N-xolinergik dori vositalar



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix28.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#104119
1   2   3
N-xolinergik dori vositalar

N-xolinomimetiklar.
N-xolinomimetiklar deb, asosan parasimpatik va simpatik
nervlar gangliysidagi N-xolinoretseptorlarni qo`zg`atadigan
vositalarga aytiladi. Shu sababli aytilgan nervlar faoliyatini
kuchaytirilishida yuzaga chiqadigan o`zgarishlar kuzatiladi.
Bunday farmakologik ta'sirga atsetilxolin va nikotin
moddalari ega.
Nikotin tamakidan olinadigan alkaloid bo`lib, kuchli
zaharlovchi moddadir. Shuning uchun ham u tibbiyot
amaliyotida dori preparati sifatida ishlatilmaydi. Lekin
farmakologik ta'siri jihatidan ahamiyati bor. Nikotinning N-
xolinoretseptorlarga tanlab ta'sir etish jarayoni ikki
bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda N-xolinoretseptorlar
qo`zg`alib, bir qator o`zgarishlar kuzatiladi, xususan,
periferik qon tomirlari torayadi. qon bosimi ko`tariladi, yurak
urishi tezlashadi. Me'da-ichak harakati va sekretsiyasi ortadi,
bosh aylanishi va nafas olish tezlashishi mumkin. Bunday
o`zgarishlar yurak-qon tomir tizimining ko`proq simpatik
nervga, me'da-ichakning esa ko`proq parasimpatik nervga
bo`ysunishi bilan izohlanadi. Nafas olishning o`zgarishi esa
karotid koptokcha N-xolinoretseptorlarning qo`zg`alishi
bilan bog`liq bo`lsa kerak. Nikotin ta'sirining ikkinchi
bosqichida esa N-xolinoretseptorlar to`siladi, bu hol
nikotinning kattaroq dozalari qabul etilganida sodir bo`ladi.
Yuqorida keltirilgan o`zgarishlarning aksi kuzatiladi.
Nikotinning asosiy farmakologik xossalaridan biri markaziy
nerv tizimida joylashgan N-xolinoretseptorlarni
qo`zg`atishdir. Bunday ta'sir 
ruhan yengillikka
, fikrning va
ish qobiliyatining yaxshilanishiga olib keladi. Shu bilan bir
qatorda nikotinga qaramlik yuz berishi mumkin. Bu narsa
ko`pincha tamaki chekuvchilarda ko`rinadi. 
O’`tkir zaharlanish. Nikotin bilan zaharlanish ko`pincha
birinchi papiros chekish hollarida ro`y berishi mumkin.
Bunda qattiq yo`tal tutishi, yurak urishining tezlashishi, bosh
aylanishi, qayt qilish hollari bo`ladi. Katta doza bilan
zaharlanishda markaziy nerv 
tizimining faoliyati susayib
, qon
bosimi tushib ketadi, yurak urishi zaiflashadi. Bunday
holatlarda sun'iy nafas oldiriladi, analeptiklar, ko`pincha
kofein, kordiamin va boshqalar buyuriladi. 
Surunkali 
zaharlanish-nikotinizm
. Tamaki chekuvchilarda
kuzatilib, organizmda har xil o`zgarishlar bilan kechadi.
Nikotinizmning asosiy belgilaridan biri xumor bo`lishdir.
Chekuvchilarda bronxit, giperatsid gastrit, me'da-
ichak yarasi, qorason (endoarteriit) 
kasalligi
, oxirgi vaqtda
o`pkaning rak kasalligi, gipertoniya, ateroskleroz, yurakning
ishemik kasalligi va yurak infarktining ko`proq bo`lishi
stastistika bo`yicha aniqlangan. Shuning uchun ham ushbu
hayot uchun xavfli xastaliklarning oldini olishda chekishga
qarshi tashviqot ishlarini olib borishning ahamiyati kattadir.
Nikotinizmga duchor bo`lgan chekuvchilarni davolashda
psixoterapiyadan keng foydalaniladi. Keyingi vaqtlarda 
dori
preparatlaridan tabeks
, anabazin xlorid, lobelin va boshqalar
ishlatiladi. Bu preparatlarning ta'siri chekish paytida
chekuvchilarda yoqimsiz, nojo`ya holatlarni keltirib chiqarib,
chekishga intilishni yo`qotishi bilan izohlanadi.
Tibbiyot amaliyotida N-xolinomimetiklardan sititon va
lobelin gidroxlorid ishlatiladi. Chunki ular karotid sinusidagi
N-xolinoretseptorlarni qo`zg`atib, refleks yo`li bilan nafas
markazining 
jonlanishiga olib keladi
, nafas tezlashadi
Yüklə
0,8 Mb.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin