MAQSUDAM
37
AYOLGA MAQTOV
Shoirga yo‘l bo‘lsin,
sizni chizay deb,
bo‘yoq quyultirib turar rassomlar!
Mukammal husningiz yog‘dusi uchun,
oy ham navbatchilik qilar oqshomlar!
Shoirga yo‘l bo‘lsin!
Kuylay deb sizni,
bastakorlar
yurar yoqa choq, tajang:
torni temirchiga topshirvorgudek,
har jarang ustida qilib necha jang.
E’zozingiz buyuk!
Sarkarda Bobur,
juvonmard ruhlari bo‘lg‘ay ziyoda,
qo‘shinda
birgina ot qolsa, shunga
sizni o‘tqazgandir,
qolib piyoda...
Shoirga yo‘l bo‘lsin!
Sizdagi tal’at,
noziklik kimlarni o‘yga solmagan?!
Oqqush
suvdan chiqmay, taranaverib,
Bejiz bir oyoqda uxlab qolmagan!
Sizday
yasanmoqni istab, qish bitmay,
izhorga
lab juftlab har bir kurtagi,
www.ziyouz.com kutubxonasi
Omon MATJON
38
o‘riklar chiqdilar – bir tong to‘la gul,
Nur kiydi jamiki bog‘lar yurtdagi.
Shoirga yo‘l bo‘lsin, kechikdi shoir
bu
inja raqobat, nurli taloshga:
Ha, bizga hech yumush qolmabdi endi,
Sizni juda qattiq sevishdan boshqa!
Dostları ilə paylaş: