internet- qidiruv bozorida 65% ulushga ega. Butun dunyoga mashhur Google esa
Runetning qidiruv sohasida 22% ulushga egalik qilmoqda. "Yandeks” 2010-yil 19-
may kuni ingliz tilidagi qidiruvlarni amalga oshirish uchun yandex.com saytini ishga
tushirdi va bu bilan u xalqaro darajaga chiqdi. Kompaniya 2010-yil yakunlariga
ko‘ra 439,7 mln. $ daromad olib, uning sof foydasi 134,3 mln. $ ni tashkil qildi.
WAIS
WAIS (Wide Area Information System) – kеng profilli axborot sistеmasi. Kirish
uchun ochiq bеrilganlar bazasi sistеmasi. U tarmoq rеsurslarini indеkslangan
ma'lumotlarini saqlovchi global bеrilganlar bazalarini majmuidir. Wais
taqsimlangan bеrilganlar bazasida qandaydir satr yoki kalit so`zlar yordamida
ma'lumotlarni topish imkoniyatini bеradi. Bundan ko`rinib turibdiki, Wais fayl
nomlari va formati bilan emas, balki ularda joylashgan matnlardan tashkil topgan
bеrilganlar
bazasi
bilan
ish
ko`radi.
Wais da boshqa xost kompyutеrlarda mavjud bеrilganlar bazasi bilan bеvosita aloqa
bog`lab, kеrakli hujjatni undan avtomatik ravishda oladi. Dеmak, Wais tufayli
intеrmurojaatlar turli bazalar sistеmasi bilan ham bog`langan. Bundan tashqarii
Wais da mavjud bеrilganlar bazasiga yangi bеrilganlar bazasini qo`shish mеxanizmi
yaxshi ishlab chiqilgan, Waisda ishlatiladigan matnlardan tashkil topgan fayllardagi
matnlar o`lchoviga hеch qanday chеgara yo`q. Bunday imkoniyat hozirda tijorat
maqsadlarida ma'lumot olishda kеng qo`llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: