Dastlabki qiymat — aktivni xarid qilish uchun to‘langan pul
mablag‘lari yoki uni barpo etishda amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlardir.
Xarid qilishning haqiqiy qiymati nomoddiy aktivni xarid qilish va uni
ishlatish uchun tayyor holga keltirishga sarflangan barcha xarajatlarni,
ya’ni: xarid narxi, yuridik yig‘imlar va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga
oladi. Tashkilot tekinga olgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati
ekspert yo‘li bilan bozor narxida baholangan qiymat bo‘yicha tan olinadi.
Tekinga olingan nomoddiy aktiv kirim qilingan sanada amal qilgan narx
asosida joriy bozor qiymati shakllantiriladi. Amaldagi narx to‘g‘risidagi
ma’lumotlar ham hujjatlar va ekspert yo‘li bilan tasdiqlanishi kerak.
85
Sotish qiymati nomoddiy aktivlarni bitim paytida manfaatdor
taraflar o‘rtasida ayirboshlash mumkin bo‘lgan summadir.
Tugatilish qiymati chiqib ketishga doir kutilayotgan xarajatlarni
chiqarib tashlagan holda aktivning foydali xizmati natijasida uni tugatish
paytida paydo bo‘ladigan aktivlarning taxmin qilinayotgan qiymatidir.
Qoldiq qiymati aktiv hisob va hisobotda aks ettiriladigan jam-
g‘arilgan amortizatsiyani chiqarib tashlangan holda nomoddiy aktiv-
larning dastlabki yoki joriy qiymati sanaladi.
O‘rnini qoplash qiymati – korxona aktivdan keyinchalik foyda-
lanish hisobiga qoplash mo‘ljallanayotgan summa, shu jumladan,
tugatilish qiymati.
Nomoddiy aktiv pulga xarid qilinsa, uning qiymati kontraktda
ikkilamchi bozorda faol ishlayotgan shu singari aktivda aniqlangan bozor
narxi bo‘yicha ko‘rsatilishi mumkin.
Nomoddiy aktiv xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan
yaratilgan va uni yaratish chiqimlarini aniq belgilash mumkin bo‘lgan
hollarda nomoddiy aktiv haqiqiy tannarx bo‘yicha aks ettiriladi.
Nomoddiy aktiv qiymatini belgilash mumkin bo‘lgan hollarda u
aktiv sifatida alohida modda bilan aks ettirilmaydi.
Korxona tomonidan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmaydi, chunki u
korxonani sotib olish paytida xarid qilish narxi bilan mazkur subyektni
tashkil qiluvchi aktivlarning haqiqiy narxi o‘rtasidagi tafovut sifatida
yuzaga keladi.
Ba’zi vaqtlarda nomoddiy aktivlarni qayta baholashga ehtiyoj
tug‘iladi. Nomoddiy aktivni qayta baholashda uning butun zanjiri qayta
baholanishi kerak. Qayta baholash natijasida nomoddiy aktiv balans
qiymati ko‘paygan holda ushbu ko‘payish avvalgi bahodan oshadigan
summada «Zaxira sarmoya» schyotining kreditida aks ettirilishi lozim.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivning balans qiymati kamaygan
bo‘lsa, bu kamayish avvalgi bahodan oshadigan summada xarajat sifatida
tan olinadi.
Nomoddiy aktivlar obyektlarining analitik hisobi OS-6 shaklidagi
inventar kartochkalarida yuritiladi. Unda obyektning ro‘yxat qilish
raqami, dastlabki qiymati, texnik iqtisodiy tavsifi, samarali foydalanish
muddati va boshqalar aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi
axborotlarni aktiv 0400-«Nomoddiy aktivlar hisobi» schyotida uning
turlariga ochilgan subschyotlari bo‘yicha (0410-0490) ularning eskirishi
86
0500-«Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi» schyotida (0510-0530)
subschyotlari bo‘yicha hisobga olinadi.
Nomoddiy aktivlarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun
quyidagi schyotlar ochilgan: