Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
19
qondir. Nifos (nifoslik)da esa 40 kundan ko‘p kelmagan qon.
2. Fosid qon – hayz va nifosdan boshqa qon. Fosid qon turli bo‘ladi:
a) Hayz muddatining eng ozi 3 kun, undan ham oz vaqt kelgan qon – fosid qon;
b) Hayzning eng ko‘p muddati 10 kun, undan oshgan qon – fosid;
v) Nifos muddatining eng ko‘pi 40 kun, undan oshiq kelgan qonlar –
fosid qonlar;
g) Homiladordan kelgan qon – fosiddir;
d) Kichik qizlar ko‘rgan qon –fosid;
e) Odatdan to‘xtash, qolish (menopaz) davrida ko‘rilgan qon – fosid qondir.
Lug‘atda hayz – odat: oqinti ma’nosidadir. Hayz – bir ayolning bachadoni (rahmi)dan
xastalik yoki ko‘z yorishdan tashqari ma’lum bir muddatda keladigan
va ibodat qilishga
to‘siq bo‘lgan qondir. Bunga “odat holi” ya’ni, “odat vaqti” deyiladi.
Odat qoni ayol vujudining me’yoriy (normal) faoliyati va homila yo‘qligida har oyda
keladigan qondir.
Hayz qonining paydo bo‘lishi
Rahm (bachadon) – bola tug‘ilguncha
turiladigan, muhofaza etiladigan joy. Rahm –
xazna (qindiloq)dan keyin keladigan ichki a’zo. Rahm ichiga “endometrium”
(“Endometrium”) deyiladi. Baxmalday bir qatlam. Bu qatlam har oy tuxum to‘llaydiganga
o‘xshab hozirlanadi, ya’ni, har odat davrida bir tuxum o‘sib yetiladi va nasl bo‘lishga
tayyor holga keladi. Agar to‘llanish bo‘lmasa, ya’ni, homila bo‘lmasa,
qisqa umrli tuxum
va u bilan birga bachadonning eng ichki qatlami o‘ladi va qonab vujuddan tashqariga
oqib chiqadi, ya’ni, hayz (muddati) boshlanadi.
Odam (a.s.) va Havvo onamiz gunohkor bo‘lishib, jannatdan quvilganlaridan so‘ng,
Alloh
taolo Havvo onamizni homilador bo‘lishga, tug‘ishga va har oyda qon ko‘rishga hukm
etdi. Bu hol ayollar uchun ilohiy bir nizom bo‘lib qoldi. Bu hol gunohlarga kafforat bo‘lishi
ham zikr etilgan.
Dostları ilə paylaş: