30
Zaharli ilonlar chaqishi.
Ko`zoynakli ilon, kobra, qora ilon, gyurza va boshqalarning chaqishi
hayot uchun nihoyatda xavfli. Ilon chaqqan hamono shu joy qattiq
achishib og`riydi, qizaradi, momataloq bo`ladi va shishib chiqadi. O`z
orada limfatik tomirlar bo`ylab taram-taram qizil izlar paydo bo`ladi
(limfangit). Shu bilan deyarli bir vaqtda umumiy zaharlanish simptomlari:
og`iz qurishi, tashnalik, uyquchanlik, qusish, ich ketishi, talvasaga tushish,
nutq va yutinishning buzilishi, ba`zan kobra chaqqanda harakat
a`zolarining falajlanishi kuzatiladi. O`lim ko`pincha nafas to`xtashi
oqibatida yuz beradi.
Dostları ilə paylaş: