Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
Agar homilaning a’zolaridan hech biri shakllanmay tushgan bo‘lsa, bu ayol uchun nifos
yo‘q. Agar bu ayolni hayzli sanash mumkin bo‘lsa, hayzli sanaladi. Bu mumkin bo‘lmasa,
qoni istihoza (uzr) qonidir. Uzr qoni ba’zi tomirlar yorilishidan chiqadigan qondir.
Bir homila tushishidan (bola tushirishdan) avval yoki so‘ngra qon ko‘rsa
va homila
a’zolari shakllangan bo‘lsa, ayolning avval ko‘rgan qoni hayz emas, homila tushgandan
so‘ngra qon ko‘rgani uchun nifosli sanaladi. Faqat tushgan homilaning a’zolari shakllanib
qolgan bo‘lsa, avvalgi ko‘rgan qon – agar hayz sanalishi mumkin bo‘lsa hayz qonidir.
A’zosi ma’lum bo‘lmagan bola tushirgan ayoldan kelgan
qon uch kun davom etsa va
undan avval o‘tgan hayzidan keyin to‘liq bir poklik davri o‘tmasa hayzdir. Poklik
davrining o‘tishi ikki hayz orasidagi oraliqni tashkil qilishi lozim.
Qon uch kundan kam kelib, undan keyin bir poklik davri o‘tsa, yoxud uch kun davom
etib, undan avval to‘liq tozalik davri o‘tmasa bu holatda kelgan qon – ya’ni, ba’zi
tomirlar yorilishidan chiqadigan istihoza (uzr)dir.
A’zosi ma’lum yoki noma’lum holda homila tushgan bo‘lsa, masalan,
bolani hojat paytida
tushirsa, davomli qon kelsa, uning muddatiga qarab hukm qilinadi.
Ayol hayzi to‘xtashi bilan qachon homilador bo‘lganini aniqlay olmasa va 120 kun qon
ko‘rmasa-yu, so‘ngra bolani hojatxonada tushirsa, bola a’zosi ma’lum,
shakllangan
hisoblanadi.
Islomda homiladorlik xususidagi hukmlar va tib ilmi
Savol: Bugungi tibbiyotga ko‘ra homila to‘rt, besh, oltinchi haftalardayoq shakllana
boshlaydi. “Hujayradan insonga” nomli kitobning 28, 29, 31-sahifalarida shunday
deyilmoqda. Homilaning bo‘yi to‘rtinchi hafta oxirida
besh millimetrga yetadi, ko‘z va
quloqlari o‘rni bilinadi. Bosh va bo‘yin qismi tana uzunligining yarmini tashkil etadi.
Yurak, hazm yo‘li, me’da va jigar va tana paylari shakllana boshlaydi. Beshinchi haftada
vujudi bir santimetrga yetadi. Boshi pastga egilib ko‘ksini berkitadi. Qo‘l va oyoqlar,
boldirlar hali shakllanmagan bo‘ladi.
Yuqorida aytilgan va kitobdagi rasmlarga ko‘ra homila to‘rt, besh va oltinchi haftalarda
shakllana boshlaydi. Holbuki, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday marhamat qilmoqdalar:
“Shubhasiz har biringiz ona rahmi (bachadoni)da nutfa holida 40 kun yig‘ilasiz, so‘ng
(nutfa) yana shunday 40 kun qon laxtasi bo‘ladi. So‘ngra, yana 40
kun et parchasi
bo‘ladi. Shundan so‘ng, farishta yuborilib, unga ruh uflanadi”. Ya’ni, “Hujayradan
insonga” kitobidan anglashilmoqdaki, 40 kun ichida homila shakllana boshlaydi. Ya’ni,
homila tanasi, vujudida ba’zi a’zolari ma’lum bo‘la boshlaydi. 120 kundan so‘ng, unga
ruh puflanadi. Hadisi Nabaviy bilan tibbiyot qarashi orasida qarama-qarshilik yo‘qmi?
Javob: bugungi tibbiyot bilan Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hadisi sharifi orasida qarama-
qarshilik yo‘q. Chunki,
hadisi Nabaviyya ifoda eturki, homila et parchasi holiga kelgach,
vujud va a’zolari bilinadigan (ta’bir joiz bo‘lsa, ko‘z bilan ko‘rinadigan) darajada
shakllantiriladi. Va bu shakllantirish ochiq-oydindir, aniqdir. “Hujayradan insonga”
nomli