Yong`in va portlashning sabablari. Yong`in kelib chiqishini asosiy sabablariga
quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: taqiqlangan joylarda chekish, ochiq alangalardan
foydalanish, yong`in xavfsizligi bo`yicha texnologik jarayonlarni buzish
yoki ularga amal qilmaslik,
materiallarni saqlash qoidalariga rioya qilmaslik, statik elektr zaryadlariga qarshi texnik
qurilmalardan
foydalanmaslik, atmosferaning kuchli zaryadlaridan himoyalovchi qurilmalardan
foydalanmaslik (yashin vaqtida 2 V dan 8 mln V kuchlanish, 200000 A tok
kuchi miqdorida elektr
zaryadlari hosil bo`lishi mumkin), ichki yonuv dvigatellarini sinash va ulardan foydalanish qoidalariga
rioya qilmaslik, elektr jihozlari va qurilmalarini noto`g`ri o`rnatish yoki ularni zo`riktirish, isitish
sistemalaridan noto`g`ri foydalanish, bug` qozonlari va issiqlik generatorlaridagi avtomatik
qurilmalarning nosozligi yoki ularning noto`g`ri o`rnatilishi, ishlab chiqarish binolari havosi
tarkibidagi gaz, bug` va changlarni me`yorlashtirilmaganligi va hakoza.
Dostları ilə paylaş: