ularning ishlashi deyarli bir xil. Ulardan foydalanishni Rambler qidiruv tizimi
misolida ko'rib chiqamiz. Qidiruv tizimida ishlash Ramblerni ishga tushirish uchun
avval Internet Explorerni ishga tushiramiz, Brauzerning adreslar satriga Rambler
qidiruv tizimining adresi -
www.rambler.ru
ni kiritib Enter tugmasini bosamiz.
Brauzer ma'lumotlar maydoniga Rambler qidiruv tizimining Web-sahifasi chiqadi:
Avvalambor, internetdan qanday axborotni izlashni aniq bilish lozim.U biror mavzu
bo'yicha maqola, o'yin dasturi, kompyuter qurilmalari drayveri va hokazo bo'lishi
mumkin. Agar biror maqola kerak bo'lsa, Rambler qidiruv satriga shu maqola nomi
yoki maqolada uchrashi mumkin bo'lgan so'z yoki jumla, ya'ni kalit so'z kiritilib,
qidiruv tugmasi bosiladi.Agar biror dasturni topish kerak bo'lsa, qidiruv satriga shu
dastur nomi yoki uning vazifasi kiritiladi. Masalan, WindowsXP operatsion
sistemasi uchun Laserjet 1300 printerining drayveri kerak bo'lsa, qidiruv satriga
"Windows XP uchun Laserjet 1300 drayveri" (драйвер Laserjet 1300 для Windows
XP) deb yoziladi. Rambler qidiruv satriga kiritilgan axborotni Internet tarmog'idagi
millionlab hujjatlar ichidan izlaydi) Natijada Web-brauzer ma'lumotlar maydoniga
bir necha (o'nlab yoki yuzlab) hujjatlarning gipermurojaatli adreslari va ularning
qisqacha tavsiflaridan iborat Web-sahifa chiqadi. Topilgan hujjatlar ichidan
keraklisini berilgan qisqa tavsifga ko'ra aniqlab olinadi.
Izlash vaqtini kamaytirish uchun kerakli axborotni mavzu bo'yicha izlash mumkin.
Buning uchun Ramblerning bo'limlar ro'yxatida kerakli bo'lim tanlanadi. Bu ish
tanlangan bo'lim nomi ustiga sichqoncha ko'rsatkichini olib kelib, chap tugmasini
bosish orqali amalga oshiriladi. Shuni aytish joizki, ro'yxatda umumiy bo'limlar
berilgan Masalan, "Sport", "Yangiliklar", "O'yinlar", "Kinozal" va hokazo. Bo'lim
tanlangach, qidiruv satrida berilgan axborot Intemetning faqat tanlangan bo'limga
tegishli hujjatlari ichidan izlanadi.
Dostları ilə paylaş: