov , G .Nazarov , I.Mirzaboyev, 
A.Axrorov va boshqalar edi. 1930 yillarning o`rtalarida Toshkent, Buxoro, keyinchalik Nukus, 
Urganch, Qo`qon, Andijon shaharlarida pedagogika institutlari ochildi. Maktab geografiyasining
taqdirini hal etishda maktab geografiyasi va ilmiy geografiyasining taqdiriga katta BKPning 1931 
yil 5-sentabr va 1932 yil 25-avgust qarori tasir etdi. Geografiyani boshqa fanlar tarkibida 
o`rganishga qat’iy xotima berdi. Geografiyani boshqa predmetlar orasida teng huquqli bo`lishga 
imkon yaratdi. Geografiyaning alohida fan ekanligini isbotlab berdi. 
Pedagogika institutlarida geografiya o`qituvchilarining maxsus tayyorlash masalasini ham 
hal etadi. Geografiya dasturini, kartani, tabiiy geografiya asoslarini bilish kapitalistik 
mamlakatlarini o`rganish zarurligi masalalari qarorida alohida o`qitiladi. O`zbekistonda maktab 
geografiyasi taqdirini hal qilishda BKPning 1934 yil 15-may qarori alohida ahamiyatga ega 
bo`ldi. 
Qarorda boshlang`ich va o`rta maktablarda geografiya o`qitilishining sifatsizligi, 
kartalarning maqsadga muvofiq emasligi, mavzularning quruqligi darsliklarning raqamlar bilan 
to`laligi. Ayniqsa maktabni bitirib chiqayotgan o`quvchilarning geografiyadan bilimlarining 
sayozligi va sifatsizligi tanqid ostiga olindi. Qaror geografiyani qanday o`qitish to`g`risida har bir 
sinfda geografiya fanlarini o`qitishda ayrim ko`rsatmalar berdi. 
Bu qarorga muvofiq geografiya ta`limi 3 bo`g`inga bo`lib o`qitila boshlandi. 
Geografiyadan haftalik soatlar bir muncha ko`paydi. Bu qaror o`quvchilar yoshini 
e’tiborga olgan holda ko`rgazmali va qiziqarli bayon qilishni talab qiladi. 1934-1935 o`quv 
yilidan boshlab yangicha dasturlarga o`tildi. 
Bu dasturlarga asosan yangi darsliklar, ilmiy ommabop adabiyotlar, atlas kartalar 
o`qituvchilar uchun o`quv metodik qo`llanmalarni yaratishga kirishildi. 1934 yilgi qaroridan 
keyin “Geografiya v shkole” jurnalining chiqa boshlashi nafaqat Rossiyada, balki O`zbekistonda 
ham geografiya ta’limini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Ilg`or o`qituvchilar, oily va 
o`quv yurtlari o`qituvchilari geografiyadan qo`llanmalar yaratishga jalb qilindi. 
1960 yildan boshlab geografiya ta’limi metodikasiga oid maxsus qo`llanma va darsliklar 
nashr etila boshlandi. O`sha davrlarda O`zbekistonda geografiya fanini takomillashtirishda 
A.Obidov, O.Saidrasulov, H.Hasanov, N.Daminov va boshqalarning xizmatlari katta bo`ldi. 
Umumta’lim maktablari va oliy o`quv yurtlari uchun geografik adabiyotlar , darsliklar va metodik 
qo`llanmalarni tarjima qilish keng tus oldi. 


Umumta’lim maktablarni takomillashtirish va rivojlantirishda maktabni isloh 
qilishga tayyorgarlik ishlari ko`rib chiqildi. Isloh geografiya ta’limi mazmuniga ham ta’sir 
qilmasdan qolmadi. Maktab geografiya kurslari tarkibida ham ba’zi o`zgarishlar paydo bo`ldi. 
Ta’limning 11 yillik tizimiga o`tish bilan geografiyani o`qitishda ham mehnat ta’limi kasb hunar 
yo`nalishiga e’tibor kuchaytirildi. 
Sobiq SSSR tugatilishi arafasida maktabni qayta isloh qilish uchun kurashlar va 
harakatlar bo`ldi .Lekin ular o`zini oqlamadi. O`zbekistonning mustaqillikka erishishi geografiya 
ta’limida tub o`zgarishlarga olib keldi. 
Darslarda o`quvchilarning mustaqil va amaliy ishlariga e’tibor kuchaydi. 1935-yilda 
O`rta Osiyo universitetida geografiya-geologiya fakulteti tashkil etildi. 1935-1940-yillar 
mobaynida O`zbekistonda pedagogika institutlarining aksariyatida geografiya mutaxassisligi 
ochildi.1943-yilgacha Respublikada 10ga yaqin o`qituvchilar institute ochildi.Ularda geografiya 
o`qituvchilari ehtiyojlarini hisobga olib, ularga metodik yordamlarini kuchaytirish maqsadida 
o`qituvchilar malaakasini oshirish institutlari, ular bazasida esa geografiya kabinetlari va 
kafedralari tashkil etiladi. 
Geografiya ta’limi har tomonlama rivojlanishida buyuk iqtisodiy-geograf 
N.N.Baranskiyning xizmatlari katta.U mualliflik qilgan iqtisodiy geografiya darsligi 20yil 
mobaynida muntazam rivojlanishda nashr etilib ko`rildi.N.N.Baranskiy “O`qituvchi-ta’lim 

Yüklə 289,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin