Academic Research, Uzbekistan 1566 www.ares.uz - innovatsion loyihalarni xarajatlarning optimal va samarador- ligini
ta'minlash.
Y.Shumpeter innovatsion sohada faoliyat yurituvchi sub'ektlarning quyidagi
funktsional vazifalarini belgilab beradi:
-
innovatsiyalarni
o'zlashtirishdan
manfaatdor
bo'ladigan
potentsial
iste'molchilarni aniqlash maqsadida tijorat tahlilini amalga oshirish;
- istiqbolli g'oyalar mualliflarini, funktsional faoliyat yuritish uchun imkoniyat
beruvchi manbalarni izlab topish;
- yangiliklarni yaratish va ularni amaliyotga joriy etish jarayonlarini
tashkillashtirish;
- yangiliklarning amaliyotga joriy etilishini qo'llab-quvvatlash.
- ilm-fan sohasida kashf etilgan yangi g'oyalarning moddiy tusga kiritilishi
bosqichida innovatsion faoliyat sohasidagi novatorlik mehnati yaxshilash;
Guruhdagi o'zaro shaxsiy munosabatlarni o'qituvchi, jamoa shakllanishiga
qadar bo'lgan bosqichda maqsadli tashkil etishi lozim. Buning uchun u yuqori
darajada rivojlangan kommunikativ o'quvga-munosabat va aloqalar o'rnatishga
moyillik va iqtidor, ta'lim oluv-chilarni tushuna bilishga ega bo'lishi kerak.
S.V.Kondrat'evaning ma'lumotlariga ko'ra o'qituvchining ta'lim oluvchilarni
tushunish darajasi va uning ularga ta'siri qandayligi o'rtasida muayyan o'zaro
bog'liqlik mavjud. Tushunish darajasi yuqori bo'lgan o'qituvchida xarakterni
shakllantiruvchi ta'sir birinchi o'rinda turadi, tushunish darajasi past bo'lgan
o'qituvchida esa-intizomiy ta'sirdir.
O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini
rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi 2020 yil 6 noyabrdagi PF -6108-sonli
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida mamlakatimizda ta'lim
muassasalarining innovatsion faoliyatini joriy etish xususiyatlari, uning ahamiyati va
zaruriyatidan kelib chiqqan holda vazifalar belgilangan. Shuningdek, O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ta'lim-tarbiya tizimini yanada
takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4884-sonli
qarorida ta'lim sifatini oshirish masalalari bo'yicha vazifalar uzluksiz ta'lim tizimining
har bir bo'g'ini uchun alohida ajratib ko'rsatilgan bo'lib, bu vazifalarni amalga
oshirishda ta'lim texnologiyalarini qo'llash asosida o'qitish jarayonini tashkil etish
ham o'z ahamiyatiga ega.
Amaliyotga joriy etiladigan innovatsiyalar jamiyat tomonidan e'tirof etilishi
oqibat natijada vujudga keladi. Bu xususda quyidagi global tendentsiyalarni alohida
ko`rsatib o`tamiz: